3-shart. Kim chaqqon? Bu shartda har bir guruhga 10 tadan test savollari beriladi, birinchi bo’lib olib kelgan guruhga rag’bat beriladi. 4-shart. Bu moddani bilasizmi? Bunda har bir guruhdan o’quvchilar chiqib, moddalar nomi yozilgan tarqatmadan tanlab olib, ular haqida quyidagi reja asosida ma’lumot beradi. Nomi, struktura tuzilishi, qaysi sinfga kirishi, turmushda qo’llanishiga qarab nomlanishi xossalari, ishlatilishi 5-shart. Sxemani amalga oshiring. Bu shartda guruhlarga anorganik moddalar sinflari orasidagi genetik bog’lanishga oid sxemalar amalga oshirish taklif etiladi. Birinchi ishlab kelgan guruhga rag’bat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |