Yorqin va oltinrang oxra
Bo`yoq pigmenti tarkibida biroz loy bo`lgan temirning kristall gidroksididan iborat. Yorqin oxrada 12 dan 25 % gacha, oltin rang oxrada esa 70-75% gacha temir gidroksid bo`ladi.
Yorqin oxra sovuq tusli sariq rangga ega bo`lib, to`yinmagan va yorqin, intensiv emas. Oltinrang oxra esa issiqroq tonga ega.
Bo`yoqlarning xarakterli xususiyatlari:
a) yorqin va oltinrang oxra sekin qurishi tufayli ranglar ustma-ust qo`yilganda rangini o`zgartiradi.
b) temir predmetlar, masalan mastixin bilan ishlanganda rangi bir oz yashiltob bo`lib o`zgarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |