Birinchi bob bo’yicha xulosalar
Grafik faoliyatda tasvir va tavsifning monandligini ta’minlash omillari va
manbalari sifatida ko‘plab turdagi axborotlar ularning o‘ziga xos xususiyatlari
o’rganildi va ochib berildi. Umumta’lim maktablari o‘qituvchilarini tayyorlashda
grafik axborotlarning sifat xususiyatlari: grafik axborotlarning ob’ektivligi, grafik
axborotlarning
ishonchliligi,
grafik
axborotlarning
to‘liqligi,
grafik
axborotlarning aniqligi, bo‘lg‘usi mutaxassisning savodxonlik sifati ijtimoiy va
kasbiy vazifalarini bajarishga yo‘naltirilgan bilimlari va shakllangan shaxsiy
sifatlari yoritildi va shu kabi kabi masalalar ko’tarildi. “Grafik madaniyat” “grafik
savodxonlik” tushunchasiga baho beridi.
Chizmani o‘qish va chizishda yo‘l qo‘yiladigan formalizmning oldini olish,
grafik tasvirlash bilan so’z ifodasi yoki uning yozma shakldagi tavsifi hamda uni
ifoda qiluvchi so’z fanniy-texnikaviy tushunchalarni to’g’ri qo’llash masalasi
xususida fikr yuritildi.
33
Shunga ko‘ra buyum yoki inshoot chizmalari, mavjud manbalar asosida yoki
ijod qilish jarayonida loyihalash yo‘li bilan tayyorlanishi, bu esa har bir sohada
uning spetsifik xususiyatiga ko‘ra texnik tayyorgarlikni, fazoviy tasavvur qilishni
va murakkab grafik echimlarni bilish bilan turli detal, buyum, mashina va shunga
o‘xshashlarni to‘g‘ri burchakli va aksonometrik proeksiyalarda tasvirlash
usullarini, ya’ni chizmalarni tasvirlashni –chizishni o‘rganish va chizmalar
asosida ularni tasavvur qilish, ya’ni chizmalarni o‘qish mahoratini egallash
mumkinligi ochib berildi.
Bu bilan fazoviy shakllarning tasvirini tekislikda yasash metodlari, fazoviy
tasavvurni oshirish, ESKD ning Davlat standartlarini hisobga olish, chizmalarni
aynan shu standartlarga muvofiq tarzda bajarish va rasmiylashtirish zarurligi
ta’kidlandi.
Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini
shakllantirishda chizmani o‘qish va tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat turlarida
asosiy e’tibor talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va uni
rivojlantirish masalasi, pedagogika oliy o‘quv yurtlarida bo‘lajak pedagoglarni
tayyorlashda talabalarni pedagogik faoliyatga yo‘naltirgan holda ularni
umumkasbiy va mutaxassisslik fanlarida qo‘llaniladigan o‘qitish mazmuni,
shakllari va metodlari xususida gap turitildi.
Ilmiy texnika taraqqiyotining hozirgi zamon talablariga mos keladigan
shaxsni kamol toptirish, ularda grafik savodxonlikni va ijodkorlikni tarbiyalash
hamda yaxshilash, o‘quvchilardagi asosiy grafik bilimlar va malakalarni
shakllantirish yollari ko’rsatildi.
Bo‘lajak
chizmachilik
o‘qituvchilarining
kasbiy
kompetentligini
shakllantirishda grafik tasvir va tavsif monandligini ta’minlashning nazariy
masalalari, pedagogik va psixologik shart-sharoitlari haqida xulosalar chiqarildi.
O’quvchilarning
chizmachilik
fanini
o’zlashtirishning
sifat
va
samaradorligiga erishish yo’llari haqida metodik tavsiyalar berildi. Bu borada,
gemetrik jismlar va ularning hosil bo‘lishi, geometrik jismlarni ularning fazoviy
holatlarini hisobga olgan holda tavsiflash, geometrik model va detallarning
34
pozitsion holatini yozma yoki og‘zaki tavsiflashda ularning asosiy tayanch
manbalari va tushunchalari, texnik detallarni ularning yozma tavsifiga asosan
chizmalarini bajarish usullari, ularning shaklini va holatini yozma yoki og‘zaki
tavsiflashda tasavvurning tarkibi va o‘rni aniqlandi va belgilab berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |