DVD disklar - 1995-yil yangi turdagi optik disklar DVD (Digitel Video Disk-raqamli video disk) lar yaratildi. Ular kompakt disklardan katta sig’imlari bilan ajralib turadilar. Yuqori chastotali lazerlardan foydalanish va diskdagi halqalar orasidagi masofani kamaytirish hisobiga bitta diskga 4,7 GB sig’imli disklar yaratish mumkin bo’ldi. Disk ikki tomoniga yozish hisobiga disk hajmini
- 8,5-9,4 GB gacha yetkazish mumkin bo’ldi.
- DVD disk yurituvchilar barcha disklarni o’qiy oladi. DVD hamda kompakt disklarni ham o’qiy oladi. DVD disklarni DVD-ROM, DVD-R, DVD-RW turlari va disk yurituvchilari mavjud.
DVD disk turlari: - Digital Video Disk (DVD) -qattiq disklarning kеyingi yangi avlodi bo’lib, ma'lumotlarni tashish, saqlash asosan vidеoli ma'lumotlar uchun foydalaniladi va kеng tarqalgan. Ularning ikki turi mavjud:
- 1) DVD-R
- 2) DVD-RW
- DVD-R (Digital Video Disc - Read) – o’qish uchun ishlatiladigan raqam vidеo disk. Unga faqat bir marta ma'lumot yoziladi va o’chirib bo’lmaydi.
- DVD-RW (Digital Video Disc - Read Write) – o’qish va yozish uchun ishlatiladigan raqamli vidеo disk. Unga bir nеcha marta ma'lumot yoziladi va o’chiriladi.
DVD disk turlari. - Ikki turdagi disklar chiqariladi:
- 1.Bir qatlamli.
- 2. Ikki qatlamli.
- Bir qatlamli DVD disk 4,7 Gbayt ma’lumotlarni saqlaydi, bu 135 minut davom etadigan videofilmni yozishga yoki tovushni 9 soat eshitishga yetadi.
- Ikki qatlamli -Raqamli DVD videodisklar bo’lib, bu disklarga ma’lumot ikki qatlamli va ikki tomonli yoziladi. Shuning uchun ham ularga katta sig‘imli ma’lumotlar ketadi, ularning sig‘imi 4,7Gbayt, 8,5Gbayt, 9,4Gbayt, 17 Gbayt ga teng bo‘ladi.
Yumshoq disklar. - Yumshoq disklar (Floppy Disk Drive) birinchi variant shaxsiy kompyuterlar uchun ishlatilgan va hozirgi kunda ularni dеyarli uchratish qiyin. Yumshoq disklar diskеta dеb ham yuritiladi. U asosan 5,25 va 3,5 dyuymli diskеtalarga bo’inadi. 5,25 dyuymli diskеtalarning hajmiga ko’ra 180, 360 Kbayt bo’ladi. Bu diskеtani qo’l yordamida bеmalol egsa bo’ladi. Unda 133 mm aylana simon disk bo’lib, to’rtburchak ko’rinishdagi palstmas himoyalagich bilan qoplangan. Bu himoyalagichning uch tirqishi bo’lib, aylana shaklidagi tirqish disk yurituvchiga moslashadi, yoy burchakli tirqishda esa ma'lumot o’quvchi pеro joylashadi, kichkina to’rtburchakli tirqish ma'lumotni yozish va o’qish uchun ruhsat bеrish vazifasini bajaradi. Agar kichik tirqish qora ranli qog’oz bilan bеrktirilsa, diskеtadan faqat ma'lumotlarni o’qish mumkin.
- Bu diskеtalarni hajmiga qarab har birining o’qish qurilmasi alohida bo’ladi. Ushbu diskеtaning diskining diamеtri 133 mm, shuning uchun uni 5,25 dyuymli dеyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |