7
Qo‘shmalar darajasi (Foydalanuvchi dasturlari Application Layer tarmog‘ini
ishlatishadi)
5
6
1
2
3
4
Qo‘shma dasturli (Presentation Layer) ma’lumotlar bilan almashinuvchi daraja.
Sessiya darajasi (qo‘shimchalar orasida o‘zaro ishlashni boshqaradi. (Session
Layer))
Transport darajasi (xabarlarni qabul qilish va uzatish nazorati uchun javob beradi,
Transport layer )
Tarmoq darajasi (uzatuvchi va qabul qiluvchi orasidagi ulanishga javob beradi,
Network Layer)
Kanal darajasi (aloqaning fizik liniyalari orqali ma’lumotarni ishonchli uzatishga
javob beradi, Data Link Layer)
Fizik daraja (aloqaning liniya fizik parametrlarini aniqlaydi, Physical Layer)
144
Tarmoq
darajasini kiritishning asosiy g‗oyasi shundan iboratki,
birlashtirilayotgan tarmoqda ishlatilayotgan texnologiyalar o‗zgarmagan xolda
qoldiriladi, lekin kanal darajasining kadrlariga qo‗shimcha – axborot tarmoq
darajasining sarlavxasi qo‗shiladi. Buning asosida, har qanday bazali texnologiyali
tarmoqdan adresatni topish mumkin bo‗ladi.
Tarmoq darajasi paketining sarlavxasi unifitsiyalashgan formatga ega. U
birlashgan tarmoqlarga kirishi mumkin bo‗lgan tarmoqlarni kanalli daraja
kadrlarining formatlariga bog‗liq emas.
Tarmoq darajasining sarlavxasi tayinlanish adresi va paketlarni bir turdagi
tarmoqdan ikkinchi turdagi tarmoqqa muvaffaqiyatli o‗tish uchun kerakli
axborotga ega bo‗lishi kerak. Bunday axborotlarga quyidagilar kirishi mumkin:
- kanalli darajaning har xil maksimal katalikdagi kadrli tarmoqlarning
ulanishida fragmentlarni ulash – ajratish operatsiyalarini muvaffaqiyatli o‗tkazish
uchun kerakli bo‗lgan paketlar fragmentini nomeri;
- paketning yashash vaqti, bu uning inter tarmoqda qancha uzoq yurishini
ko‗rsatadi. Bu vaqt ―adashib qolgan ‖ paketlarni yo‗q qilish uchun ishlatilishi
mumkin;
- tarmoq tugunlari va marshrutizatorlarga tarmoqlararo yo‗nalishni to‗g‗ri
yuklashga yordam beruvchi, tarmoqlararo aloqaning borligi va ularni holati
to‗g‗risidagi axborot;
- tarmoqlar yuklanganligi to‗g‗risida axborot, u ham paketlar yo‗nalishi
bo‗yicha aloqa liniyalarining real imkoniyatli oxirgi tugunlari bilan tarmoqqa
paketlarni uzatish sur‘atini kelishib olishga yordam beradi;
- Servis sifati – tarmoqlararo uzatishda yo‗nalishni tanlash kriteriyasi,
masalan, tugun – yuboruvchi yetkazib berish vaqtining zarari xisobiga, maksimal
ishonchlilik bilan paket uzatilishini talab qilishi mumkin.
145
Tarkibiy tarmoqda yuboruvchi va qabul qiluvchi adresi sifatida, MAS adres
emas, juft sonlar - ushbu tarmoqda tarmoq nomeri va tugun nomeri ishlatiladi.
Kanallik protokollarda ―tarmoq nomeri‖ maydon odatda yo‗q, nazarda tutiladiki,
hamma tugunlar bitta tarmoqqqa qarashli tarmoqlarning ochiq numeratsiyasi
tarmoqli daraja protokollariga tarmoqlararo aloqaning aniq kartasini tuzishga va
alternativ marshrutlarni (agar ular bo‗lsa) ishlatib (bularni ko‗priklar bajara
olmaydi) har qanday topologiyali to‗g‗ri yo‗nalishni tanlashga imkon beradi
shunday qilib, tarmoq ichida xabarlar yetkazib berilishi kanalli daraja tomonidan
tartibga solinadi. Tarmoqlar orasida xabarlar yetkazib berilishini tarmoq darajasi
bajaradi.
Tarmoq paketining sarlavxasida tugun nomerini tayinlashda ikkita yondoshish
mavjud. Birinchisi, har bir tugun uchun kanalli darajada ishlatilmagan yangi
adresni ishlatish. Bunday yondoshishning ustunligi bo‗lib kanalli darajada adres
formati qandayligidan qat‘iy nazar, uning universalligi va moslashuvchanligi
hisoblanadi. Tarmoqli darajada tugun adresining formati yagona tanlanadi. Lekin,
bunda ko‗pincha qo‗l bilan tugunlarni yangidan numeratsiyalash zaruriyati bilan
bog‗langan ayrim noqulayliklar bor.
Ikkinchi yondoshishda, tugunda kanalli darajada berilgan adres, tarmoqli
darajada ham ishlatiladi. Bu, adminstratorni yangi adreslar qo‗yish bo‗yicha
qo‗shimcha ishdan holos etadi, bitta tugunning kanalli va tarmoqli adresi orasidagi
muvofiqlikning o‗rnatish extiyoji qolmaydi, lekin adreslarni har hil formatli
tarmoqlar ulanganda, tugun adresini interpretatsiyasining murakkab masalasini
keltirib chiqarishi mumkin.
Tarmoqning hozirgi konfiguratsiyasi to‗g‗risidagi axborotga ega bo‗lish
uchun, marshrutizatorlar o‗zaro maxsus protokollar bo‗yicha yo‗nalish axborotlari
bilan almashadilar. Bunday turdagi protokollar yo‗nalish axboroti bilan almashish
protokollari yoki marshrutlash protokollari deb nomlaniladi.
146
Uzoqlashtirilgan marshrutizatorga yo‗nalish axboroti bilan almashish
protokolining paketini yetkazib berish uchun tarmoq darajasi protokoli ishlatiladi,
chunki faqat u har xil tarmoqlarda joylashgan marshrutizatorlar orasidagi
axborotni uzatishi mumkin. Yo‗nalish axboroti bilan almashish protokolining
paketli tarmoq darajasi paketining ma‘lumotlar maydoniga joylashtiriladi, shuning
uchun marshrutlash prtokollarining paketlari joylashish nuqtaiy nazardan ularni
tarmoq darajasiga nisbatdan yuqoriroq darajada qarash kerak. Lekin ular vazifani
bajarish tomonidan tarmoq darajasining paketlari bilan umumiy masalani
yechadilar, xar xil turli tarkibiy tarmoqlar orqali adresatga kadrlarni yetkazib
beradilar.
Marshrutizatorlar yo‗nalish axborotlari bilan almashish protokollari
yordamida tavsilotning u yoki bu darajadagi tarmoqlararo aloqasining xaritasini
tuzadi va to‗g‗ri yo‗l tashkil etish uchun paketli keyingi marshrutizatorning qaysi
biriga uzatish kerakligi to‗g‗risida qaror qabul qiladi.
Shunday qilib, IP tarmoqlarida paketli uzatish yo‗lini tanlash, yo‗nalishlar
jadvali asosida marshrutizatorlar tamonidan bajariladi. Yo‗nalishni to‗g‗ri tanlash
uchun marshrutizator aloqa xolatini o‗zgarib turishini xisobga olgan holda,
marshrutlash jadvalini to‗g‗rilash yo‗nalish axborotlarini almashish protokoli
asosida bajariladi. Ushbu masalan IP protokollarning butun komplekti asosida
ko‗rib chiqamiz.
7
WWW
Gopher
WAIS
SNMP
FTP
Telnet
SMTP
TFTP
I
6
5
TCP
UDP
II
4
3
IP
ICMP
RIP
OSPF
ARP
III
147
2
Reglamentlanmaydi
Ethernet, Token Ring, FDDI, X.25, SLIP, PPP
IV
1
OSI TCP/IP
modeli steki
darajalari darajalari
Do'stlaringiz bilan baham: |