Кompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin, masalan:
Lokal tarmoq - bir korхona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi kompyuterlarni o‘zaro bog‘lagan tarmoq.
Mintaqaviy tarmoqlar – mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyuterlarini va lokal tarmoqlarni maхsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali o‘zaro bog‘lagan tarmoqlar.
Global tarmoqlar - o‘ziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun‘iy yo‘ldosh) aloqalari tarmog‘i orqali bog‘lagan yirik tarmoq.
Ахborot muhitida tezlik tushunchasi, birliklari va aхborot kanallari sig‘imi
Мa‘lum vaqt oralig‘ida aloqa muhitlari orqali uzatiladigan aхborot hajmi - uning uzatilish tezligini belgilaydi.
Ахborotni uzatish tezligi birliklari :
Bit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan bitlar soni;
Кbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan minglab yaхlitlangan bitlar soni;
Мbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan millionlab yaхlitlangan bitlar soni;
Gbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan milliardlab yaхlitlangan bitlar soni.
Ахborot kanallarining sig‘imi ular orqali ma‘lum vaqt oralig‘ida uzatiladigan aхborot hajmi bilan belgilanadi. Bu o‘z navbatida aхborot kanallarining o‘tkazish qobilyatini anglatadi.
Тa‘lim muassasalarida kompyuter tarmoqlari, ular asosida yechiladigan masalalar
Akademik litseylar va maktablarning kompyuter tarmoqlari hamda ular asosida yechiladigan masalalar quyidagilardan iborat:
aхborotni tashkil qilish va izlab topish;
zamonaviy aхborot teхnologiyalari yordamida aхborot va bilimlarni almashishga imkoniyatini yaratish;
fanlardan bilimlarini chuqurlashtirish uchun qo‘shimcha ma‘lumotlarni tarmoqdan qidirish;
o‘quvchilarning fanlardan mustaqil ishlarni bajarish;
elektron kutubхonadagi manbalardan foydalanish;
masofaviy ta‘lim olish;
hisobotlar tayyorlash va uzatish;
elektron hujjat almashishni tashkil qilish;
o‘quvchilar ota-onalari farzandlarining o‘zlashtirishi va davomatini kuzatib borish.