Keng tarqalgan grafik muharrirlarining sharhi.
Grafika bilan ishlovchi dasturlarning turli-tumanligini ko‘rganda yosh dizayner o‘zini yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Kerakli masalalarni yechish uchun ideal mos keluvchi, hamda maksimal qulay va foydali ishni sizga ta’minlovchi dastur qanday qilib tanlanadi? Biz bilamizki, dasturni to‘g‘ri tanlash dizaynerning oldida turgan masala atrofida aniqlanadi: chop etish uchun tasvir tayyorlash kerakmi yoki biz shriftlarni chizamizmi yoki web-sahifa yaratmoqchimimiz yoki hammasi birgalikda qilmoqchimimiz, qolgani endi o‘zimizni xoxishimiz bo‘yicha bo‘ladi.
Microsoft Paint. Minimum imkoniyatga ega sodda grafik muharrir bo‘lib, Windows operatsion tizimi bilan o‘rnatiladi, jiddiy masalalarni yechishda qo‘llanilmasa ham har holda eslab o‘tishimizga loyiqdir. Unda web-sahifa uchun rasm tayyorlanadi va GIF ga o‘tkazilganda ajoyib rasm hosil bo‘ladi. Shuning uchun sodda grafik muharrirlardan o‘z o‘rnida foydalanish kerak.
Microsoft Photo Editor – bu muharrir asosan fotografiyalar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan. Ko‘pincha Microsoft Office paketi bilan joylashtiriladi, shuning uchun ham keng tarqalgan.
Microsoft Image Composer – Microsoft firmasining grafikani qayta ishlovchi bir muncha rivojlangan dasturlaridan biri. Ishlab chiqaruvchilar fikriga ko‘ra Internet uchun grafika tayyorlashda Adobe Photoshop muharririga raqobatdosh deb hisoblanadi. Microsoft maxsulotining asosiy xususiyati shundaki, uning interfeysi sodda va qulay. Bu muharrir diskda kam joy egallaydi va juda tez o‘rnatiladi. Lekin poligrafiyada foydalanadigan tasvirlar uchun asqotmaydi. Microsoft Gif Animator animatsiya grafika muharriri va web-sahifa yaratish uchun mo‘ljallangan dastur Microsoft Front Page bilan birgalikda qo‘yiladi. Bu dasturlarning o‘ziga xos jihati, agar oldin web-saytning sahifalarida soatlab o‘tirilgan bo‘lsa, xozir esa ular sanoqli daqiqalarda qilinadi.
Adobe Photoshop – eng mashhur va rastr grafikada eng zamonaviy professional muharrirdir. Uning sohasi – bu skaner qilingan fotosuratlarning tayyor tasvirlarni qayta ishlashdir. So‘nggi versiyalarida Web-grafika bilan ishlovchi komponentlar qo‘shilgan. U Adobe firmasining boshqa dasturlari bilan birgalikda eng talabchan so‘rovlarni qoniqtira oladigan dizeynerlik dasturlarining integrallangan paketini tashkil qila oladi.
Macromedia, Adobe Flash – vektor animasion grafikaning muharriri. Internetga joylashtiriladigan kichik o‘lchamli animatsion filmlarni tayyorlash imkonini beradi.
CorelDRAW – professional grafik muharrirlari ichida e’tirof etilgan yetakchidir. Agar siz vektor muharrirlari bilan jiddiy shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz CorelDRAWni tanlashni tavsiya etamiz. Mutaxassislik mavqeingizni ko‘taradi. Muharrir rastr va vektor grafikani yaratish va qayta ishlash, Web-dizayn, verstka, rangni taqsimlash, yangi shriftlarni ishlab chiqish, shtrix-kodlarni kiritish masalalarini a’lo darajada bajaradi. Poligrafiya uchun eng yaxshi dastur xisoblanadi. Qo‘shimcha dasturlar, u bilan birga tarqatiladigan, animatsion vektor grafikasi bilan ishlashni ta’minlaydi. Bu muharrir ko‘p sahifali xujjatlarni qo‘llab quvvatlaydi. Ammo yuqori quvvatlilik natijasi kompyuterning resurslariga talabchanlik hisoblanadi.
Shunday qilib, hozirgi vaqtda eng yaxshi grafik muharrirlar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin [18]:
Vektor grafikaning muharriri – CorelDRAW.
Animatsion vektor grafikaning muharriri – Macromedia, Adobe Flash.
Web-sahifa muharriri – Microsoft FrontPage.
Rastr grafika muharriri – Adobe Photoshop.
Yuqorida sanab o‘tilganlarning har biri kompyuter grafikasining biror bir sohasida yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Lekin bu firmalarning har biri raqobatchilar bilan kurashish quroli sifatida grafik muharrirlarni ham chiqardi. Bu yerda tarafdorlar qandaydir mahsulotning oldingilaridan ham foydalanishlari hisobga olingan. Barcha firmalar rastr, vektor, animatsion grafika dizaynerlik muharrirlarining va web-sahifalarni ishlab chiquvchi vositalarining to‘liq jamlanmasini taklif qilishi mumkin. Microsoft interfeysning qulaylik darajasi bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, web-sayt yaratish uchun FrontPage dasturi eng yaxshi vosita bo‘ladi. Uning soddaligi, qulayligi, kirishimliligi, ofis ilovalari bilan moslashuvchanligi shu bilan qatiylashmoqdaki, ayni vaqtda Microsoft Internet Explorer eng keng tarqalgan brauzer mavqeini egallab bormoqda.
CorelDRAW redaktorining interfeysi Bat uchun sodda va tushunarli bo‘ladi, ingliz tilida yo‘l yo‘riqlar va to‘liq ma’lumot tizimi berib o‘tilgan. CorelDRAW muharririning murakkabligi uning imkoniyatlari ko‘pligidandir.
Adobe mahsuloti tushunarli yo‘l yo‘riqlarning deyarli yo‘qligi va to‘liq bo‘lmagan ma’lumotnomasi bilan ajralib turadi, lokal versiyasi esa, afsuski, odatda kechikib paydo bo‘ladi. Bundan tashqari Internetda ruslashtirish uchun dasturlar to‘plamini topasiz, ularning yaratuvchilarini qonuniy harakatlarini chetga sursak ham, ularning sifatini yaxshiligi qoldiriladi. Bu firmaning mahsulotlarida, masalan CorelDRAW foydalanuvchilariga mumkin bo‘lgan ba’zi bir zo‘r effektlar yo‘q, lekin hisoblovchi resurslar kichik hajmni talab qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, Page Maker mashhur tizim verstkasi xuddi shu firmada ishlab chiqariladi.
Adobe firmasi oddiy deb nomlash mumkin bo‘lgan muharrirlarni ishlab chiqaradi, ingliz tilida yo‘l-yo‘riqlarlar va tushunarli ma’lumotnoma berib o‘tilgan. Adobe Flash animatsion grafikasi muharriri raqobatchilaridan kuchliroqdir. Uning murakkabligi imkoniyatlari ko‘pligidan kelib chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |