HSB, HSV, HLS рaнг моdеллaри
Inson ko‘zi qabul qiladigan ranglarni nusxasini olishdagi harakat bu modellarning asosida yotadi. HSB (Hue, Saturation, Brightness) modeli har bir rangni tusi, to‘yinganligi va yorqinligi bilan aniqlanadi. Ba’zi paytlarda u HSV (Hue, Saturation, Value) va HLS (Hue, Lightness, Saturation) deb nomlanadi. Bu modellarni ranglar to‘plamidan foydalanish qulay, lekin ko‘pgina dizaynerlar RGB modeli qoniqtirgani uchun bu modellardan foydalanishmaydi.
YIQ rang modeli.
Bu model mohiyati bo‘yicha taniqli NTSI Amerika televizion standartining kompyuter variantidir. Rang faqatgina yorqinligi va 2 ta xromatik qismlari orqali ifodalanadi. Bu rangli televidinie uchun qulay, lekin juda kerakli paytdagina bu modeldan kompyuter yoki chop etish uchun foydalanish mumkin.
LAB rang modeli.
СМYК, RGB va НSB modellarining yaxshi hususiyatlari mujassamlashgan yangi model. LAB modeli ranglarni a’lo darajada tasvirlanishini ekranda namoyishi uchun mos bo‘lganidek, 4 xil rangli tiniq bo‘yoqlar orkali chop etish uchun mosdir. Bu model o‘zgacha hususiyatlarga ega bo‘lgani bilan dizaynerlar eski odatlarini tashlamaganlari uchun bu modelni kam foydalanishadi. Bu model nazariy jihatdan monitorga bog‘liq bo‘lmagan ravishda tasvirning sifatli bo‘lishini ta’minlaydi. Model yorqinligida yashil va qizil, ko‘k va sariq ranglar intensivliklarining o‘zaro nisbati xaqidagi ma’lumotlar saqlanadi.
Kul rang tuslar (Grayscale).
Oq-qora chop etish tartibi bo‘yicha rangliga qaraganda past qiymatda bo‘ladi va bu bilan rangni taqsimlanish zarurati ham yo‘qoladi: chop etish uchun 1 ta klishe yetarli, fayl o‘lchami kichiklashadi. Bu modelda odatda kul rang tonini 256 gradasiyasi va 1 ta rangli kanal ishlatiladi (qora rang). Kichik o‘lchamli fayllar ba’zida (juda kam hollarda) Internetdagi yarimtonli tasvirlardan foydalanganimizda xizmat qiladi, bu holda tasvirni RGB ga keltirishimiz kerak. Oq-qora variantning tuslarsiz namoyishi ham bo‘lishi mumkin [7].
Palitralar.
Aniq bir grafik tasvir uchun foydalanadigan biror bir rang modeli asosida tashkil qilingan ranglar to‘plami palitra deyiladi. Palitrada rang qancha kam bo‘lsa, shuncha kam tasvir fayli bo‘ladi. Mustaqil ravishda palitrani yaratish mumkin.
Palitra nima uchun kerak? Grafikli faylda har bir piksel uchun rang qiymatini berishga to‘g‘ri keladi. Grafikli faylning tanasida tasvirning barcha piksellari tasnifi RGB modelini tashkil qiluvchilari qiymati orqali berishili, faylning hajmini uzluksiz oshib ketishiga olib kelishi mumkin, grafika esa shundoq ham qattiq diskda katta joy egallaydi. Kerakli ma’lumot o‘lchamini kamaytirish uchun foydalanadigan ranglar sonini kamaytirish (ixtiyoriy rang bo‘lishi mumkin) rang qiymati bilan emas, balki uning aniq kod nomeri bilan saqlash va uni RGB grafik muharrirni qayta ishlatishda yoki dastur ko‘rinishida sanab o‘tilishi kerak. Masalan agar palitra o‘lchami 1 bit bo‘lsa, (faqat oq-qora rang) u holda tasvirning har bir pikseli 1 bit joyni egallaydi (1 yoki 0 qiymat qabul qiladi). 16 bitli palitra bilan tasvir rangli bo‘ladi, lekin bo‘yoqlarni yaxshi bo‘lgani ma’qul. Kerakli sifatdagi rangli uzatish ta’minlanadi, qachonki har bir piksel uchun palitrada 16 mln. rang tartibini beruvchi 24 bit yuritilsa (bu rejim True color deb nomlanadi). Bunda rang odatda 3 ta raqam ketma-ketligi ko‘rinishida yoziladi (16 lik sanoq sistemasida): masalan, #FFFFFF – oq rang, #000000 - qora, #FF0000 - qizil, #00FF00 – yashil, #0000FF – ko‘k, #FFFF00 – sariq, ko‘k-moviyrang esa - #ЗЗ66СС.
Do'stlaringiz bilan baham: |