Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish,sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II.Uy vazifasini tekshirish: O’tgan mavzu jadvalli test asosida so’raladi:
xunnlar
Romul
Feodosiy
vandallar
Attila
Konstantin
Alarix
varvar
Trayan
Konstantinopol
1.Uning vafotidan keyin imperiya ikkiga bo’lindi.
+
2.Uning davrida imperiya poytaxti Vizantiya bo’lgan
+
3.U 410-yil Rimga hujum qildi
+
4.Yunonlar o’zlari uchun tushunarsiz tilda gaplashganlarni shunday nomlaganlar
+
5. U Vizantiyadagi eski binolarni buzdirgan
+
6. Tunda bu sarkardaga qullar Rim darvozasini ochib berishgan
+
7.Rimliklar nazarida madaniy taraqqiyotda past pog’onada bo’lgan xalq
+
8.So’nggi Rim imperatori
+
9.So’nggi imperator toji yuborilgan joy
+
10. 455-yil Rimga bostirib kirgan qabila
+
11.452-yil Rimga bostirib kirgan sarkarda
+
12.Attilaning qabilasi
+
13. 395-yil vafot etgan imperator
+
14. Bosqinchilik urushlarini olib borgan imperator
+
15. 452-yil Rimga bostirib kirgan qabila
+
16. Vizantiyaning keyingi nomi
+
III.Yangi mavzu bayoni: Milodiy I asrga kelib rimliklar turmushida keskin o’zgarishlar ro’y berdi. Rimlik zodagonlar bo’lmish patritsiylar bir qavatli oddiy uylarda yashardilar, xo’jalikda qullar ham unchalik ko’p emasdi. Badavlat kishilar yashaydigan tepaliklar bag’rida tomoshabog’lar va chorbog’lar ko’p, havo esa tep-tekis joylardagiga qaraganda sog’lomroq va tozaroq bo’lgan. Imperatorning yaqin kishilari muhtasham koshonalarga egalik qilar edilar.
Badavlat bo’lmagan rimliklar tepaliklar o’rtasidagi tekis joylarda yashar edilar. Bu yerlarda ko’chalar tor va iflos bo’lgan: axlatni ham to’g’ri ko’chaga tashlashgan. Ustiga-ustak Rim aholisi soni ham muntazam ortib bordi, chunki Italiyaning to’rt tomonidan xonavayron bo’lgan dehqonlar poytaxtga ko’chib kelardilar. Ishi yurishgan kishi bir burchakni yoki xonani ijaraga olardi, sayoqlar va gadoylar zinapoyalar tagida, zax va nimqorong’i yerto’lalarda yoki ochiqdan ochiq shahar ko’chalarida tunar edilar.
Rimlik imperatorlar poytaxt aholisi uchun "termalar" deb atalgan ko’rkam hammomlar qurdirgan edilar (yunoncha "issiq" so’zidan, "termos" so’zi ham shundan kelib chiqqan). Arzimas to’lov evaziga har bir rimlik termlarga tushish imkoniyatiga ega bo’lgan. Bu yerda suzish uchun basseynlar, boks, kurash, qilichbozlik koptok o’yini bilan shug’ullanish imkoniyati bo’lgan sport zallari mavjud edi. Termlar qoshida ta’lim olish va fanlar bilan shug’ullanish uchun kutubxona ham bo’lgan.
Madaniyatning asosiy belgisi bo’lgan ta’lim Rimda o’ziga xos edi. Bolalarning maktabda ta’lim olishi ota-onalarning tahsil uchun haq to’lash imkoniyatlariga bog’liq bo’lgan. Kambag’al rimliklarning farzandlari xo’jalik ishlarida ota onalariga yordam berganliklari sababli maktabda o’qimas edilar. Badavlat xonadon farzandlari esa 6 yoshdaпmaktabga qatnar edilar. Yozuvni o’rganayotgan bolalar stil degan metall tayoqcha bilan harflarni mum qoplangan taxtachalarga qitirlatib, o’yib yozardilar.
O’qish, yozish va hisoblashni o’rganganidan keyin ko’pchilik ta’lim olishni yakunlar edi. Ayrimlar grammatikada(o’rta maktabda) tahsilni davom ettirgan. Tarix, geografiya, geometriya, musiqa va astronomiya o’qitilardi. Yunon tilini o’rganishga alohida e’tibor qaratilgan, chunki fanning turli tarmoqlariga oid kitoblarning aksariyati yunon tilida yozilgan edi. Siyosiy arbob bo’lishni istagan har bir kishi notiqlik va ritorikani- chiroyli so’zlasni o’zlashtirgan.
Rim imperiyasida qurilish ishlari ayniqsa taraqqiy etgandi. Amfiteatrlar, sirklar, teatrlar, ibodatxonalar, saroylar, triumfal arklar va ko’p qavatli uylar barpo etildi. Shaharni baland devorlar o’rab turardi.
Rim me’morchiligi yunon me’morchiligidan imoratlar rang barangligi va muhtashamligi bilan farqlangan. Milodiy I asrda Rim eng yirik va aholisi ko’p shahar edi. O’sha kezlarda hatto shunday bir maqol to’qilgandi: "Barcha yo’llar Rimga boradi". Minglab qullar o’rmonlar, tog’lar va botqoqlar orqali yo’llar o’tkazdilar. Yo’llar bilan bir qatorda Rim vodoprovod – suv quvurlari qoldiqlari ham hozirga qadar saqlanib qolgan. Vodoprovodlar nishablik asosida qurilgan bo’lib, tog’dagi buloqlardan suvning o’zi oqib kelar edi. Vodoprovod quvurlarini jarlar, daralar va vodiylardan o’tkazish uchun akveduklar - yuqori qismidan anhorlar o’tkazilgan ko’priklar qurilgan.
Ulkan ko’priklarni butunlay toshdan qurish qimmatga tushar va uzoq davom etar edi. Rimliklar yangi qurilish materiali bo’lmish betonni ixtiro qilishadi. Quruvchilar g’ishtdan ikkita ingichka devor tiklashgan, ular o’rtasidagi bo’shliqni esa beton bilan to’ldirishgan" Qotganidan keyin u toshdan ham mustahkam bo’lib qolgan. Beton ishlatilishi rimliklarga tez va pishiq inshootlar qurishga imkon berdi.
O’n minglab tomoshabinlarni sig’diradigan Amfiteatr Rimdagi eng katta inshoot bo’lgan. Bu yerda gladiatorlar olishuvi va harbiy kemalar jangi uyushtirilardi. Yer ostida chuqur bir joyda sahnani suvga to’ldirish imkonini beruvchi moslama qurilgan. Rimning eng katta amfiteatri bo’lmish Kolizey o’tmishdagi ulug’vorlik guvohi sifatida hozirgacha saqlangan.
Beton ixtiro etilganidan keyin shiftlar gumbaz shaklida ustunlarsiz quriladigan bo’ldi. Rimdagi Panteonshu taxlitda qurilgan (yunonchadan “barcha xudolar ibodatxonasi" ma’nosini anglatadi). Rim imperiyasida yashayotgan har bir kishi Panteonga kelib o’zi e’tiqod qo’ygan xudoga sig’inish imkoniga ega bo’lgan: misrlik - Osirisga, yunon - Zevsga, rimlik – Yupiterga ibodat qilar edi. Buyuk g’alabalarni nishonlash uchun muhtasham triumfal arkalar barpo etilgan.