Korxonaning raqobat pozitsiyasi kuchini baholash3. Qiymat, raqobat pozitsiyasini baholashga qo’shimcha ravishda kompaniyaning raqobat pozitsiyasi va raqobatchilik kuchini umumiy tahlil qilish xam talab qilinadi. U quyidagi savollarga javob berishi kerak:
- Korxonaning bugungi raqobat pozitsiyasi qanchalik kuchli?
- bugungi strategiyadan foydalanilganda raqobat pozitsiyasining qanday o’zgarishini kutish mumkin?
- Korxonaning qanday raqobat ustunliklari bor?
Korxonaning raqobat prozitsiyalarini baholash uchun muvaffaqiyatning asosiy omillari bo’yicha balli baholar shkalasidan foydalaniladi. Bunda Korxona va uning raqiblari bo’yicha ana shunday omillar solishtirib kuriladi (4.3-jadval).
Umumiy qoida: kompaniya o’zining raqobatdagi kuchli jixatlarini ko’paytirib borishi va o’zining raqobatchilikdagi zaif jixatlarini ximoya qilishi kerak. U o’z strategiyasida o’zining kuchli jixatlariga tayanishi va zaif jixatlarini mustahkamlashga oid chora-tadbirlarni kurishi lozim.
Ayni paytda raqiblarning kuchli jixatlari reytingi xujumning qaysi tomondan bo’lishini va aksincha, raqiblarning zaif tomoni qaerda ekanligini ko’rsatadi.
Agar aynan kompaniya raqobatda kuchli bo’lgan jixatlarda raqiblar zaif bo’lsa, ushbu vaziyatdan foydalanib qolish chora-tadbirlarini kurish lozim.
Amaldagi strategiya qay darajada samarali?
Strategiya qanchalik yaxshi amalga oshirilayotganini baholash uchun quyidagilar muxim:
kompaniyaning raqobatchilar orasidagi o’rnini aniqlash;
kompaniyaning ishlab chiqarish, marketing, moliya va kadrlar sohasidagi funktsional strategiyalarini baholash;
Kompaniya strategik va moliyaviy holatining ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat:
kompaniyaning bozordagi ulushi va tarmoqdagi o’rni;
foyda xajmi oshadimi, kamayadimi va u raqobatchilarning shunday ko’rsatkichlariga nisbatan qanday;
sarmoyalar sof foydasining o’zgarish tendentsiyasi;
kompaniyaning sotuvlari umumiy bozordagiga nisbatan tez o’syaptimi yoki sekin o’syaptimi;
kreditlar xajmi;
Korxonaning xaridorlar nazaridagi obro’si, uning imidji;
kompaniyaning texnologiya, innovatsiya, sifat va xaridorlarga xizmat ko’rsatishda yetakchiligi va xokazo.
Qullanilayotgan strategiyani baholash. Qullanilayotgan strategiyani baholash uchunkompaniya qanday strategiyaga amal qilayotganligni tushunib olish lozim - bu:
- arzon narx vositasi bilan peshqadamlik qilish;
- raqobatchilardan farq qilib turish;
- istemolchilarning tor guruxlariga yoki marketing bushliqlariga ixtisoslashish.
Tarmoqdagi raqobatli vaziyatning yana bir xarakteristiqasi vertikal integratsiyalanish darajasi va bozorning geografik kulamidir. Bu yerda ishlab chiqarish, marketing, moliya, ishchi kuchidan foydalanish sohalaridagi yordamchi strategiyalarni tahlil qilish lozim.
Bunga qo’shimcha ravishda kompaniya strategiyasining ayrim raqobatli ustunliklarni ta’minlash maqsadida raqobatli pozitsiyani yaxshilashga imkon beradigan sunggi amaliyotini tahlil qilib chiqish kerak.
Strategik faoliyatning eng aniq ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat:
- Korxona nazorat ostiga olgan bozor ulushining kattalashishi yoki kichrayishi;
- Korxona oladigan daromad xajmining o’sishi yoki usmayotganligi xhamda bu daromadning raqobatchilarga nisbatan qay darajada ekanligi;
- Korxonada sof foyda tendentsiyalari xamda investitsiyalarning qaytish tezligi qanday;
- Korxonada savdo xajmining bozordagi umumiy o’sishga nisbatan tez yoki sekin usayotganligi va xokazo.
Tabiiyki, eng yaxshi strategiya xech qanday radikal o’zgarishlarni talab qilmaydigan strategiyadir.