Analitik kimyoda metallarni aniqlashda, kompleksonlar ta’sir ettirib, kompleks birikmalar hosil qilinadi. Hosil bo’lgan kompleks birikma eritma holida(fotometrik usulda) cho’kma holida (tortma analiz) o’rganiladi. Kuchsiz ishqoriy muhitga ega bo’lgan nikel (II) –sulfat eritmasiga 3-4 tomchi dimetilglioksim qo’shilganda ko’k-qizil kristal hosil bo’ladi: - Analitik kimyoda metallarni aniqlashda, kompleksonlar ta’sir ettirib, kompleks birikmalar hosil qilinadi. Hosil bo’lgan kompleks birikma eritma holida(fotometrik usulda) cho’kma holida (tortma analiz) o’rganiladi. Kuchsiz ishqoriy muhitga ega bo’lgan nikel (II) –sulfat eritmasiga 3-4 tomchi dimetilglioksim qo’shilganda ko’k-qizil kristal hosil bo’ladi:
- CH3 - C = NOH
- + NiSO4 + 2NH4OH → (NH4)2SO4 + 2H2O + [NiC4H6N2O2]
- CH3 - C = NOH
Bu reaksiya Chugayev reaksiyasi nomi bilan yuritiladi. Nekilni modda tarkibida bor yo’qligini aniqlash uchun natriy giksonitrokobaltiat (III) ishlatiladi. - Bu reaksiya Chugayev reaksiyasi nomi bilan yuritiladi. Nekilni modda tarkibida bor yo’qligini aniqlash uchun natriy giksonitrokobaltiat (III) ishlatiladi.
- 3KCl+Na3[Co(NO2)6]→K3[Co(NO2)6]+3NaCl
- 2. Ba’zi metallarni bir-biridan ajratish va yuqori darajada toza metallar (oltin, kumush va hakozolar) olish uchun kompleks birikmalardan foydalaniladi. Masalan: Kvars va qumdan oltinni ajratib olishda ko’pincha oltinning kislorod ishtirokida natriy sianit bilan kompleks tuz hosil qilishdan foydalaniladi. Chunki oltin kislorod ishtirokida NaCN bilan suvda yaxshi eriydigan kompleks birikma hosil qiladi.
- 4Au+8NaCN+O2+2H2O→4Na[Au(CN)2]+4NaOH
Analitik kimyoda kompleks birikmalarning ahamiyati katta. Bunday birikmalar elementlarning modda tarkibida bor-yo’qligini bilishda (sifat analizi), modda tarkibining qancha foizini tashkil etishini aniqlashda (miqdoriy analiz) va elementlarni bir-biridan ajratish (ekstraksiya) maqsadida ishlatiladi. - Analitik kimyoda kompleks birikmalarning ahamiyati katta. Bunday birikmalar elementlarning modda tarkibida bor-yo’qligini bilishda (sifat analizi), modda tarkibining qancha foizini tashkil etishini aniqlashda (miqdoriy analiz) va elementlarni bir-biridan ajratish (ekstraksiya) maqsadida ishlatiladi.
- Ko’pchilik kationlar tuzlari aralashmasiga etarli miqdorda ammiak eritmasi ta’sir ettirilganda kationlar gidroksidlar holida cho’kmaga tushadi. Bunda Cu2+, Ag+, Zn2+, Ni2+, Co2+ kabi ionlarning gidroksidlari mo’l ammiak eritmasida erib ketib, [Cu(NH3)4]2+, [Ag(NH3)2]+, [Zn(NH3)4]2+, [Ni(NH3)6]2+ ga o’tadi, Co2+ esa kislorod ishtirok etmaganda [Co(NH3)6]2+ tarkibli kompleks ionlarini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |