Xarakterli juftlik:sariq – ko`k, jilvakor -sariq,jo`shkin-ko`k, zarg`aldoq siyohrang , zarg`aldoq – yashil va siyohrang – yashil.
Xaraktersiz juftlik: sariq – yashil, sariq – zarg`aldoq, zarg`aldoq – qizil, qizil – siyohrang, siyohrang – ko`k, ko`k – yashil.
Gyote uyg`unligi faqatgina ko`ruv organi orqaligina his kilinmasligi kerak, u bizning ruhiyatimiz orqali ham qabul qilinishi lozim. U ranglar inson qalbiga ta'sir qilib, hissiyot, emotsiya va fikr tug`diradi deb hisoblagan. Gyotening fikricha har bir rang o`zining temperamentiga ega bo`lgan va boshqa ranglarga qo`shilganda turlicha nomoyon bo`luvchi emotsional haqiqat to`plami hisoblanadi. Gyote har bir inson o`zining ijodiy harakati bilan to`laqonli uyg`unlik hosil qila olishga ishongan, lekin garmoniyani ruhiyat mahsuloti deb bilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |