Kompyuter
1.
Ba‟zi viruslar dasturlar ishlashiga to„sqinlik qiladi. Shu tufayli
antivirusingiz yaxshi ishlab, yangilanib turganiga amin bo„ling.
Buni DrWebCureit yoki shunga o„xshash ba‟zi dasturlar yordamida
bepul tekshirib ko„rishingiz mumkin.
2
. Kompyuter sekinlashib qolganida protsessor haroratini tekshirib
ko„rish kerak. Buni Everest‟ga o„xshash dasturlar yordamida amalga
oshirish mumkin. Buning uchun dasturni yuklab olib, ishga
tushiring. Menyudagi “Kompyuter” bandini, so„ng “Datchik”
bandini tanlang. U yerda protsessor harorati aks etadi. Agar u 50
darajadan yuqori bo„lsa, ventilyatorlar ishlashini tekshirib ko„rish,
undan ham yaxshisi, radiatorni yechib, protsessorga yangi
termopasta surish kerak, u shu paytgacha qurib ketgan bo„lishi
mumkin.
3.
Kompyuteringiz xotirasini u yoqilganida ishga tushgan dasturlar
“yeb” yotgan bo„lishi mumkin. Gap shundaki qanaydir dasturni
o„rnatganingizda u avtomatik ravishda ishga tushadigan dasturlar
ro„yxatiga kirib qolishi mumkin.
Bunga barham berish uchun, “Pusk”ga kirib, “Vipolnit”ni bosing va
paydo bo„lgan oynachaga “msconfig” buyrug„ini kiritib, “OK”ni
bosing. Ochilgan oynadagi “Avtozagruzka” menyusini tanlang, bu
yerda keraksiz dasturlardagi barcha “galochka”larni olib tashlang.
Biroq “ctfmon” va antivirusingizni qoldiring. Endi “Primenit”ni,
so„ng “OK”ni bosing va kompyuterni qayta yuklang.
4.
“C” diski tizim diski bo„lib, u ko„pincha 20—30 gigabayt hajmda
bo„ladi. Ba‟zilar esa katta hajmdagi musiqa va filmlarni ish stoli
(“rabochiy stol”)da saqlaydi, axir ish stolida turgan narsalar “C”
diskidagi joyni egallaydi. Shu tufayli katta hajmli fayllarni boshqa
disklarda saqlang.
5.
Ko„p dasturlarni o„rnatish va o„chirish yaxshi emas. Afsuski,
dasturlarni o„chirish ularning kompyuterdan to„liq yo„q qilinganini
bildirmasligi mumkin. Bu esa turli vazifalarni bajarishda
protsessorga ortiqcha yuk bo„lib tushadi. Bunda CCleaner dasturi
sizga qo„l kelishi mumkin.
Buning uchun uni ishga tushirib, “Reyestr” menyusini tanlang,
barcha “galochka”larni belgilab, “Muammolarni qidirish” (“Poisk
problem”) tugmasini bosing. Shunda dastur reyestrdagi ko„plab
keraksiz kengaytmalar va xatoliklarni topib beradi. “Sozlash”
(“Ispravit”) tugmasini bosish orqali keraksiz narsalarni o„chirish
mumkin.
@Uzb_Dasturchilar
Do'stlaringiz bilan baham: |