2-mavzu:
Ma’lumotlar tuzilmasining klassifikatsiyasi. Ishlab chiqish dasturiy ta’minotini
hayotiy sikli. Hayotiy siklining modeli.
Reja:
1. Ma’lumotlar tuzilmasining klassifikatsiyasi.
2. Ishlab chiqish dasturiy ta’minotini hayotiy sikli
3. Hayotiy siklining modeli
Ma‟lumot - bu biror bir ob‟ekt, jarayon, xodisa yoki voqelikni ifodalab (tasniflab)
beruvchi belgi yoki belgilar majmuasidir. Berilgan ma‟lumot (belgi)lar qanday qiymat
qabul qilishiga qarab ma‟lumotlarning bir qancha turlari mavjud.
Foydalanuvchi dasturida MT klassifikatsiyasi
statik tuzilma;
dinamik tuzilma.
MT klassifikatsiya qilishda asosiy belgi bu ma‟lumotlar tuzilmasini dastur ishlashi
mobaynida o‟zgarishi hisoblanadi. Masalan, agar dastur bajarilishi mobaynida elementlar
soni va/yoki ular orasidagi munosabatlar o‟zgarsa, u holda bunday MT dinamik
ma‟lumotlar tuzilmasi, aks holda statik ma‟lumotlar tuzilmasi deyiladi.
Ishlab chiquvchilar kollektivi a‟zolarining vazifalari, har xil texnologik jarayonlardagi
a‟zolar vazifalari orasidagi aloqa.
Agar loyiha ishtirokchilari komanda a‟zolari 2 kishidan ko‟p bo‟lsa, ularning
vazifalari va komandadagi xuquq va burchlarini aniqlash kerak bo‟ladi. Komanda
a‟zolarini vazifalarini taqsimlanayotganda ko‟p faktorlarga e‟tibor beriladi. Masalan,
gurux a‟zosining shaxsiy qarashlariga, xarakteriga e‟tibor beriladi. Lekin loyixani ishlab
chiqishda bir necha vazifalarni bir kishi bajarsa xam bo‟ladi, shunda umumiy tarkib kam
o‟zgartiriladi.
Buyurtmachi – bu vazifa ishlab chiqiluvchi tizimni buyurtma qilayotgan tashkilot
vakiliga tegishli hisoblanadi. Odatda buyurtmachining komanda a‟zolari bilan o‟zaro
aloqasi chegaralangan bo‟lib, u faqat loyixa menedjeri va sertifikatlar bilan ishlovchi
mutaxasis bilan muloqotda bo‟ladi. Buyurtmachi mahsulotga bo‟lgan talablarni
(menedjer bilan o‟zaro aloqada bo‟lib) o‟zgartirishi, loyihalash va sertifikattsiyalash
xujjatlarini o‟qishi, ishlab chiqiluvchi tizimning texnikaga oid bo‟lmagan qismiga
aralashishi mumkin.
Loyixa menedjeri buyurtmachi va DT ni ishlab chiquvchi guruh o‟rtasidagi aloqani
ta‟minlovchi vazifasini bajaradi. Loyixa menedjeri buyurmachi kutish vaqtini boshqarish,
loyiha biznes-kontektsni ishlab chiqish va qo‟llab-quvvatlash ishini bajaradi. Uning ishi
mahsulotni sotish bilan bog‟liq emas, uning vazifasi buyurtmachi talablarini aniqlash va
bajarishdan iborat. Loyiha menedjeri mahsulotga bo‟lgan talablarni va mahsulotning
so‟nggi xujjatlarini o‟zgartirishi mumkin.
Testlash bo‟yicha mutaxasisi loyiha fazalari bo‟yicha testlash strategiyasi, test-
talablari va test-loyihalarini aniqlaydi, tizimni testlashni bajaradi, testlash jarayonining
o‟tishi haqidagi hisobotni yig‟adi va analiz qiladi. Test-talablari tizim talablarini,
funksional sertifikatsiyalarni, foydalanuvchi interfeysini va shaxsiy dasturiy kodni o‟z
ichiga oladi. Testlash bo‟yicha mutaxasisning vazifasi aslida 2 ga bo‟linadi: testlashni
ishlab chiquvchi va testlovchi. Testlovchi testlash ishini va ma‟lumot to‟plash ishini
bajaradi, qolgan ishlarni esa testlashni ishlab chiquvchi bajaradi.
Sifatni nazorat qiluvchi mutaxasis vazifasini loyixalash guruhi a‟zolaridan biri
bajaradi. U mahsulotning sifatini, standartlarga va se‟tifikatsiyaga mosligini, loyixa
xujjatlarini ko‟rib chiqishni ta‟minlash maqsadida ishlab chiqaruvchi, dasturlar
menedjeri hamda ximoyalash va sertifikatsiyalash mutaxasislari bilan aloqani amalga
oshiradi. Testlash va sifatni nazorat qiluvchi mutaxasislar farqlanadi.
Testlash bo‟yicha mutaxasis texnik a‟zolar sirasiga kiradi va texnik ishlarga javob
beradi. Sifatni nazorat qiluvchi mutaxasis esa ishlab chiqarish jarayonini nazorat qiladi va
ko‟rsatilgan standartga mosligini tekshirish ishini bajaradi.
Bu mutaxasisning muhim xususiyatlaridan biri mahsulotni yaratishning barcha
bosqichlarida loyixalash guruhiga nisbatan mustaqil xisoblanishidir. Mutaxasis
loyixalash guruxi a‟zolaridan faqat loyixa va dasturlar menedjeri bilan o‟zaro aloqada
bo‟lishi mumkin.