9 – amaliy mash g’ulot
KOMPAS-3D dasturlarida yig‘ma chizmalarni tayyorlash va spetsifikatsiyalarni to‘ldirish
Ishdan maqsad: KOMPAS-3D dasturida yig‘ma chizmalarni tayyorlash va spetsifikatsiyalarni to‘ldirishni o‘rganish.
Ish hajmi: Amaliy mashg’ulot 2 soat auditoriya vaqtiga mo’ljallangan.
Umumiy ma’lumotlar
Spetsifikatsiyalar bir yig’ma birlik, kompleks va komplektlarning tarkibini aniqlovch hujjatdir.
Spetsifikatsiyaning formasi va uni to’ldirish tartibi GOST 2. 108-68 bilan belgilangan. Spetsifikatsiya alohida listda bajariladi. Spetsifikatsiyada yig’ma birlik, kompleks va kompleks tarkibiga kiruvchi qismlarni aniqlash va ularni tayyorlash, yig’ish va montaj qilishda zarur bo’lgan ma’lumotlar keltiriladi.
Chizmaning spetsifikatsiyasiga buyumnyng tarkibiy qismlari, shuningdek, mazkur buyumga va uning spetsifikatsiya qilinmagan tarkibiy qismlariga tegishli bo’lgan konstruktorlik hujjatlari kiritiladi.
Umumiy holdagi spetsifikatsiya - bo’limlaridan iborat bo’lib, ular quyidagi tartibda joylashtiriladi: Hujjatlar; komplekslar; yig’ma birliklar; detallar; standart detallar; boshqa detallar; materiallar; komplektlar. Har bir bo’lim spetsifikatsiyaning nomi degan ustunida sarlavha sifatida ko’rsatiladi va ostiga chizib qo’yiladi.
Ishni bajarish tartibi
Standartlar panelidagi Создать tugmasida sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali «Чертёж» tipidagi yangi xujjat tuzish bilan boshlanadi.
yig‘ma chizmalarni tayyorlash va spetsifikatsiyalarni yaratishning ikki usuli mavjud. Avtomatik rejimda
va Qo’l mehnati yordamida
Avtomatik rejimda to’ldirish buning uchun oldingi amaliy mashg’ulotdagi сборка bo’limida tayyorlangan yig’ma birligimiz misolida ko’rib chiqamiz.
файл – открыть bo’limi orqali oldingi darsda ishlangan yig’ma birligimizni ochamiz (1 a – rasm).
Создать чертеж по модели bo’limi orqali ushbu fazoviy yig’ma modelning yig’ma chizmasini hosil qilishda foydalanamiz (1 b – rasm).
Создать спецификацию по документу bo’limi orqali ushbu fazoviy yig’ma model uchun avtomatik tarzda spetsifikatsiya hosil qilishda foydalanamiz (1 c – rasm).
b)
Avtomatik tarzda hosil bo’lgan yig’ma chizmaga pozitsiya va o’lchamlar qo’yib qayta taxrirlanadi (2 a – rasm).
Avtomatik tarzda hosil bo’lgan spetsifikatsiya qayta taxrirlanadi (2 b – rasm)
2 – rasm
Avtomatik rejimda to’ldirish buning uchun oldingi amaliy mashg’ulotdagi сборка bo’limida tayyorlangan yig’ma birligimiz misolida ko’rib chiqamiz
Ekranda quyidagicha jadval paydo bo’ladi (1-rasm), jadvaldan chiqib ketish uchun esa hohlagan bir qator ustiga sichqonchaning chap tugmachasini ikki marta bosamiz.
Xulosa
Biz bu amaliy mashg’ulot darsida KOMPAS-3D dasturlarida yig‘ma chizmalarni
tayyorlash va spetsifikatsiyalarni to‘ldirishni o’rgandik. Bu amaliy mashg’ulot
qiziqarli bo’ldi. Kerakli xulosalarga ega bo’ldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |