Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali



Download 5,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/168
Sana25.02.2022
Hajmi5,82 Mb.
#301216
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   168
Bog'liq
MUTvaT majmua

1. ISHNING MAQSADI 
Ushbu laboratoriya ishi maqsadi: 
- DNS DHCP, va Web xizmatlar tayinlash bo‗yicha ko‗nikmalarini olish, 
- DNS, DHCP va Web-xizmatlarni sozlash uchun asosiy buyruqlarni bilib olinsh. 
2. QISQACHA NAZARIY MA‟LUMOT 
DHCP (Dynamic Host Configuration Protocol) - tarmoq qurilmalariga TCP/IP 
tarmog‗ida ishlash uchun zarur bo‗lgan IP-manzil va boshqa parametrlarni avtomatik ravishda 
olish imkonini beruvchi tarmoq protokoli. Bu protokolda mijoz-server modelidan foydalanadi. 
Avtomatik konfiguratsiya jarayonida tarmoq qurilmasining konfiguratsiya bosqichida mijoz 
kompyuteri DHCP server deb ataluvchi server kompyuteridan kerakli parametrlarni oladi. 
Tarmoq administratori server kompyuterlarga tarqatadigan manzillar diapazonini o‗rnatishi 
mumkin. DHCP protokoli ko‗pchilik TCP / IP tarmoqlarida qo‗llaniladi. DHCP mijozda 
quyidagi asosiy parametrlarni avtomatik ravishda sozlash imkonini beradi: 
1. IP-manzil 
2. Asosiy shlyuz 
3. tarmoqosti maskasi 
4. DNS serverlar 
5. domen nomi 
DHCP mijoziga IP-manzilni (va boshqa parametrlarni) taqdim yetish jarayoni 5.1-rasmda 


255 
ko‗rsatilgan: 
5.1-rasm DHCP mijoziga IP adreslarni taqdim yetish jarayoni 
5.1-rasmdan 4 ta xabarni ajratib olishimiz mumkin (ajratilgan so‗z bu xabar matni): 
Agar mijoz, masalan, oddiy kompyuter, tarmoqqa ulansa OT ma‘lum bir tarmoq kartasi "DHCP 
orqali sozlamalarni olish" buyrug‗ini jo‗natganini ko‗radi. Ushbu kompyuterda hali IP-manzil 
mavjud emas va uni olish uchun quyidagi protsedura amalga oshiriladi: 
1. Kompyuter keng qamrovli so‗rovni yuboradi. Bunda ikkinchi sathda freymda 
jo‗natuvchining MAS-manzili - kompyuter manzili, qabul qiluvchining MAC-manzili 
ffff.ffff.ffff, uchinchi sathda yesa paketda jo‗natuvchining adresi mavjud emas, qabul 
qiluvchining adresi 255.255.255.255 ko‗rinishda. Ushbu DHCP xabari "DHCP discover" deb 
nomlanadi. 
2. Keyin tarmoqdagi barcha qurilmalar ushbu xabarni oladi. DHCP serverlari (va nazariy 
jihatdan ulardan bir nechtasi bo‗lishi mumkin) mijozga javob beradi. Server o‗z manzillar 
bazasida bir manzilni rezervlaydi (agar mijozning bu MAS-manzili uchun oldin hech qanday 
adres rezervlanganbo‗lmasa) va bu IPni mijozga bir muncha vaqtga ajratadi. Boshqa sozlamalar 
olinadi va barchasi birga yuboriladi. Bu "DHCP taklif" deb ataladi. 
3. Mijoz o‗ziga yoqgan serverni tanlaydi, yoki birinchi bo‗lib javob bergan server 
tanlanadi. va o‗z MAS va qabul qilingan yangi IP adresidan serverga javob so‗rovini jo‗natadi. 
4. Server mijoz uchun ma‘lum vaqtga (ijara vaqti) ajratilgan manzilni o‗zida saqlab 
qoladi. Server, shuningdek, o‗z ARP jadvaliga qator qo‗shadi va mijozga muvaffaqiyatli 
ro‗yxatdan o‗tganligi haqida xabar yuboradi - «DCHP Acknowledge». 
Serverda va ruterda DHCP sozlashga misol keltirilgan(5.2 rasm).


256 
5.2-расм DHCP ни созлаш учун тармоқ намунаси 
192.168.1.0 / 24 tarmog‗ini 192.168.1.11 dan boshlab DHCP orqali tarqatadigan routerni 
sozlaymiz. 
R1#configure terminal 
Enter configuration commands, one per line. End with CNTL/Z. 
R1(config)#ip dhcp excluded-address 192.168.1.1 192.168.1.10 
Routerdan 192.168.1.1 dan 192.168.1.10 gacha manzillarni bermaslikni so‗raymiz. 
Birinchi manzil ruterning o‗zi tomonidan ishlatiladi (shlyuz), va boshqa to‗qqizta adresni bu 
tarmog‗idagi turli serverlar uchun zaxira qilib saqlash lozim. Serverlarga manzillar DHCP orqali 
berilmasligi kerak-ularga tez-tez murojaat qilinadi, shuning uchun manzil statik ravishda 
kiritilishi va hech qachon o‗zgarmasligi kerak. Bizning misolimizda, masalan, statik bilan 
kiritilgan 192.168.1.5 adresli DNS server mavjud. Endi pul yaratamiz: 
R1(config)#ip dhcp pool MY-POOL 
R1(dhcp-config)#network 192.168.1.0 255.255.255.0 
R1(dhcp-config)#default-router 192.168.1.1 
R1(dhcp-config)#domain-name my-domain.com 
R1(dhcp-config)#dns-server 192.168.1.5 
R1(dhcp-config)#exit 
Manzillar 192.168.1.0/24 tarmog‗idan beriladi va 192.168.1.1 – marshrutizatorimiz-
shlyuzi sifatida beriladi. Bu manzilni o‗zini kiritish kerak: 
R1(config)#interface fa0/0 
R1(config-if)#ip address 192.168.1.1 255.255.255.0 
R1(config-if)#no shutdown
%LINK-5-CHANGED: Interface FastEthernet0/0, changed state to up 
%LINEPROTO-5-UPDOWN: Line protocol on Interface FastEthernet0/0, changed state 
to up 
R1(config-if)#exit 
R1(config)#exit 
%SYS-5-CONFIG_I: Configured from console by console 
Kompyuter manzilni olganidan so‗ng, chiqarilgan manzillar ro‗yxatini tekshirishingiz 
mumkin: 
R1#show ip dhcp binding
IP address Client-ID/ Lease expiration Type Hardware address 
192.168.1.11 000A.F337.2447 -- Automatic 


