CASE - Somputer aided sistem engineering - axborotlar tizimini avtomatlashtirilgan usulda loyihalash degani bo’lib, CASE-texnologiyasi turli mutaxassislar, jumladan, tizimli tahlilchilar, loyihachilar va dasturchilar ishtirok etadigan ko’pchilikning qatnashishi talab etiladigan axborot tizimlarini yaratishda qo’llaniladi. CASE-texnologiyalari vositalari nisbatan yangi, 80- yillar oxirida shakllangan yo’nalishdir. CASE-texnologiyasi - murakkab dasturiy tizimlarni tahlil etish, loyihalash, ishlab chiqarish va kuzatib turish texnologik jarayonini avtomatlashtiruvchi dasturiy ta’minotdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |