namligini mavjudligi (bug’lar yoki suv tomchilari mavjudligi va nisbiy namlig 75 % dan oshiq);
tok o’tkazuvchan changlarni mavjudligi (tеxnologik yoki boshqa changlar elеktr simlarni qoplab mashinalar va uskunalarni ichkari qismlarga kirib izolyatsiyalarni sovutish sharoitlarini buzadi, lekin yong’in yoki portlash havfi bo’lmaydi);
v) tok o’tkazuvchan asoslar mavjudligi (yer, g’isht, mеtall yoki tеmirbеton);
g) yuqori haroratni mavjudligi (yil fasliga va turli issiqlik nurlanishlarga qaramasdan uzoq vaqt davomida harorat 350C dan va qisqa vaqt davomida 400C ga oshadi).
d) bir vaqt o’zida inson tanasini bir tomondan elеktr uskunalarini qobiqlariga ikkinchi tomondan, binolarni yеrga ulangan mеtallokonstruktsiyalariga, tеxnologik apparatlarga, mеxanizmlar va boshqalar (ulanib qolish) sharoitlarini mavjudligi.
Xavfli darajadagi sharoitlar:
namlikni mvjudligi (yomgir, kor, tеz-tеz suvni purkab turilishi, namlik bilan qoplangan pol, patolok, dеvor va xonada joylashgan boshqa prеdmеtlar);
kimyoviy faol muhitni mavjudligi (uzoq vaqt davomida izolyatsiya va uskunani tok o’tkazuvchi qismlarga ta’sir etuvchi yoki, doimo bo’lgan agrеssiv bug’lari, gaz va suyuqliklar);
v) yuqori xavfli ikki va undan ko’p bo’lgan yuqori xavfli sharoitlariga xos hususiyatlar;
Havfsiz darajalari
Insonlarni elеktr tok jarohatlanishi sharoitlarni yo’qligi yuqori xavfli, yoki ayniqsa xavfli sharoitlari yo’qligi.
Elektr qurilmalarini himoya vositalari
Umumiytushunchavatavsifi.Elektr qurilmalarida qo’llanib kelayotgan himoya choralari shartli ravishda ikki guruhga bo’linishi mumkin: elektr qurilmalarni meyori ish sharoitlariga havfsizligini ta’minlash va avariya holatidagi sharoitlarini havfsizligini taminlash.
Meyoriyishsharoitlaridahavfsizlikni taminlash choralari quyidagicha:
izolyatsiya, tok o’tkazuvchi qismlarni oldiga to’siqlar o’rnatish;
havfsizlik blokirovkalarni qo’llash;
orentasiyani ta’minlash;
elektr tarmoqlarni yerdan izolyatsiyalash;
yerga ulanib qolgan tokni hajm qismini kompensatsiyalash;
himoyalovchi qisqa tutashuv tashkil qilish;
kichik kuchlanishni qo’llash;
izolyatsiyalangan maydonchalarni qo’llash;
potensiallarni tenglashtirish.
Avariya sharoitida (izolyatsiya lat olgan sababli tok yurmaydigan qismlarga kuchlanishni o’tib ketishi) ishlab turgan elektr qurilmani havfsizligini ta’minlashda quyidagi choralar qo’llaniladi:
himoyalovchi yerga ulash (zazemleniya);
nollanish (zanuleniya);
himoyalovchi o’chirish;
ikki qavatli izolyatsiyani qo’llash;
ish joyini izolyatsiyalash;
baland kuchlanishdan past kuchlanishga o’tishida himoya choralrini qo’llash.
Elektr qurilmalarni turlariga, oziqa manbai sharoitlariga (kuchlanish qiymatlari, neytral holati) va ishlatish sharoitlariga (atrof muhit) qarab havfsizlik taminlashida jamlanganlik choralari qo’llaniladi.
Elektr izolyatsiya bu dielektrik qatlami (tok o’tkazmaydigan qatlam), yoki dielektrkdan tayyorlangan uskunani izolyatsiyasi, yoki tok o’tkazuvchi elementlarni boshqa qismlardan ajratilib qo’yish.
Elektr uskunalarida quyidagi izolyatsiya turlari qo’llaniladi:
-ishchi izolyatsiya elektr qurilmalarini tok o’tuvchi qismlaridagi havfsizligini ta’minlovchi elektr izolyatsiyasi;
-qo’shimcha izolyatsiya-ishchi izolyatsiyani lat olishi havfi bo’lsa, elektr qurilmani himoyalash uchun qo’llaniladigan qo’shimcha izolyatsiyasi;
-ikki qavatli izolyatsiya ishchi va qo’shimcha izolyatsiyalardan tashkil topgan izolyatsiya;
-puhtalangan izolyatsiya ikki qavatli izolyatsiyani darajasiga ega bo’lgan, yahsxilangan ishchi izolyatsiyasi.
Izolyatsiyani elektr sxemasi uchta parallel ulangan shohchalaridan iborat.
Birinchi shoxchada - kondetsatordan (C1) iborat. Dielektrik izolyasiyasini o’tkazuvchanligini hajmi bilan tavsiflanadi va geometrik o’lchamlari bilan aniqlanadigan. Kuchlanish paydo bo’lishi bilan kondetsator zaryadiga teng bo’lgan, dielektik polyarizasiya tok hоsil bo’ladi. Undan o’tayotgan tok impuls hosiyat ega bo’lib - tezkor polyarizatsiya toki ( i b.pol ) deb ataladi.
Ikkinchi shoxchada-ketma-ket ulangan kondensator (C2) bilan faol qarshiligi (R2) joylashgan. Bu shoxcha polyarizasiya jarayonini asta-sekin o’tish bilan tavsiflanadi. Kondensator (C2) izolyasiyani tuzilishi va dielektrik hususiyatlariga bog’liq. Kondensator (C2) vaqt-vaqti bilan o’qlanib (zaryadkalanib) turadi va shu vaqt zanjirni doimiy vaqti (t=R2C2) bilan aniqlanadi. O’qlanish vaqti ko’paygan sari shunchalik qarshilikni (R2) qiymati katta bo’ladi, ya’ni dielektirik xossalarini sifati yahshi bo’ladi. Shu shohchadan o’tayotgan tok polyarizatsiya toki deb ataladi va vaqt o’tishi bilan sekin kamayib boradi.
Tezkor polyarizatsiya tok bilan sekin polyarizatsiya tokini qo’shimchasini, absorbsiyatoki(i abs = i t pol + i s pol) deb ataladi.
O’zgarmas tok izolyatsiyasini faol qarshiligi (R1) uchinchi shoxchani belgilaydi. Shu shoxchadan o’tayotgan tok, yorib o’tgazuvchan (Iti) tok deb ataladi. Yorib o’tgazuvchan tok izolyatsiyasini maydoniga to’g’ri proporsional bo’lib izolyatsiyasini qalinligiga esa, teskari proporsional bo’ladi.
O’zgarmas kuchlanish ta’sirida izolyasiya orasidan o’tib ketayotgan tok (silkinish toki) absorbsiya toki bilan yorib o’tgazuvchan toklarini qo’shimchasiga teng (i s=i abs+i tu). Bu tok polyarizatsiya jarayoniga bog’liq bo’lganligi uchun, kuchlanish berilgandan keyin bir oz vaqt o’tgandan so’ng kamayib boradi va yorib o’tgazuvchi tok qiymatlarigacha kamayib boradi. Izolyasiyani qarshiligi Ru = U/Is.