Java dasturlash tili
Java dasturlash tili Sun Microsystems kompaniyasi xodimlari James Gosling,
Patick Naughton, Christ Warth, Ed Frank va Mike Sheridan lar tomonidan 1991 yilda
o’ylab topilgan. Birinchi ishga yaroqli talqini tayyorlash uchun 18 oy vaqt ketdi. Bu
dasturlash tili birinchi nomi “Oak”(Dub) deb nomlangan lekin 1995 yilda “Java”
nomiga o’zgartirilgan.
Java texnologiyasi o'ta sodda, xavfsizlikni yuqori darajada ta'minlab bera
oladigan, kuchli, to'la obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili bo'lib, muhit
(platforma)ga bog’liq bo'lmagan holda ishlaydi. U bilan xatto eng kichik
qurilmalarga ham dasturlar yozish mumkin. Java texnologiyasi to'laligicha Java
Virtual Machine(JVM) ga asoslangan. JVM ning vazifasi tarjimonlik ya'ni, dastlab
biz yozgan *.java fayl kompilyator yordamida bayt kodga o'giriladi va JVM
yordamida esa mashina tiliga o'giradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |