Ferrotsendagi temir о‘rnini boshqa metall, masalan, nikel egallashi mumkin, u holda nikelotsen [Ni
(C
5
H
5
)
2
] hosil bо‘ladi. Bundan tashqari ferrotsenning siklopentadiyenil halqalari ham almashinish
reaksiyalariga kirishadi. Bu sinfga yana dibenzolxrom [Cr (C
6
H
6
)
2
] ni ham kiritish mumkin.
Oraliq d – metallar bilan hosil qilingan karbotsiklik birikmalar qatorida dibenzolxrom muhim о‘rin
tutadi. U 1919 yilda sintez qilingan bо‘lsa – da, uning tuzilishi faqat 1954 yilda aniqlandi. Xayn xrom
(III) xlorid bilan C
6
H
5
Mg Br orasidagi reaksiyani amalga oshirib, xromning bir qancha birikmalarini
olishga muvaffaq bо‘ldi. Bu birikmalar tarkibida xrom bilan sendvich tarzida birikkan benzol C
6
H
6
yoki denifil C
6
H
5
― C
6
H
5
molekuklalari borligi aniqlandi. Keyinchalik dibenzolxrom metall
galogenidiga aromatik uglevodorodlarni Al kukuni va AlCl
3
ishtirokida bevosita ta’sir ettirish orqali
hosil qilinadigan bо‘ldi.
Dibenzolxrom 284
0
S da suyuqlanadigan, suvda juda yomon, organik erituvchilarda yaxshi eriydigan
jigarrang tusli qattiq jism, diamagnit. Dibenzolxromdagi kimyoviy bog‘lanishdan ikkita benzol
molekulasining 12 ta π – elektroni va xrom atomining 6 ta bо‘sh orbitallari (donor – akseptor
mexanizm bо‘yicha) ishtirok etadi ; ikkinchi tomondan, xromdagi uchta elektron juft benzol
molekulalaridagi bо‘sh π – orbitallar bilan (dativ mexanizm bо‘yicha) bog‘lanadi.
Fe, Co, Ni, Mn, Cr, V, Ti, Ru, Th va Os kabi metallarning siklopentadiyen C
5
H
6
bilan birikmalari
olingan. Bu koordinatsion birikmalarni hosil qilish uchun shu metallarga yoki ularning karbonillariga
siklopentadiyen ta’sir ettiriladi. Natijada Fe (C
5
H
5
)
2
ferrotsen ; Ni (C
5
H
5
)
2
nikelotsen hosil bо‘ladi.
Metallarning siklopentadiyen bilan hosil qilgan koordinatsion birikmalari ( shuningdek,
dibenzolxrom Cr (C
6
H
6
)
2
kabi moddalar) «sendvich - strukturali» moddalar nomini olgan, chunki
bunday koordinatsion birikmalar rentgen nurlari yordamida tekshirilganida, ular ― xuddi «ikki burda
non orasidagi pishloq» kabi tuzilganligi, ya’ni о‘rtada metall atomi, uning ustida va tagida C
5
H
5
radikali joylashganligi ma’lum bо‘ldi. Ferrotsen Fe (C
5
H
5
)
2
molekulasining tashqi qavatida 18 ta
elektron bо‘ladi. Ularning 8 tasi temirniki va 10 tasi ikkita C
5
H
5
radikalnikidir. Ikkita C
5
H
5
radikali о‘zining 10 ta p – elektroni hisobiga koordinatsion bog‘ hosil qiladi. Shuning uchun oraliq
metallarning sendvich strukturali birikmalari π – koordinatsion birikmalar jumlasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: