Molbertlar va boshqa narsalar
Ishni endi boshlayotganlar uchun molbert kerak bo`lmaydi, uning o`rniga etyudnik yoki kichik molbertlardan foydalanish mumkin. Unda kichikroq va o`rta o`lchamdagi kartinalarni ishlasa bo`ladi. Zarur bo`lgan boshqa predmetlar masalan: qog`oz, tsellofan plenka, eski lattalar, og`zi qattiq yopiladigan bankalar va butilkalarni ham ishlatamiz.
Gruntlar
Eng avvalo ishni maxsus magazinlarda sotiladigan tayyor gruntlangan kartondan boshlash mumkin. Bu kartonlar turli formatlarda ishlab chiqariladi. Keyinroq esa gruntni o`zingiz tayyorlab ishlay boshlaysiz.
Bu haqda biz keyingi bo`limlarda kengroq to`xtalamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |