O‘tni o‘chirish uskunalari
O‘tni o‘chirish uskunalari: qo‘lda ishlatiladigan birlamchi vositalar, bir joyda muqim o‘rnatiladigan va mexanik yoki avtomatik harakatga keltiriladigan uskunalar, har xil masofadagi hududlarda harakatlana oladigan ko‘chma uskunalar va boshqalarga bo‘linadi.
Birlamchi o‘t o‘chirish vositalariga, tashkilot ishchi va xizmatchilari yoki ixtiyoriy yong‘in navbatchi a’zolari tomonidan ishlatishga mo‘ljallangan, yong‘inga qarshi «qalqonlar»da izohlangan oddiy asboblar va uskunalar kiradi.
Ma’muriy binolar va sanoat korxonalarida, yonuvchi ashyolar va portlovchi moddalar saqlanadigan omborxonalar hududida, yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan joylarda o‘t o‘chirishda qo‘llaniladigan asboblar o‘rnatilgan bo‘lishi shart. «Yong‘inga qarshi qalqon» 5.14-rasmda aks ettirilgan.
5.14-rasm. Yong‘inga qarshi «qalqon» va undagi asboblarni o‘rnatilishi
1-qum solingan quti, 2-ko‘pikli va karbonat angidridli o‘t uchirgich (ognetushitel), 3- yong‘in o‘chiruvchi navbatchilarining ish jadvali, 4-boltalar, 5-o‘t o‘chirish shlankalari, 6- konussimon chelak, 7-suv sepish stvoli, 8-yong‘in xavfsizligi qoidalari, 9-suv bochkasi, 10-
ilgakli changaklar, 11-mis uchli lom va ilgak, 12- belkuraklar.
Unda yong‘in xavfsizligi me’zonlariga ko‘ra quyidagi o‘t o‘chirish vositalari va asboblari zarur bo‘lganda oson olinadigan qilib osib qo‘yilgan bo‘lishi shart: ikki dona qo‘lda ishlatildigan ko‘pikli va karbonat angidridli o‘t o‘chirgich, ikki dona bolta, ikki dona suv sepish elastik shlankalari va suv spish stvoli, suv bochkasi, qum solingan quti, iki dona konussimon chelak, ikki dona belkurak, ilgakli changaklar va mis uchli lom va h.k.
Bunday qalqonlar ma’muriy binolarning hovli tomonidan, binoga kirish eshigiga yaqin joyda o‘rnatiladi. Ishlab chiqarish korxonalarida, yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan sexlar va omborxonalarga kirish eshiklariga yaqin joylarda o‘rnatiladi. Himoyalanayotgan hududning har 5000 kvadrat metriga 1 ta «qalqon» loyihalashtiriladi.
Undagi suv bochkasining hajmi 200l dan kam bo‘lmasligi kerak, qum solinadigan qutining hajmi esa 2-3m3 atrofida bo‘ladi.
O‘t o‘chiruvchi ko‘piklar. Kimyoviy yoki havoli mexanik ko‘piklar, ko‘pik hosil qiluvchi kukunlarni suyuq muhitda eritish yo‘li bilan hosil qilinadi. Buning uchun tarkibida javhar o‘rnini bosuvchi alyuminosulfat AL2(SO4)3 bilan ishqor o‘rniga natriy bikarbonat NaHSO3 moddalarining quruq holatdagi qorishmalaridan tayyorlangan kukun, maxsus moslamalarda bosim ostida suvga aralashtirib, elastik quvurlarda oqiziladi. Bu holda kukun zarrachalarining
suvda bo‘kishi oqibatida, javhar bilan ishqor moddalarining o‘zaro birikishi natijasida gaz ajralib chiqa boshlaydi va ko‘pik hosil bo‘ladi. Qo‘lda ishlatiladigan o‘t o‘chirgich vositalarida ham shu yo‘sinda ko‘pik hosil qilinadi. Faqat unda ko‘pik hosil qiluvchi javhar qismida,sulfat javhari N2SO4 yoki sulfat tuzi bilan oksidlangan temir Fe2(CO4)3 moddalarining aralashmasi ishlatiladi.
Bu ikkala jarayonda sodir bo‘ladigan kimyoviy birikish tenglamalarini quyidagi ifodalarda ko‘rish mumkin:
2NaHSO3 + H2O + AL2(СO4)3 = 3Na2СO4 + 2AL(OH)3 + 2СO2
2NaHСO3 + H2СO4 = Na2 СO4 +H2O + 2СO2
Bunday tartibda tayyorlangan ko‘pik etarli darajada harakatchanlik va vaqtga nisbatan ustuvorlik xususiyatlariga ega bo‘lib, suv bilan qo‘shilmaydi, alanga va uning haroratiga yaxshi qarshilik ko‘rsata oladi.
Maxsus ko‘pik tayyorlaydigan uskunalarda xavo, suv, javhar va ishqorlarni majburiy aralashishi natijasida havoli sun’iy ko‘pik hosil bo‘ladi. Chunki uning tarkibiy hajmi 90% gazdan va 10% gina ko‘pik hosil qiluvchi eritmadan iboratdir.
1902 yili rus muxandis olimi A.G.Loran olovni ko‘pik bilan o‘chirish taklifi bilan chiqib, ko‘pik hosil qiluvchi modda sifatida natriy bikarbonat aralashgan ekstraktdan foydalandi. Uning ixtiro qilgan qorishmalari yong‘inni o‘chirishda ishlatiladigan ko‘pik hosil qiluvchi kukunlarni asosini tashkil etadi. 1925 yilda ko‘pik generatori yaratilgandan keyin, kimyoviy ko‘piklarni tayyorlashda quruq holdagi kukunlardan foydalanish yo‘lga qo‘yildi.
40-chi yillarni boshida PGP-1, PGP-2 va PGP-3 rusumli ko‘pik hosil qiluvchi kukunlar ishlab chiqarila boshlandi. Uning tarkibini alyuminosulfat javhari 45-60%, natriy bikarbonat 22- 46% va ekstrakt 1-8% tashkil etadi.
1985 yilgacha PO-1 rusumli ko‘pik hosil qiluvchi suyuq holdagi aralashmadan o‘t o‘chirishda keng foydalanib kelindi. U to‘q jigarrang tusda bo‘lib, tarkibida 84% kerosin, 4-5% suyak elimi, 10-12% etil spirti mavjud bo‘ladi.
Bugungi kunda o‘t o‘chirishda qo‘llaniladigan havoli mexanik ko‘piklarni hosil qilish uchun PO-1 rusumli quruq kukundan tashqari, PO-2A, PO-1D, PO-1S, PO-3A, PO-6K, PO-3AI,
«IVA», «Morozka», «TEAS», «Polyus», «Sampo» va «Morpen» rusumli ko‘pik hosil qiluvchi suyuq moddalar, amaliyotda keng qo‘llanib kelinmoqda. Masalan bulardan, PO-2A rusumli ko‘pik hosil qiluvchi suyuq modda (sanoatda nomi «Progress»), tarkibida 30±1% li faol moddalar bo‘lgan suv qorishmasi va natriyli sulfat va 8-18 atomli karbon birikmalaridan iborat. O‘t o‘chirishda bir qism PO-2A ga ikki qism suv qo‘shilgan holda ishlatiladi.
PO-3A rusumli ko‘pik hosil qiluvchi suyuq modda («Pinal») 26±1% li faol moddaning suvdagi eritmasidan iborat bo‘lib, tarkibida ikkilangan natriy alkilsulfati 8-10 va 13-18 atomli karbon alkil moddalari mavjud. PO-3A moddasi amaliyotda suv bilan 1:1 nisbatda qorishma holiga keltirib ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |