Rastrli va vektorli grafika
Rastrli grafika bilan ishlovchi dasturlar Paint, Adobe Photoshop, CorelPhotoPaint - bunda har bir tasvir rangi belgilangan nuqta, piksel asosida quriladi. Masalan oq fondagi qizil ellipsni tasvirlashda ellipsning har bir nuqtasini, shuningdek fonning xam har bir nuqtasining parametrlarini ko‘rsatib chiqishga to‘g‘ri keladi. Tasvir yuzlab nuqtalar majmuasidan iborat bo‘ladi - nuqtalar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa tasvir sifati shunchalik yuqori va faylning xotirada egallagan joyi ham shunchalik katta, nuqtalar sonini kamaytirish esa fayl hajmining kamayishiga, tasvir sifatining buzilishiga olib keladi. Bu dasturlar yordamida yaratilgan fayllar *.bmp, *.jpg, *.psd, *.tif formatlarida saqlanishi mumkin. Bu turdagi fayllar ranglari yorqinligining juda sifatliligi bilan ajralib turadi. Ularning kamchiligi sifatida esa tasvirni kattalashtirish bilan uning sifati yo‘qolib, tasvir faylini saqlashda xotiradan egallanadigan joy hajmining ortib borishini ko‘rsatish mumkin. Shuning uchun, ko‘pincha ulardan tayyor rasmlarni qayta ishlashda foydalanish tavsiya qilinadi.
Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturlar CorelDRAW, Auto-CAD, 3DS MAX lar bo‘lib, bunda har bir tasvir ma’lum shakl va chiziqlar asosida quriladi. Masalan oq fondagi qizil ellipsni tasvirlash uchun ikkita matematik formula: ma’lum rang va o‘lchamdagi to‘rtburchak va ovaldan foydalanishning o‘zi yetarli bo‘ladi. Bu dasturlarning ikki yoki uch o‘lchamli tavirlar bilan ishlash, ob’ektlarni kattalashtirish bilan sifatning o‘zgarmasligi va instrumentlar bazasining kenglig foydalanuvchilar uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Yaratilgan fayllar *.cdr, *.dwg va kabi formatlarda saqlanadi.
Resolution – (разрешение) kattalashtirish ko’rsatkichi bo’lib bir dyuym kvadratda nechta nuqta joylashganini - dpi, yoki bir dyuym kvadratda nechta piksel joylashganini - ppi, vazifasidan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, nuqtani necha marta kattalashtirish mumkinligini ko’rsatuvchi parametr bo’lib u asosan rastr grafikasi uchun muxim xisoblanadi. Kattalashtirish ko’rsatkichi ortib borishi bilan tasvir sifati va xajmi ortib boradi. Shuning uchun chop etiladigan fayllar uchun u 150 dpi dan kam bo’lmasligi kerak, internet sahifa lari uchun yaratilgan fayllar uchun esa 72 dpi qilib belgilangan.
Rang insonga turlicha ta'sir ko’rsatadi. Kundalik xayotimizda u kayfiyatimizni belgilab, ruxiy xolatimizga va ish faoliyatimizga ta'sir o’tkazadi. Xech qanday kasb yoki faoliyat turi yoki, unda ishlash jarayonida inson rang bilan boqliqliklarga duch kelmasa. Komp'yuter grafikasi bilan ishlovchilar eng birinchi navbatda ranglarni yaxshi tushunishlari va xis qilishlari lozim. Bu grafikaning eng asosiy va muxim masalasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |