Kоmplеks birikmаlаrdа ichki sfеrа zаryadi kаtiоn :
[Cu(NH3)2]Cl ; [Cu(NH3)4]SO4; [Cr(H2O)6]Cl3 ; [Fe(NH3)6]Cl3 YOki ichki sfеrа zаryadi аniоn:
Na|Cu(CN)2|; K2|Cu(CN)4|; Na3|Cr(OH)6|; K3|Fe(CN)6|
K3|Cr(OH)6|; Na3|Al(OH)6|; K|Au(CN)2|; Na|Ag(CN)2|
Ichki sfеrа zаryadi nеytrаl bo‘lgаn kоmplеkslаr birikmаlаr hаm bоr:
[Pt(NH3)2Cl2] , [Cr(H2O)3Cl3], [Fe(CO)5], [Fe((NH3)3Cl3]
K4[Fe(CN)6] – sariq qon tuzi, K3[Fe(CN)6], -qizil qon tuzi, Fe4[Fe(CN)6]3 –berlin zangorisi, Fe3[Fe(CN)6]2 –turnbul ko‘ki.
Kоmplеks birikmаlаr bоsqichli dissоtsilаnаdi. Birinchi gаldа iоnlаnish ichki vа tаshqi sfеrаgа аjrаlish bilаn bоrаdi.
[Cu(NH3)2]Cl Û [Cu(NH3)2]+ + Cl- [Cu(NH3)2]+ ÛCu2++ 2NH3 [Cr(H2O)6]Cl3 Û [Cr(H2O)6] 3++ 3Cl- [Cr(H2O)6] 3+ Û Cr3+ +6H2O
Kоmplеks birikmаlаrning hоsil bo‘lishidа cho‘kmаning erib kеtishi, rаng o‘zgаrishi, yoki yangidаn cho‘kmа hоsil bo‘lishi kuzаtilаdi:
AgCl+2NH3 = [ Ag(NH3)2]Cl Ag(CN)2+NaOH=Na|Ag(CN)|2 Cu(CN)2+2KOH= K2[Cu(CN)4] I2 +KI= K[I3]
CuSO4+ 4NH4OH=[Cu(NH3)4]SO4 Zn(OH)2+2KOH= K2[Zn(OH)4]
AgNO2 + KNO2 = K[Ag(NO2)2 ] Аl(OH)3+3KOH=K3[Al(OH)6] Kompleks birikmalar Barcha kimyoviy birikmalar ikki turkumga bo‘linadi:
Oddiy birikmalar (MgCI2, CuCI2, BF3SO3, NH3, NaNO3, KCI va h.), bular valentlik qoidasiga bo‘ysunib, ion yoki kovalent bog‘lanish natijasida hosil bo‘lgan murakkab moddalar.
Valentlik qoidasini tatbiq etib bo‘lmaydigan molekulyar (yoki murakkab) birikmalar. Bunday birikmalar ikki xil atom yoki oddiy modda molekulalarining o‘zaro birikishidan hosil bo‘ladi:
CuSO4 + 4NH3 → CuSO4 * 4NH3 CuCl2 + 4NH3 → CuCl2 * 4NH3 HgI2 + 2KI → HgI2 * 2KI
Keyinchalik, molekulyar (murakkab) birikmalarning nisbatan barqarorlari kompleks birikmalar deb ataladi.
Kompleks birikmalar shunday birikmaki, uning molekulasi yoki ioni markaziy atomga ega bo`lib, buni bir necha ion yoxud molekulalar, ya’ni ligandlar qurshab turadi. Kompleks birikmalar ionlarga kam dissotsilanadi. Kompleks birikmalarning xossalari va tuzilishini tushuntirish uchun shved kimyogari A. Verner (1983-y.) koordinatsion nazariya yaratdi. Bu nazariya quyidagilardan iborat:
Ko‘pchilik elementlar o‘zining asosiy valentliklaridan tashqari yana qo'shimcha valentliklar namoyon qiladi.
Har qaysi element o‘zining asosiy va qo‘shimcha valentliklarini to‘yintirishga intiladi.
Markaziy atomning qo‘shimcha valentliklari fazoda ma’lum yo‘nalishga ega bo`ladi.
Vernerning fikricha, atom (oddiy) birikmalar asosiy valentliklar hisobiga, kompleks birikmalar esa qo‘shimcha valentliklar hisobiga hosil bo‘ladi. Masalan:
va hakozo.
Bu yerda qora chiziqlar asosiy valentlikni, punktir chiziqlar qo‘shimcha valentlikni ko‘rsatadi. Koordinatsion nazariyaga ko‘ra kompleks birikma tarkibidagi ionlardan biri, odatda musbat zaryadli ion markaziy o‘rinni egallaydi va komplekshosilqiluvchiiondeb ataladi.
Uning atrofida ma’lum sondagi qarama-qarshi zaryadli ionlar yoki elektroneytral (H2O, NH3, NO2 va h.) molekulalar ma’lum masofada joylashadi, ya’ni koordinatlanadi, ular ligandlaryoki addendlardeb ataladi. Kompleks hosil qiluvchi bilan ligandlar birikmaning ichki koordinatsion sferasini tashkil etadi. Ichki sferaga sig‘may qolgan ionlar markaziy iondan ancha uzoqda joylashadi va tashqi koordinatsion sferani tashkil etadi. Kompleks ion kvadrat havolarda ko‘rsatiladi:
[Co(NH3)6]Cl3, [Ag(NH3)2]Cl, K3[Co(NO3)6], K3[Fe(CN)6] va hakozo
Kompleks birikmalar tarkibidagi markaziy ion bilan bog‘langan neytral molekulalar va ionlarning umumiy soni kompleks hosil qiluvchining koordinatsion soni deb ataladi. Kompleks birikmalarda koordinatsion sonlar 2,3,4,6,8,12 bo‘la oladi, eng ko‘p uchraydigani 6 dir. Kompleks birikmalar uch xil bo‘ladi:
1. Kation kompleks. [Cu(NH3)]SO4, [Ag(NH3)2]Cl, [Co(NH3)6]Cl3, [Co(NH3)4(NO2)2]Cl va hakoza kiradi.
2. Anion kompleks. K[Ag(CN)2], K3[Fe(CN)6], K4[Fe(CN)6] va hakozo
3. Neytral kompleks. [Co(NH3)3(NO2)3], [Co(NH3)3Cl3], [Pt(NH3)2Cl4] va hakozo.
Bunday moddalar elektr tokini o‘tkazmaydi. Kompleks ionning zaryadini aniqlash uchun uning tarkibidagi barcha ionlarning, ya’ni kompleks hosil qiluvchi ion bilan ligand ionlaming zaryadini qo‘shish kerak. Bunda NH3, NO, NO2, H2O kabi neytral molekulalar hisobga olinmaydi. Masalan:
K2[Zn(CN)4] da kompleks ionning zaryadi x = + 2 + 4(—) = —2gateng.
[Co(NH3)5C1]C12 da kompleks ionning zaryadi +3 — 1 = +2 ga teng.
[Fe(H20)6]Cl3 da kompleks ion musbat uch valentli, K3[Fe(CN)6] da esa kompleks ion manfiy uch valentlidir. Kompleks ion va ligand zaryadlarini bilgan holda kompleks hosil qiluvchining oksidlanish darajasini aniqlash mumkin. Masalan:
K4 [Fe(CN)6] va K4 [Fe(CN)6]da temiming oksidlanish darajasi X{ = 4 —6(-l) = +2; X2 = —3—3(—1)= +3 yoki x,= (+1)4 + x, + (—1 • 6) — 0 = 4 + (x,) + (—6) = 0 Xj — 6—4 = 2; x2 — (+1-3) + x2 + (■—1 • 6) = 0 — 3 + x2 + (—6) = 0 X2=6—3 — +3.
Suvli eritmada kompleks birikma kompleks ionga va tashqi sfera ioniga dissotsilanadi.
K4[Fe(CN)6] → 4K++[Fe(CN)6]4- Kompleks tuzlar ana shu xususiyati bilan qo‘sh tuzlardan farq qiladi. Qo‘sh tuzlar eritmada oddiy tuzlar kabi tarkibidagi metallarning kationlari bilan kislota qoldig‘i anioniga dissotsilanadi: K2SO4 • Cr2(SO4)3→ 2K++2Cr3+ + 4S042-