Компьютер графикаси



Download 15,78 Mb.
bet17/128
Sana14.07.2022
Hajmi15,78 Mb.
#795608
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   128
Bog'liq
1 O\'quv qo\'llanma Kompyuter grafikasi (1) (2)

1.2. Grafik dizayn




Grafik dizaynga kirish.
Bu bo‘limda biz dizayn haqida to‘htalamiz. Dizaynda chiza olish qobiliyati yoki kombinasiyalar tashkillashtirish emas – buning uchun mahorat va did yetarlidir. Birorta grafik paketlarda ishlash tavsifiga to‘htalib o‘tmaymiz. Shunday holatlarni kuzatish mumkinki, ko‘pchilik Photoshop yoki CorelDRAW dasturini o‘rganib o‘zlarini dizayner deb atashadi. Dizaynga fan sifatida qarab o‘rganamiz. Bu bo‘limni o‘qib siz dizayner bo‘lib qo‘lmaysiz. Lekin biz sizni dizaynning asosiy mohiyatini tushunib yetishingizga umid qilamiz: agar nimadir yaxshi qilinsa, u obyektiv sabablarga ko‘ra yaxshi qilingan, va yana ish yaratuvchi nima tufayli bunga keldi – o‘zining qobiliyati evazigami yoki nazariy bilimlarigami degan savollar tug‘iladi.
Biz ta’lim oluvchini shuni tushunishini xohlaymizki, badiiy talantga ega bo‘lmasdan dizayner bo‘lish mumkin. Lekin buning uchun “nima yaxshi yoki nima yomon” qoidasini tushunish kerak.
Biz o‘lcham, shakl, rang teksturasi, ko‘chirish va shrift kabi tushunchalar haqida gaplashamiz. Kompozitsiya savollariga ham to‘htalib o‘tamiz. Tanlov va ayniqsa tanlovni bekor qilish nimaga tayanishini shakllantirib ko‘ramiz. Sizga ma’lumki, ko‘pincha variantlar kam bo‘lmaydi, ammo ulardan bittasigina omadli. Biz yosh dizaynerlarning asosiy xatolari va ko‘pgina katta kadrlarning xatoliklarini yoritishga harakat qilamiz.
Lekin bu dizaynga oddiygina bir qarash xolos. Agar sizga bu qiziq tuyulsa, dizaynerning eng asosiy “qanday qilib chiroyli qilinadi?” degan savoliga javob beruvchi bundan ko‘ra qiziqroq kitoblar kam emas va ularni ushbu adabiyotlardan [5, 10, 16, 17, 20, 22] hamda internet manbalardan topib o’qishingiz mumkin.


O‘lcham.
O‘lcham nima, bu bizga qandaydir darajada tushunarli, biz bu haqda maktab davrida geometriya darsidan nimalarnidir bilamiz. Lekin inson qabul qilishi bo‘yicha o‘lcham aniq matematik ifoda tushunchasi hisoblanmaydi.
Masalan biz evkaliptani balandligini 100 metrga yaqin deb olsak, u bizga kamlik qiladi. Lekin buni biz 30 qavatli uy balanligida teng desak, uni qanday daraxtligini tasavvur qilamiz.
Shunday qilib o‘lcham – nisbiy tushunchadir. Biz 20 sm, 3 m, 5 km deb emas, balki “Miniatyur”, “o‘rta”, “katta”, “juda katta”, “ulkan” deb qabul qilamiz. Hammasi inson sezgisiga asoslangan, inson idroki esa juda moslashuvchan. Katta va kichik tushunchalar broshkada miniatyura ko‘rganimizda boshqacha, ulkan suratni ko‘rganimizda boshqacha tasavvurga ega bo‘lamiz.
Ish tarkibida aniq bir obyekt o‘lchamini tanlaganimizda, butun kompozisiyada nima asosiy g‘oyani berishi haqida o‘ylashimiz kerak (umuman, zamonaviy dizaynning asosiy masalasi – bu foydalanuvchiga ma’lumotni yoki emotsiyani maksimal effektiv qilib yetkazishdir) shuning uchun, uyali telefon reklamasida uyali telefonni alohida ajratish kerak deb aytamiz.
Eslatma. Kompozisiyadagi obyekt o‘lchami bilan bo‘lganiga emas, balki aksinchasiga ham e'tibor qaratish mumkin: yirik detallar bilan kuchli qarama-qarshilikda bo‘lmagan detalga tomoshabin e'tiborini qaratish mumkin. Bu holda aynan shu narsa asosiy ma’lumotni beradi deb boshqalari esa fon uchun qabul qilinadi. Bu effekt 1.3- rasmda ko‘rsatilgan raqamlar bilan 1 ta raqamga tomoshabin e'tiborini qaratdik.

1.3-rasm. Kompozisiyada obyektni faqat katta hajmi bilan emas balki aksincha.

Shu sababli bitta kompozisiyani yaxshi ishlovchi obyekt boshqa kompozisiyada o‘lchovlarni kelishtirmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tmasligi mumkin. Ushbu ishni bajarishda faqat ko‘zga emas balki shakl, tekstura va ranglarning o‘lchovga ta’sir etishini bilish kerak.





Download 15,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish