Bugun dunyo yangi texnika va texnologiya taraqqiyotiga qadam qo’ydi. Fan texnikani rivojlanishi natijasida metallurgiyada ham katta o’zgarishlar bo’lmoqda. Metal o’rniga yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Masalan: eng yaxshi po’lat yoki alyuminiy qotishmalari bilan tenglasha oladigan material – bu kompozit yoki kompozitsion materiallardir
1-rasm.Kompozitsion materiallarning strukturasi.
Hozirgi zamon kompozitsion materiallar murakkab tarkibli ko’p fazali konstruktsion materiallar bo’lib, komponentlarning hajm bo’yicha nisbatini tanlash usuli bilan yaratiladi. Kompozitsion materiallarda har bir faza o’zining chegarasiga ega bo’ladi.
Hozirgi zamon kompozitsion materiallar murakkab tarkibli ko’p fazali konstruktsion materiallar bo’lib, komponentlarning hajm bo’yicha nisbatini tanlash usuli bilan yaratiladi. Kompozitsion materiallarda har bir faza o’zining chegarasiga ega bo’ladi.
Kompozitsion materialning bir butunligini ta’minlovchi komponent tashkil etuvchiga bog’lovchi komponent (matritsa) deb ataladi. Boshqa komponentlar (armatura, to’ldiruvchi va h.k) ning shu matritsada joylashishi ma’lum geometrik qonuniyatga bo’ysinishi yoki bo’ysinmasligi ham mumkin. Matritsa bilan qo’shimchalar orasida maxsus yupqa qatlam bo’lib, u ajralish yuzasini belgilaydi.
- Texnologik, mexanik va eksplutatsion talablarga javob berishi kerak.
3-rasm. Kompozitsion materiallarning klassifikatsiyasi.
To’ldirgichning geometriyasiga qarab:
1. Nol o’lchamli-to’ldirgichli: bularning o’lchamlari uch tomonlama o’lchashda bir xil o’lcham ko’rsatkichiga ega;
2. Bir o’lchamli to’ldirgichli: o’lchamlardan birining o’lchamlari qolgan ikkittasinikidan juda katta;
3. Ikki o’lchamli: ikki o’lchami qolgan bittasidan juda katta.
To’ldirgichning joylashish sxemasiga qarab kompozitsion materiallar uch guruhga bo’linadi
to’ldirgichlarni bir o’qda chizig’iy joylashishi bilan to’ldirgichlar tola,ip intevid shaklidagi kristallar shakliga bo’lib matritsada bir biriga parallel bo’ladi;
ikki o’qli-yuzali: bularda sinchlovchi to’ldirgichlar tola shaklida; intevid kristallarning matolari shaklida, matritsada folga shaklida parallel tekisliklarda bo’ladi;
uch o’qli-hajmiy: bunda sinchlovchi to’ldirgich hajm bo’yicha joylashgan; afzal yo’nalishi yo’q.
Komponentlarning tabiatiga qarab
kompozitsion materiallar quyidagi to‘rt guruhga bolinadi:
1) tarkibida metall yoki metall qotishmasi bor;
2) tarkibida oksidlar, karbidlar va nitridlarning noorganik birlashmalari borlari;
3) tarkibida metall emas elementli, uglerodli, borli va h.k. li komponent borlari;
4) komponentlari organik moddalar birlashmasidan (epoksidli, poliefirli, fenolli va h.k. smolalar) tashkil topgan.