Kompyuter- inglizcha so’z bo’lib, hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda hisoblovchi bo’lmasada, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Kompyuter,ehm
Kompyuterning texnik va dasturiy ta’minoti
Reja:
1. Kompyuter va uning vazifasi
2. Sistemaviy dasturiy ta’minot
3. Amaliy dasturiy ta’minot
4. Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari
Kompyuter- inglizcha so’z bo’lib, hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda hisoblovchi bo’lmasada, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi.
Kompyuter,EHM(Elektron hisoblash mashinasi)-oldindan berilgan dastur (programma) bo’yicha ishlaydigan avtomatik qurilma.Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat.Xotirada turgan programma asosida programmani tashkil etuvchi har bir operator ketma-ket bajariladi
Shaxsiy kompyuter 2 ta tashkiliy qismdan iborat Apparat ta’minot Hardware
Dasturiy ta’minot Software
Hardware Texnik ta’minot kompyuterning asosiy va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir.Kompyuter ko’rinishidan 3 asosiy bo’lakdan tuzilgan:
Monitor
Klaviatura
Protsessor
Software Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo’lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi.
Kompyuterning texnik va dasturiy ta’minoti orasidagi bog’lanish INTERFEYS deb ataladi.
Texnik qismlar orasidagi o’zaro bog’lanish apparat interfeysi; Dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish dasturiy interfeys; Aparat qismlari va dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish apparat-dasturiy interfeys deyiladi.
Barcha dasturiy ta’minotlarni 3 ta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin:
Sistemaviy dasturiy ta’minot
Amaliy dasturiy ta’minot
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari
Sistemaviy dasturiy ta’minot ( System software )-Kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasi.
Sistemaviy dasturiy ta’minot quyidagilarni bajarishga qaratilgan :
Kompyuterning va kompyuterlar tarmog’i apparat qismining ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash;
Uning ishini tashkil etish va profilaktika ishlarini bajarish
Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program package) –bu aniq bir predmet sohasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfiga mo’ljallangan dasturlar majmuasidir.
Kompyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko’p qo’llaniladigani amaliy dasturiy ta’minotdir. Bunga asosiy sabab-kompyuterlardan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida avtomatlashririlgan tizimlarning yaratilishi va qo’llanilishidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari –yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish ( shu jumladan avtomatik ravishda ham ), saqlash va joriy etishga mo’ljallangan.
E’tiboringiz uchun tashakkur.