Tezkor xotira. Mikroprosessor uchun dasturlar, ma’lumotlar va hisob-kitob natijalari saqlanadi. Tezkor xotira mikrosxemalari ikki xil bo’ladi: dinamik va statik. Statik mikrosxemalarda har bir xotira katakchasi registr ko’rinishida bo’lib, bu registrlarning har biri uchun 6 ta tranzistor ishlatiladi.
Hozirgi paytda tezkor xotiralarning deyarli barchasi dinamik mikrosxemalar asosida ishlab chiqiladi.
Tezkor xotiraning asosiy parametrlari ularning sig’imi va tezligi (takt chastotasi)dir. Tezkor xotiraning sig’imi har doim ikkining darajasi ko’rinishidagi songa teng bo’ladi. Bu ularning manzilini aniqlash bilan bog’liq. Hozirgi paytda DIMM, DDR, DDR II va DDR III rusumli tezkor xotiralardan foydalaniladi.
Tezkor xotira qurilmasini ikki xil usulda tashkil etish yo`llari ishlab chiqilgan:
SIMM – Single inline memory module bir tarafga joylashtirilgan xotira modullari
DIMM – Dual inline memory module ikki tarafga joylashtirilgan xotira modullari
Do'stlaringiz bilan baham: |