Havo perspektivasi
Havo perspektivasi - bu predmetlarning havo muhiti va masofa ta'sirida rangi, shakli va yorug`lik darajasining o`zgarishidir.
Yaqin masofada turgan predmetlarning detallari va fakturasi aniq ko`rinadi, uzoqlashgan sayin esa umumlashgan holda ko`rinadi. Yaqinda turgan predmetlarning konturi juda aniq, uzoqroqdagilarniki esa yumshoqroq bo`lib ko`rinadi. Barcha yaqin predmetlar kontrast yorug` - soyaga va hajmga ega, uzoqdagilar esa nozik yorg-soyaga ega bo`lib, lpoq shaklda ko`rinadi. O`zoqdagi predmetlarning rangi havo qatlami ta'sirida kam to`yinganroq bo`lib havo rang ta'siriga tushib - osmonrang, so`trang - oq, siyohrang tusga ega bo`ladi. Barcha yaqin predmetlar esa ko`prangli, o`zoqdagilar bir rangli bo`lib ko`rinadi. Rassom bu barcha o`zgarishlarni o`z kartinasida masofa va yorug`langanlikni berish jarayonida e'tiborga olishi lozim.
Tutun yoki tuman bilan to`lgan havo muhiti rasmda fazoni va kompozitsiyada planni ko`rsatishda yordam beradi. Ijodiy ishda albatta havo muhitidagi perspektiv o`zgarishlarni e'tiborga olish lozim, chunki uzoq plan oldingi planga nisbatan yorqinroq, predmetlarning konturi esa yoyilib, aniqlikni yo`qotadi. Bu ayniqsa tog`da yoki o`rmonda yaqqol ko`zga tashlanadi. Bu hodisa havo perspektivasi deb ataladi.
Havo perspektivasi quyidagi qonunlarga ega:
T№
|
Plener fazosida predmetlarni idrok etish
|
Plener fazosida predmetlarni idrok etish
|
Plener etyudidagi predmetlarning tasviri.
|
Yaqindagilar
|
Uzoqdagilar
|
Yaqindagilar
|
Uzoqdagilar
|
1
|
Tafsilotlari bilan
|
Umumlashtirilgan
|
Tafsilotlari bilan
|
Umumlashtirilgan
|
2
|
Aniq
|
Noaniqroq shaklda
|
Aniq, keskin chegaralari bilan
|
Chegaralari bilan
|
3
|
Yorug`-soya kon-trasti aniq bo`ladi
|
Biroz soyalan-gan, yorug`ligi bo`yicha bir-biriga yaqin-lashtirilgan (yorug`, oqroq) predmetlar qoramtirroq, qoramtirroqlari esa yorug`roq bo`lib tuyuladi.
|
Yorug`ligi bo`yi-cha bir-biridan farqli, yorug`lik va soya gradatsiya-lari yorqin ifodalangan.
|
Yorug`lik va soya gradatsiya-larisiz, yorug` predmetlar qoramtirroq qilinadii, qoramtirroqlari esa yorug`-lashtiriladi.
|
4
|
Hajmli, uch o`l-chamlik, balandligi, kengligi va chuqurlik fazolari yaxshi bilinadigan belgilarga ega.
|
Yassisimon
|
Hajmi, chuqurlik fazosi belgilari bor (mavjud)dek tuyuladi.
|
Yassisimon chuqurlik fazosi belgilari yo`q.
|
5
|
Havo bulo`ti belgilari mav-jud emas, rang buyog`iga ko`ra intensiv.
|
Havo bo`shlig`i havoli bo`lib, u o`z rangi bilan ancha betaraf bo`lgan predmetlarga ham rang berib turadi.
|
Rang tuslariga juda boy, rang-barang.
|
Tussiz,kul rang bo`yoq berilgan bo`lib, havorang bulut belgilariga ega.
|
6
|
Ko`p rangli (rang-barang)
|
Bir hil rangda yoki bo`yoqlar majmuasining tor oraligida.
|
Bo`yoqlari va ranglarining birligi jihatidan turli-tuman.
|
Monoxrom- umumiy bo`yoq (rang) tusi doirasida o`zaro yaqin-lashtirilgan.
|
Shunday qilib tekislikda rang va geometrik qurish yordamida masofani tasvirlash mumkin ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |