K
– qizidiriladigan katod,
A
– anod, F –
oltin folga
Folga orqasiga o‘rnatilgan fotoplastinkada radiuslari elektron tezligi o‘zgarishi
bilan o‘zgaradigan, ya’ni to‘lqin uzunliklari de-Broyl to‘lqin uzunligiga mos
ravishda oq va qora konsentrik halqalar aniq kuzatildi.
rasm. Uzoq ekspozitsiya va qisqa ekspozitsiyada yarim
kristalli namunada elektronlarning difraksiya manzarasi
Keyingi yillarda, Dj.Tomson tajribasi ko‘p marta takrorlangani bilan natijasi
o‘zgarmadi. Shuningdek elektronlar oqimi ancha kuchsiz bo‘lgan hollarda ham,
pribor orqali bir vaqtda faqat bitta zarracha o‘tishi mumkin bo‘lgan hollarda ham
natija bir xil chiqdi (V.A.Fabrikant 1948 yil). Shunday qilib, to‘lqin xususiyatlari
nafaqat ko‘p sonli elektronlar oqimiga balki, har bir elektronga alohida xos
ekanligi eksperimentda o‘z isbotini topdi.
Keyinchalik difraksion hodisalar neytronlar, protonlar, atom va molekulalar
oqimlari uchun ham kuzatildi. Mikrozarralarda to‘lqin xususiyatlar borligining
eksperimental isboti tabiatning bunday universal holati materiyaning umumiy
xususiyati haqidagi xulosaga olib keldi. Demak, to‘lqin xususiyatlari makroskopik
jismlarga ham xos bo‘lishi kerak. Biroq makroskopik jismlarning massasi katta
bo‘lganligi sababli ularning to‘lqin xususiyatlari tajribada aniqlanishi mumkin
emas. Masalan 10
-9
g
massaga ega, 0, 5 m/s tezlik bilan xarakatlanayotgan chang
zarrasiga 10
-21
tartibli de-Broyl to‘lqini mos tushadi, ya’ni atom o‘lchamlaridan
taxminan 11 tartibga kichikdir. To‘lqinning bunday uzunligini kuzatib bo‘lmaydi.
Bu misol makroskopik jismlar faqat korpuskulyar xususiyatlarni namoyon etishini
ko‘rsatadi.
Yana bir misolni ko‘rib chiqamiz. Potensiallar farqi
U=100 В
bilan
tezlashtirilgan elektronlar uchun de-Broyl to‘lqin uzunligini
meU
h
2
formula bo‘yicha topish mumkin. Bu norelyativistik holat uchun elektronlar
kinetik energiyasi
eU=100 eВ
tinchlikdagi energiyasidan
2
mc
0,5
MeВ
dan
ancha kichikdir. Hisoblangan
нм
1
,
0
to‘lqin uzunligi aynan atom o‘lchami
tartibiga mos keladi. Bunday elektronlar uchun kristall modda yaxshi difraksion
panjara vazifasini bajaradi. Aynan shunday kichik energiyali elektronlar
tajribalarda aniq difraksion manzarani beradi. Shu bilan bir vaqtda kristallda
difraksion sochilgan elektronlar to‘lqin kabi fotoplastinka atomlari bilan o‘zaro
ta’sirlashib, qandaydir ma’lum nuqtada fotoemulsiyaning qorayishini keltirib
chiqaruvchi zarra kabi harakatlanadi (10.15-rasm).
Shunday
qilib,
de-Broylning
korpuskulyar-to‘lqin
dualizmi haqidagi
tasavvurlarining eksperimental isbotlangan gipotezasi mikroobektlar xususiyati
haqidagi tasavvurni tubdan o‘zgartirdi. Hamma mikroobektlarga ham to‘lqinli,
ham korpuskulyar xususiyatlar xos, biroq ular mumtoz fizikada to‘lqin ham, zarra
ham emas. Mikroobektlarning har xil xususiyatlari bir vaqtda namoyon bo‘lmaydi,
ular bir-birini to‘ldirib boradi, faqat ular birgalikda mikroobektni to‘la ta’riflaydi.
Taniqli Daniya fizigi N.Borning to‘ldiruvchanlik tamoyili shundan iborat. Shartli
ravishda shuni aytish kerakki, mikroobe’ktlar to‘lqin kabi tarqaladi, zarra kabi
energiya almashadi.
To‘lqin nazariyasi nuqtai nazaridan, elektronlar difraksiya manzarasida de-
Broyl to‘lqinlari intensivligi maksimumiga mos tushadi. Fotoplastinkada olingan
maksimumlarda elektronlarning ko‘p qismi tushadi. Lekin, fotoplastinkada har xil
joylarga elektronlarning tushish jarayoni individual holda emas. Navbatdagi
elektron sochilgandan keyin qayerga tushishini qat’iyan aytish mumkin emas.
Elektronlarning u yoki
bu joyga tushishining ma’lum ehtimolligi mavjud xolos. Shunday qilib,
mikroobektlar holatini va uning o‘zini tutishini tasvirlash faqat ehtimollik
tushunchasi asosida aytish mumkin.
Mikroobektlarni tasvirlashda ehtimollik yondoshuvini kerakligi kvant
nazariyasining muhim xususiyatlaridandir. Kvant mexanikasida mikroolamda
obektlar holatini tasvirlash uchun to‘lqin funksiya
(psi-funksiya) tushunchasi
kiritildi. To‘lqin funksiyasining moduli
2
kvadrati fazoning birlik hajmida
mikrozarralarni topish ehtimolligiga proporsional.
To‘lqin
funksiyasining
aniq ko‘rinishi mikrozarra joylashgan hajmning tashqi sharoitlari bilan aniqlanadi.
Kvant mexanikasining matematik apparati berilgan kuch maydonida joylashgan
zarralarning to‘lqin funksiyalarini topish imkonini beradi. De-Broylni cheksiz
monoxromatik to‘lqini hech qanday kuch maydoni ta’sir etmaydigan erkin
zarraning to‘lqin funksiyasidir.
Difraksion holatlar, difraksiyalar yuz beradiga to‘siqlar o‘lchamlari to‘lqin
uzunliklari bilan bir xil bo‘lganda ko‘proq namoyon bo‘ladi. Bu to‘lqinning har
qanday fizik tabiatiga, xususan elektron to‘lqinlariga xosdir. De-Broyl to‘lqinlari
uchun tabiiy difraksion panjara bu atom o‘lchami tartibidagi fazaviy davrli
kristalning tartibli tuzilishidir (taxminan 0,1 nm). Bunday o‘lchamli to‘siqlarni
(masalan tiniq bo‘lmagan ekrandagi tuynuk) sun’iy ravishda yaratib bo‘lmaydi,
lekin de-Broyl to‘lqinlari tabiatini tushuntirish uchun xayolan tajriba o‘tkazish
mumkin. Masalan
D
kengligidagi yagona tirqishdagi elektronlar difraksiyasini
ko‘rib chiqamiz (19.7-rasm).
Tirqish orqali o‘tgan elektronlarning 85% dan ko‘prog‘i difraksiya markaziy
maksimumga tushadi. Bu maksimumning (1 burchak yarim kengligi
1
sin
D
rasm. Tirqishdagi elektronlar difraksiyasi. O‘ngdagi grafik
fotoplastinkadagi elektronlar taqsimoti
shartidan kelib chiqadi. Bu to‘lqin nazariyasi formulasidir. Korpuskulyar
nuqtai nazaridan hisoblash mumkinki, tirqish orqali uchib o‘tgan elektron
perpendikulyar yo‘nalishda qo‘shimcha impulsga ega bo‘ladi. Markaziy
maksimum tashqarisida fotoplastinkaga tushadigan 15% elektronlarni nazarga
olmay hisoblash mumkinki, ko‘ndalang impulsning maksimal qiymati
1
1
sin
sin
Do'stlaringiz bilan baham: |