C++ Builder muxiti komponentlari. Komponentlar kurinib turadigan(vizual) va kurinmay turadigan (novizual)turlarga bulinadi. Kurinib turadigan komponentlar ish bajarish vaktida xuddi loyixalash vaktida kanday bulsa shunday xolicha paydo buladi. Bunga tugmalar va taxrirlanuvchi maydonlar misol bula oladi. Kurinmaydigan komponentlar loyixalash vaktida shakl oynasida piktogrammalar kurinishida paydo buladi. Ular ish bajarish vaktida xech kachon kurinmay turadilar, lekin muayyan funktsiyani bajaradilar (masalan, ma’lumotlarga murojaat kilishni ta’minlaydi, Windows 95 va boshkalarning standart dialogli oynalarini chakiradi).
Rasm2. Kurinuvchi va kurinmaydigan komponentlarni ishlatishga misol
Komponentni shakl oynasiga joylashtirish uchun palitradagi komponentni sichkoncha manipulyator orkali ajratib olib, loyixalanayotgan shakl oynasining kerakli joyiga chap tugmani bosib amalga oshirish mumkin. Komponent shakl oynasida paydo buladi, shundan sung uni joyini uzgartirish, ulchamlarini va boshka xarakteristikalarini uzgartirish mumkin.
C++ Builder muxitining xar bir komponenti uch turdagi xarakteristikaga ega: xususiyatlar, xodisalar, uslublar.
Agar komponentni palitradan tanlab olib shakl oynasiga joylashtirilsa, ob’ektlar inspektori ushbu komponent bilan birga kullanilishi mumkin bulgan xususiyat va xodisalarni avtomatik ravishda kursatadi. Ob’ektlar inspektorining yukori kismida sirgalib tushuvchi ruyxat bulib, u shakl oynasida joylashgan kerakli ob’ektni tanlash imkoniyatini beradi.
Rasm.3. Ob’ektlar inspektori.
Komponentlar xususiyatlari Komponentalar xususiyati uning tashki kurinishi va uzini tutishini aniklab beruvchi atribut xisoblanadi. Komponentning xususiyatlar kolonkasidagi kupchilik xususiyatlari xech kanday surovsiz rostlanadigan xolatga ega buladi (masalan tugmaning balandligi). Komponentning xususiyati xususiyatlar (Properties) saxifasida kursatiladi. Ob’ektlar inspektori komponentning ommalashgan (published) xususiyatlarini kursatib turadi. (published) xususiyatlardan tashkari komponentlar kuprok umumiy (public) fakat ish bajarish mobaynida murojaat kilish mumkin bulgan xususiyatlarga ega buladi. Ob’ektlar inspektori loyixalash vaktida xususiyatlarni belgilash uchun ishlatiladi. Xususiyatlar ruyxati ob’ektlar inspektorining xususiyatlar saxifasidan urin olgan buladi. Xususiyatlarni loyixalash vaktida aniklash mumkin yoki ilovani taxrirlash vaktida komponent xususiyatlarining kurinishini uzgartirish maksadida kod yozish mumkin.
Loyixalash jarayonida komponent xususiyatlarini aniklashda shakl oynasidagi komponentni tanlab olish, ob’ektlar inspektorida xususiyatlar saxifasini ochib olish va kerakli xususiyatni tanlab uni xususiyatlar muxarriri yordamida uzgartirish kerak buladi (bu – matn yoki sonlar kiritish uchun oddiy maydon, sirgalib tushadigan ruyxat, ochiladigan ruyxat, dialogli panel va boshkalar bulishi mumkin).
Do'stlaringiz bilan baham: |