257 
DNS server — domenlar haqida ma‘lumot olish imkonini beruvchi tizim - domen nomini 
aniqlash xizmati (inglizcha Domain Name System "domen nomi tizimi"). Ma‘lumotlar uzatish 
tarmoqlarida ma‘lumotlarni jo‗natish va qabul qilish uchun raqamli IP adreslar orqali qurilmalar 
aniqlanadi. Domen nomlari IP manzillarni oddiy va oson yeslab qolish imkonini beruvchi nomga 
aylantirish uchun yaratilgan. DNS protokoli tegishli raqamli tarmoq manzillariga resurs 
nomlarini moslashtiruvchi avtomatlashtirilgan tizimdir. DNS protokoli bo‗yicha ma‘lumotlar 
almashishda bitta formatdan foydalaniladi, bu xabar deb ataladi. Ushbu xabar formati barcha 
turdagi mijoz so‗rovlari va server javoblari, xato xabarlari va serverlar o‗rtasida resurs 
yozuvlarini o‗tkazish uchun ishlatiladi. DNS serveri turli ma‘lumotlarni saqlaydi: 
*A-oxirgi qurilmaning IPv4 manzili 
*NS - yuqori pog‗onali nomlar serveri 
*AAAA - oxirgi qurilmaning IPv6 manzili 
* MX - Pochta almashinuvining yozuvi 
Mijoz so‗rov jo‗natganda DNS server o‗z bazasiga murojaat qilib ruxsat etilgan nomlarni 
qidiradi, agar ma‘lumotlar mavjud bo‗lmasa, boshqa serverlarga murojaat etadi. Boshqa 
serverlardan javob olgach ushbu nomni o‗z bazasiga saqlab qo‗yadi. 
Windows kompyuter DNS mijoz xizmati ham xotirasida ilgari ruxsat etilgan nomlarini 
saqlaydi. ipconfig /displaydns buyrug‗i barcha keshlangan DNS yozuvlarini ko‗rsatadi. 
DNS protokoli rasmda ko‗rsatilganidek, nomni hal qilish uchun ma‘lumotlar bazasini 
yaratish uchun iyerarxik tizimdan foydalanadi. DNS ning iyerarxik tuzilishi domen nomlariga 
asoslangan va kichik boshqariladigan zonalarga bo‗linadi. Har bir DNS serverda alohida 
ma‘lumotlar bazasi fayli mavjud. Server nomlarning IP adreslarga bog‗lanishini umumiy DNS 
strukturasining alohida kichik qismidagina boshqaradi. DNS-server o‗z DNS zonasiga tegishli 
bo‗lmagan nomni aylantirish so‗rovini qabul qilganda, u qayta ishlash so‗rovini tegishli zonadagi 
boshqa DNS-serverga yuboradi. 
Kompyuter operatsion tizimlarida, shuningdek, Nslookup utilitasi mavjud. U orqali DNS 
serverlar haqida ma‘lumotlarni ko‗rish imkonini beradi. 
Web-xizmat - standartlashtirilgan interfeysli noyob web-manzil (URl) bilan aniqlangan 
dasturiy tizim hamda foydalanuvchi Brauzeri tomonidan ko‗rsatiladigangan saytning HTML-
hujjati. Web-xizmatlar muayyan protokollar (SOAP, XML-RPC va boshqalar) va kelishuvlar 
(REST) asosida xabarlar orqali bir-birlari bilan va uchinchi tomon ilovalari bilan muloqot 
qilishlari mumkin. 
Web-xizmatlar deb ko‗p hollarda internetda ko‗rsatiladigan xizmatlar tushiniladi. Ushbu 
atama qidiruv, Web-pochta, hujjatlarni, fayllarni, saqlash va hokazolarni anglatishi 
mumkin.Bunday Web-xizmatlardan kompyuter, brauzer yoki internetga kirish joyidan qat‘iy 
nazar foydalanish mumkin. 
Web-xizmat doirasida aloqa qiluvchi uch tizim bor: 
* mijoz (xizmat so‗rovchi); 
* pudratchi (xizmat ko‗rsatuvchi); 
* korxonalar (broker xizmati). 
Xizmat ishlab chiqilganda, ijrochi uni potensial mijozlar topishi mumkin bo‗lgan 
katalogda ro‗yxatga oladi. Mijoz katalogga mos xizmatni topgach, u yerdan uning WSDL 
spetsifikatsiyasini import qiladilar va unga muvofiq o‗z dasturlarini ishlab chiqadilar. WSDL ish 
jarayonida mijoz va ijrochi o‗rtasida almashtirilgan so‗rov va javoblar formatini tavsiflaydi. 

Download 5,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish