Muammoviy-mo‘ljallangan paketlar umumiy ma’lumotlardan foydalanuvchi masalalarning guruhlar (izchilliklari)ni yechish uchun mo‘ljallanganlar. Bu paketlarning eng ko‘p sonli guruhidir. Muammoli-mo‘ljallangan paket tomonidan bajariladigan operatsiyalarning umumiy xarakterida aks ettirilishi mumkin. Bunday paketlarga - matnli muharrirlar, jadvalli protsessorlar, to‘g‘ri chiziqli dasturlash paketi namunaviy misol bo‘la oladi.
Muammoli-mo‘ljallanish umumiy amaliy muammoda ham berilishi mumkin, uning yechimi alohida masalalarga bo‘linadi, ularning har birlari uchun paketda o‘z algoritmi ko‘zda tutilgan. Sohalararo balanslarni hisoblashini o‘tkazish uchun paket, loyihalashni avtomatlashtirishning har xil tizimlarida foydalaniladigan paketlar - namunaviy misollardir.
Keyingi yillarda keng belgilanishli paketlardan iborat bo‘lgan matnli muharrir, elektron jadvallar protsessori, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi, ma’lumotlar grafik aks ettirish (ishga doir grafika) paketi va uzoqlashtirilgan abonentlar bilan ma’lumotlarni almashtirish vositalarini birlashtiruvchi integratsiyalangan paketlar deb atalganlar keng tarqalgan, 10.1-rasmda paketlarningvazifaviy belgilanishlari bo‘yicha tasniflari varianti ko‘rsatilgan.
10.1-rasm. Paketlarning vazifaviy belgilanishlari bo‘yicha tasniflari varianti
Dasturlash paketini belgilashda paket bir necha dasturiy birliklardan tashkil topadi deb ta’kidlanadi. Bunday dasturiy birliklarni odatda dasturiy modullar deb ataydilar. Paket belgilangan sinfdagi masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan. Masalalarning bu sinfini odatda paketning predmetli sohasi deb ataydilar. Hisoblash masalalarini yechish uchun amaliy dasturlar paketlariga nisbatan predmetli soha ma’lumotlarning ba’zi bir tarkibini, ya’ni kiruvchi, oraliq va chiquvchi ma’lumotlarni tashkil qilishni belgilaydi. Aytadilarki, paket o‘zining predmetli sohasiga mos keluvchi axborot bazasidan foydalanadi.
Foydalanuvchi tomonidan tanlab olingan aniq amallarni amalga oshirish uchun paket foydalanuvchidan boshqaruvchi axborotni qabul qilib olishi kerak. Bu boshqaruvchi axborot rasmiy tilda - paketning kirish tilida beriladi. Foydalanuvchining aniq vazifasini kirish tilida bayon qilinishi kirish tilidagi dastur (KTD) deb ataladi.
Paketda har bir masalaning yechimi tegishli algoritmni bajarishdan iborat bo‘ladi. Paketda ko‘zda tutilgan masalalar yechimini algoritmini amalga oshiruvchi paketning dasturiy modellarini ishlab chiquvchi modullar deb ataymiz. Ishlab chiquvchi modullar paketning axborot bazasini tashkil qiluvchi ma’lumotlarning o‘zgarishini bajaradilar.
Foydalanuvchining vazifasini ishlab chiquvchi modullar chaqiriqlarining izchilligiga o‘zgartirish uchun paketga boshqaruvchi modullar kiritilishi kerak.
Paketning foydalanuvchi bilan va paketning boshqaruvchi modullarining axborot bazasi va ishlab chiquvchi modullar bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash uchun paket tarkibiga xizmat ko‘rsatuvchi modullar kiritiladi.
Shunday qilib, amaliy dasturlar paketlarini kirish tili, axborot bazasi, boshqaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi va ishlab chiquvchi modullarning birlashuvi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Ishlab chiquvchi modullarning majmuasini ko‘pincha paketning vazifaviy to‘ldirilishi deb ataydilar. Boshqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi modullar paketning tizimli ismi yoki paketning tizimli to‘ldiruvchisi deb ataydilar.
Paket tarkibiy qismining o‘zaro hamkorligi 10.2-rasmda sxematik ravishda ko‘rsatilgan. Operatsion tizim vositalari tomonidan paketning bosh boshqaruvchi moduli (etakchi moduli) ishga tushiriladi. keyin kirish tili dasturlari (KTD) shaklida berilgan foydalanuvchining vazifasini qabul qilish va bu vazifani ishlab chiquvchi va xizmat ko‘rsatuvchi modullarini kerakli izchillikda chaqirish bilan bajarish tashkil qilinadi.
10.2 rasm. Amaliy dasturlar paketini tarkibi.
Amaliy dasturlar paketlarini qo‘llash usuli ostida masalani yechishda foydalanuvchining paket bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishni tushunamiz. Amaliy dasturlar paketlarini qo‘llash usulini tanlash ko‘pincha omillarga bog‘liq, OT va dasturlashning tanlangan tilining imkoniyatlari, ishlab chiqilayotgan ma’lumotlarning hajmlari, masalani yechishning davomiyligi, amaliy dasturlar paketlaridan foydalanishning tezligi (qaytarilish tezligi), paketdan foydalanuvchilar malakalarining xususiyatlari va masalalarni yechishning operativligiga talablar (hisoblash natijalarini kutishning yo‘l qo‘yiladigan vaqti) ulardan eng muhimlari bo‘ladilar.
Hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan amaliy dasturlar paketlarini qo‘llash usullari g‘oyatda turli - tumandir,ammo paketning o‘zining qurilishi va foydalaniladigan EHM va OTlarining xususiyatlari bilan belgilaniladigan ba’zi bir namunaviy rejimlarni ajratish mumkin.
Amaliy dasturlar paketlarini qurilishi nuqtai nazaridan eng oddiy rejim paketning ayrim dasturlaridan foydalanuvchi tomonidan dasturlashning qandaydir tilida, masalan,SI da tuzilgan ba’zi bir bosh dasturning dasturchasi sifatida foydalanishdan iboratdir. Bu holda amaliy dasturlar paketlari faqat ishlab chiquvchi modullardan tashkil topadi va dasturlashda foydalanilgan til dasturlarining kutubxonasini kengaytirilishi sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Amalga oshirilishning murakkabligi bo‘yicha keyingi rejim paketni aniq bajarilishi uchun barcha boshqaruvchi axborotlar paketni ishga tushirishda kirish tilida tugallangan dasturlar ko‘rinishida berilishini ko‘zda tutadi. Paketning bundan keyingi ishi foydalanuvchining ishtirokisiz o‘tadi. Bunday rejimni OTning tegishli rejimiga o‘xshatib, ko‘pincha paketli deb ataydilar. Paketli rejim ko‘pincha bir turli masalalarni kirish tilidagi bittagina dasturdan foydalanish bilan yechish talab qilingan vaqtda, har bir masalani yechishga sarflangan vaqt yetarlicha katta bo‘lganda, kirish tilidagi dastur murakkab va katta hajmga ega bo‘lganda qulaydir.
Shaxsiy EHMlarida qo‘llaniladigan ko‘pchilik amaliy dasturlar paketlari masalalarni yechishni berishida foydalanuvchi bilan dialogli o‘zaro hamkorlikka mo‘ljallangan.
Eng oddiy dialogli rejim (dialogli o‘zaro hamkorlikning varianti) foydalanuvchi paketni bajarilishini initsirovka qilishi, vazifani kirish tilidagi dastur shaklida kiritishi va bunda paketni bajarilishini boshqarilishini tugallashidan iboratdir. Amalda bu rejim paketlidan faqat KTDdagi xatolarni tuzatish, muvaffaqiyatsizlikda paketni qaytadan ishga tushirish imkoniyati bilan farqlanadi.
Dialogli rejimning, yana kuzatib borish rejimi deb atalgan murakkabroq varianti paketni bajarishning dinamik boshqarish imkoniyatini ko‘zda tutadi. Boshqaruvchi axborot foydalanuvchi tomonidan qismlar bo‘yicha kiritiladi va paket bilan ishlash jarayonida orali natijalarni tahlil qilish asosida shakllantiriladi. Bunday ish ko‘pgina xollarda, xususan matnlarni tahrir qilish dasturlaridan foydalanishda, elektron jadvallar bilan ishlashda, murakkab hisoblash masalalarini yechishda foydalanuvchi uchun tabiiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |