3.Qadimgi Misrning g'arbdagi chegaradoshini aniqlang.
A.Suriya B.Liviya C.Falastin D.Mesopotamiya
4.Yangi Misr podsholigiga asos solgan hukmdorni aniqlang.
A.Yaxmos B.Tutmos III C.Tutanxamon D.Menes
5.Qadimgi Misrning janubdagi chegaradoshi ... bo'lgan.
A.Liviya B.Nubiya C.Suriya D.Mesopotamiya
6. Fiva shahri qaysi Misr podsholigining poytaxti bo'lgan?
A.Ilk Misr podsholigining B.Yangi Misr podsholigining
C.O'rta Misr podsholigining D. Qadimgi Misr podsholigining
7.Yaxmosning taxtga kelishi Qadimgi Misrda qaysi podsholikning boshlanishi bilan bog'liq?
A.Qadimgi podsholik B.Yangi podsholik C.O'rta podsholik D.So'nggi podsholik
8.Misrga Nubiyadan qanday buyumlar keltirilgan?
A.oltin va mis tabgalar B.qatron, oltin, nodir navli yog'ochlar
C.oltin, mis tangalar, kumush taqinchoqlar D.qatron, oltin, kumush, nodir navli yog'ochlar
9.Qadimda Misr quyidagi qaysi 4 davlat bilan chegaradosh bo'lgan?
1) Nubiya;2)Mesopotomiya 3)Iroq 4) Suriya; 5) Yunoniston;-6) Liviya;7)Midiya;8) Falastin;
A.1. 4, 6, 7 B.2, 3, 4, 6 C. 1.4, 6, 8 D. 1, 6, 7, 8
III.Yangi mavzu bayoni: “Kichik ma`ruza”
Misr aholisi uchun din kundalik turmushning ajralmas bir bo’lagi hisoblangan. Qadimgi misrliklar xudolar hayvonlar siymosiga o’tib olib, mushuk, qo’y, ho’kiz, arslon, sigir shaklida odamlar orasida yashaydi deb hisoblashgan. Misrliklar xudolarning bir qancha joni mavjud: ulardan biri hayvon tanasida, boshqasi esa hayvon haykalida yashaydi deb bilishardi. Misrliklar xonadonidagi mehrobda xudolarning haykalchalari o’rnatilgan. Kohinlar ibodatxona ruhoniylari, ular xudolarni dindorlar in’om tariqasida keltirgan narsalar bilan boqishadi, deb hisoblashgan. Qadimgi Misr podsholigining poytaxti Memfisda o’z xudosi - Ptax bo’lgan, Ptax esa, misrliklar e’tiqodicha, Olamni yaratayotganida har bir narsaning nomini odamga o’rgatgan. Xudo shunchalik qudratliki, uni asl qiyofasida ko’rishning iloji yo’q. Shuning uchun ham Ptax degan xudoning Yer yuzidagi qiyofasi Apis bo’lib, u peshanasi va belida oq qashqasi bo’lgan qora ho’kiz timsolida tasavvur etilgan. Misrliklar o’z xudolariga butunlay ishonishar, har bir ishni bajarishga kirishishdan avval ulardan maslahat, madad yoki rozilik so’rashar edi. Quyosh xudosi Amon-Ra degan iloh esa fir’avnlarning bosh ilohi va homiysi hisoblangan. Dastavval ikkita xudo bo’lgan: Fiva shahri homiysi Amon va Quyosh xudosi Ra, so’ngra ikkalasi yagona xudoga birlashgan. Geliopolda misrliklarning eng asosiy xudosi bo’lmish Quyosh xudosi Raning ibodatxonasi joylashgan. Fir’avnlar Quyosh xudosi o’g’illaridir, hukmdorlar hamma ishni o’zining samoviy otasi amri bilan amalga oshiradi, degan qarash mavjud edi. Xapi - Nil xudosi- Misrdagi hayotning birlamchi manbayi va posboni, Osiris - yerosti saltanati xudosi hisoblangan. Rivoyatda aytilishicha, Osiris Misrning ilk podsholaridan biri bo’lib, o’z xalqini dehqonchilikka o’rgatgan ekan. Birodari Set esa Osirisni o’ldiradi. Ammo Osirisning singlisi Isida uni mumiyolagan va qayta tiriltirgan ekan. O’shandan boshlab jon qaytib keladigan joy bo’lishi uchun barcha marhumlar mumiyolanadi. Osiris ibodatxonasi xarobalari Abidos shahrida hozirgacha saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |