1.2. Kompyuter grafikasida 2d va 3d dasturiy vositalar ahamiyati
Windows operasion sistemasi tarkibida sodda nuqtali (rastrli) grafika
tahrirlash dasturi mavjud, bu dastur nomi Paint. Paint dasturi murakkab bo'lmagan
tasvirlarni yaratish va ayrim hollarda tayyor rasmlarga ishlov berish imkonini
beradi. Mazkur dasturni ishga tushirish uchun quyidagilardan birini bajarish kerak:
- Pusk (Boshla) menyusidan Programmi (Dasturlar) bandini, keyin
Standartnie (Standart) dasturlar guruhidan "Paint" ni tanlash kerak.
- Pusk (Boshla) menyusidan Vipolnit (Bajar) bandini tanlab, hosil bo'lgan
buyruq satriga "pbrush" buyrug'ini kiritib, OK tugmasini yoki Enter tugmasini
bosish kerak. Natijada ekranda dastur oynasi hosil bo'ladi. Paint dasturi oynasi
quyidagilardan tashkil topgan:
- Dastur sarlavhasi va hujjat nomi;
- Bosh Menyu - barcha asosiy farmoish va amallarni o'ziga olgan;
- Chap tomonda uskunalar paneli - tahrirlash amalini bajaradigan
uskunalarni o'ziga olgan;
- Past qismda ranglar atlasi - yaratilayotgan yoki tahrir qilinayotgan
tasvirni bo'yash ranglarini tanlash imkoniyatini beradi;
- Holat satri.
Paint dasturining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Yangi tasvir yaratib, uni saqlash.
2. Hujjatni boshqa nom va kengaytma bilan saqlash;
3. Tasvirni raqamli foto kamera yoki skanerdan kiritish;
4. Tasvirni tahrirlash;
5. Tasvirni chop etish;
6. Tasvirni o'chirish;
7. Tasvirni Windows operasion sistemasi ish stoliga joylashtirish.
24
Paint dasturida tasvir ustida barcha amallar uskunalar paneli yordamida
amalga oshiriladi.
Uskunalar paneli quyidagi anjom-uskuna va uskunalardan tashkil topgan:
Tasvirda ixtiyoriy shakldagi zarur sohani belgilash (bundan keyin uni xotiraga
ko'chirish, kesib olish, nusxasini joylashtirish, boshqa hujjatga o'rnatish kabi
vazifalarni bajarish mumkin)
Tasvirda to'g’ri to'rtburchak shaklda zarur sohani belgilash (bundan keyin uni
xotiraga ko'chirish, kesib olish, nusxasini joylashtirish, boshqa hujjatga o'rnatish
kabi vazifalarni bajarish mumkin)
O'chirg’ich (lastik) uskunasi tasvirdagi kerak bo'lmagan sohalarni o'chirish
imkonini beradi.
Bo'yoq quyish (zalivka) uskunasi biror bir shakl yoki sohalarni rang bilan
to'ldirish (bo'yash) imkonini beradi. Agarda shakl yoki sohada ulanmagan joylar
mavjud bo'lsa rang qo'shni sohalarga ham o'tib ketadi (oqib ketadi).
Rangni tanlash (pipetka) uskunasi rang tanlash uchun ishlatiladi
Masshtabni ko'rsatish uskunasi tasvir ko'rinishini yaqinlashtirish yoki
uzoqlashtirishga xizmat qiladi
Qalam uskunasi - ixtiyoriy chiziqlarni chizish uchun;
Kist (Mo'y qalam) uskunasi
Aerozol (bo'yoq sepish) uskunasi;
Tasvirda matn yozish uskunasi;
To'g'ri chiziq chizish uskunasi;
Egri chiziq chizish uskunasi;
To’rtburchak chizish uskunasi;
Ko'pburchak chizish uskunasi;
Aylana, ellips chizish uskunasi;
Burchaklari yoy shaklidagi to'rtburchak shaklni chizish.
Paint dasturida tasvirni saqlash uchun klaviaturadagi Ctrl+S tugmalarini
bosish yoki Fayl menyusidan Soxranit (Saqlash) farmoishini tanlab, hosil bo'lgan
muloqot oynada Imya fayla (Fayl nomi) satriga fayl nomini kiritib, Soxranit
25
(Saqlash) tugmasini bosish kerak. Paint dasturining fayllar ishchi kengaytmasi
*.bmp hisoblanadi, lekin tasvir faylini *.jpg, *.png, *.tif, *.gif kabi kengaytmalar
bilan ham saqlash mumkin. Buning uchun Fayl menyusidan Soxranit kak... (kabi
saqlash) buyrug'ini tanlab, hosil bo'lgan muloqot oynasida Tip fayla (Fayl turi)
satrida fayl kengaytmasini tanlab, Soxranit (Saqlash) tugmasini bosish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |