Operatsion tizim (OT). Kompьyuterning yoqilishi bilan ishga tushuvchi ushbu dastur kompьyuterni va uning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi o’rinlar va hokazo) boshqaradi, foydalanuvchi bilan muloqotni tashkil etadi, bajarish uchun boshqa dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi. OT foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompьyuter qurilmalari bilan qulay muloqotni(interfeysni) ta’minlaydi.
Drayverlar. Ular OT imkoniyatlarini kengaytiradi. Jumladan, kompьyuterning kiritish - chiqarish qurilmalari (klaviatura, sichqoncha, printerlar va boshqalar)ni boshqarishda yordam beradi. Drayverlar yordamida kompьyuterga yangi qurilmalarni ulash yoki mavjud qurilmalardan nostandart ravishda foydalanish mumkin.
Hozirgi davrda ko’plab OTlar mavjud: unix; ms dos; os/2; windows va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |