03.10.2022, 16:45
Shaxsiy kompyuter nosozliklarini aniqlash va yo’qotish usullari — Teletype
https://teletype.in/@kompyuter_darslari/YEKAH1CYp
3/6
Kompyuter qotib qolishidan BSOD ning farqi ShK ishlamay qolganida moviy fonda oq
rangli matn ko’rinishida ogohlantirishga ulguradi. Ba’zida ekranda umuman o’qib
bo’lmaydigan «yozuvsimon shakllarni» ko’rish mumkin. Agar o’chib qolish sabablari
to’g’risidagi axborotni o’qib ulgursangiz BSOD bergan axborot qaysi qurilmaga
taalluqli ekanligini aniqlashga urinib ko’ring. Agar aniqlay olmasangiz, Internetdagi
temirlar to’g’risidagi saytlar forumiga yordam bilan murojaat eting.
Shundan keyin BSOD tomonidan shikoyat qilingan qurilmani almashtirish yoki test
sinovidan o’tkazish bilan ayb qayerda ekanligini aniqlashga harakat qiling. Agar
moviy ekran paydo bo’lib, tezda yo’q bo’lsa va ShK qayta yuklana boshlasa, operativ
xotira va quvvat blokini tekshiring. Operativ xotirani boshqa kompyuterda tekshirib
ko’rish mumkin. Ba’zida kontaktlarni oddiy qalam bilan tozalab keyin spirt bilan artish
ham yordam beradi.
Agar ShK o’z-o’zidan qayta yuklanadigan bo’lsa (ayniqsa, ishga tushirilganida yoki
murakkab qo’shimchalar ishlash jarayonida), unda birinchi bo’lib, quvvat blokini
tekshirib ko’rish zarur bo’ladi. Buni oddiy tajriba usuli bilan — quvvat bloki test sinovi
rejimida S&M dasturi ishga tushiriladi. O’z-o’zidan qayta yuklanishning yaxshi ma’lum
bo’lgan va jonga tekkan ta’minot blokidagi boshqa sabablardan biri biror-bir joyida
kontaktlari yomonligi bo’lishi mumkin. Barcha ulangan qismlarni tekshirib chiqing.
Agar kompyuter oldindan hozir qayta yuklanish sodir bo’lishi to’g’risida ogohlantirsa,
bundan oldin hech qanday dasturni o’rnatmagan bo’lsangiz va qayta yuklanishni
to’xtata olmasangiz, unda bunga zararli Sasser dasturi yoki uning ko’plab
sharhlaridan biri sababchi bo’lishi mumkin. Bunday holatda yangi antivirusni takror
ishga solish kerak
Kompyuterning o’z-o’zidan o’chib qolishida markaziy protsessorning yoki quvvat
blokining qizib ketishi eng birinchi sabablardan hisoblanadi. Zamonaviy ona platalar
protsessor ma’lum darajada qizib ketganida quvvat manbaidan o’chiradi. O’chirilishi
kerak bo’lgan ko’rsatkichlar BIOS’da o’rnatiladi. Shunday muammoga duch
kelganingizda birinchi navbatda, albatta protsessorni yetarlicha sovitilayotganligiga
ishonch hosil qiling. Ba’zi platalarda dasturiy monitoring, ko’rsatkichlarni ba’zan juda
oshirib yuborib, ba’zan juda pasaytirib yuborib, aniq ishlamaydi. Bunday holatlarda
protsessor kuleri radiatoriga barmoqlarni tekkizib ko’rib (ehtiyot bo’ling — kuyib
qolish mumkin! haroratni aniqlash eng oddiy usul hisoblanadi. Agar barmoqni uzoq
vaqt tekkazib turish mumkin bo’lsa, demak, hammasi joyida. Agar uzoq vaqt
tekkazib turish mumkin bo’lmasa, kulerning yaxshi o’rnatilganligini tekshirib ko’rishga
to’g’ri keladi. Agar kuler to’g’ri o’rnatilgan, biroq uning quvvati yetmayotgan bo’lsa
Do'stlaringiz bilan baham: