Kompetensiyalar



Download 1,72 Mb.
bet147/177
Sana01.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#624814
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   177
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2)

III.Yangi mavzu bayoni:
Milodiy XVI asrga qadar Sharq bilan G’arb xalqlari o’rtasidagi tarixiy-madaniy va savdo munosabatlari taraqqiyotida qadimgi dunyoda mashhur bo’lgan Buyuk Ipak yo’li muhim o’rin tutgan edi. Bu yo’l miloddan avvalgi II asrda vujudga kelganva “Buyuk meridian yo’l” deb atalgan. Bu yo’lga “Ipak yo’li” degan nom 1877-yil nemis geografi F.Rixtgofen tomonidan berilgan.
Buyuk Ipak yo’li tashkil topmasdan avval O’rta Osiyo va Qadimgi Sharq hududida savdo va madaniy ayirboshlash uchun turli-tuman yo’llar mavjud bo’lgan.
Eng qadimgi yo’llardan biri miloddan avvalgi 3-2 ming yillikda vujudga kelgan “La’l yo’li” dir. U Pomir tog’laridan boshlanib Eron, old Osiyo va Misr orqali o’tgan. Pomirdan olinadigan yarim nodir la’l toshi (lojuvard) Qadimgi Sharq mamlakatlari zargarlari tomonidan yuksak baholangan. Badaxshon la’liishlatilgan buyumlar Misr fir’avnlari maqbaralaridan ham topilgan.
Boshqa bir karvon yo’li Eron ahamoniylari sulolasining yo’li bo’lib ”Shoh yo’li” deb atalgan. U miloddan avvalgi VI-IV asrlarda O’rtayer dengizi bo’yidagi efes shahrini qadimgi Fors davlatlari poytaxtlari – Suza va Persepol bilan bog’lab turgan. Yana bir yo’l Eron, Baqtriya orqali So’g’diyona, Toshkent vohasi va Qozog’iston hududidan o’tib Oltoygacha borgan.
Buyuk Ipak yo’li 12 ming kilometrgacha uzunlikda bo’lgan. U Sariq dengiz sohilidan boshlanib, Sharqiy Turkiston, O’rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O’rtayer dengizi sohillarigacha borgan.
Bu yo’lda Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv va boshqa bir qancha qadimiy shaharlar joylashgan.
So’g’diyonadan Xitoyga jun gazlama, gilam, zeb-ziynat buyumlari va qimmatbaho toshlar olib borilgan; Baqtriyadan tuyalar, Farg’onadan zotli otlar, Badaxshondan la’l, Hindistondan O’rta Osiyo viloyatlariga ip-gazlama va paxta chigiti ortilgan karvonlar kelgan; Xitoydan guruch keltirilgan; O’rta Osiyo viloyatlaridan Xitoyga uzum, yong’oq, anor va boshqa dehqonchilik mahsulotlari tashilgan.
Miloddan avvalgi 138-yili Xitoy imperatori U-Di elchi Chjan Syanni ko’chmanchi xun qabilalariga qarshi kurashda ittifoqchi va hamkorlar toppish uchun jo’natadi. Xunnlar Xitoyning shimoliy tumanlarini talon-taroj qilar edilar. Elchi xunnlar qo’liga asir tushadi va o’n yilcha xibsda yotadi. U asirlikdan qochib, markaziy Tyan-Shan dovonlari orqali Issiqko’lga chiqadi. Norin daryosi bo’ylab Farg’ona vodiysiga keladi. Bu yerda o’zi uchin vodiydagi shaharlarni kashf qiladi. Bu shaharlar Farg’ona davlatiga qarashli ekanini bilib oladi. Tabiiyki, elchi Xitoyning xunnlarga qarshi kurashida Farg’ona hukmdoridan yordam so’raydi. Lekin Farg’ona hukmdori faqat savdo-sotiq aloqalari o’rnatish istagini bildiradi. Chjan Syan janub sari sayohatini davom ettiradi. Oloy vodiysidan o’tib, yana xunnlar qo’liga tushib qoladi va bir yildan keyin vataniga qaytadi. Elchi Xitoy imperatoriga ko’rgan-bilganlarini so’zlab beradi. U Xitoyga Farg’ona otlaridan birini va beda urug’idan olib kelgan edi. Bu otni xitoyliklar “samoviy” deb ataganlar. Imperator U-Di o’z sariyi yaqinida beda ektiradi. Keyinchalik u Xitoyning butun shimoli bo’ylab ekiladigan bo’ladi. Xitoyliklar anor, uzum bodring va yong’oq ekishni ham yo’lga qo’yadilar.
Chjan Syan yurgan yo’l bo’ylab miloddan avvalgi II-I asrlarda Xitoy mamlakatini Markaziy va G’arbiy Osiyo bilan bog’lovchi jahon ahamiyatiga ega Buyuk Ipak yo’li deb ataluvchi karvon yo’li o’tadigan bo’ldi. Farg’ona vodiysida Buyuk Ipak yo’li ikki tarmoqqa bo’lingan. Birinchisi O’zgan, Axsi shahri, Qamchiq dovoni orqali (yozda) Eloq vohasi va Toshkentga kelgan. Ikkinchisi janubiy tarmoq bo’lib, O’zgandan O’sh, Quva, Marg’ilon, Qo’qon orqali Xo’jand, Samarqand, Buxoro orqali o’tgan.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish