FORTRAN tili ingl.: FORTRAN language rus.: yazыk FORTRAN Eng eski yuqori pog‘onadagi dasturlash tili. Ilmiy hisob-kitoblar uchun mo‘ljallangan dasturlash tili. «Formulalarni o‘girish» tili FORTRAN (FORmula TRANslator), 1956 yili John Backus tomonidan IBM korporatsiyasi uchun ishlab chiqilgan.
Gigabit Ethernet Axborotni uzatish tezligi 1 Gbit/s gacha bo‘lgan Ethernet texnologiyasi.
Kesh-xotira ingl.: cache memory rus.: kesh-pamyat Protsessor faoliyatini kutishdan halos qiladigan tezlik bilan ishlaydigan buferli xotira qurilmasi. Juda katta tezlik bilan ishlaydigan protsessorlarning paydo bo‘lishi, kesh-xotirani yaratish zaruratini keltirib chiqardi. Operativ xotira bilan protsessor orasiga, kichkina sig‘imli yuqori tezlikli kesh-xotira deb atalgan buferni o‘rnata boshladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |