Asosiy qism:
1875-yilda, telefon aloqasining rivojlanishida jo‘natuvchi nuqta, ovozni uzatish usuli va texnologiyasi bo‘lgan telefon yaratilgandan beri, 1975-yilda birinchi mikrokompyuter paydo bo‘lgunga qadar 100 yil o ‘tdi. Shu davr mobaynida aloqa (butun dunyoda o ‘tgan asr 60-yillarning o ‘rtalarigacha, Rossiyada esa 70-yillarning o ‘rtalarigacha) analog tizimlardan iborat edi. 1937- yildan IKM , 1939-yildan boshlab esa maxsuslashtirilgan raqamli kompyuterlar m a’lum bo‘lishidan qat’i nazar, amalda raqamli aloqa tizimlari yo‘q edi.
40-yillarning boshlarida, aloqa radiolokatsiyasining rivojlanishi munosabati bilan impulsli modulatsiyalash usuli jadallik bilan rivojlanishiga qaramay, raqamli qurilmalarning hajmi juda kattaligi tufayli amalda keng tarqalmadi. Bu hol 1959-yilgacha, element bazasi sifatida tranzistorlar qo‘llaniladigan ikkinchi avlod kompyuterlari paydo bo‘lgunga qadar davom etdi.
Ma’lumotlarni uzatish tarm og‘ida raqamli texnologiyalarni qo‘llashning boshlanishi IKM , ya’ni kabelli aloqa tarmoqlari asosidagi raqamli telefon tizimlari bilan bog‘liq. IKM va kanallarni vaqtli ajratishga ega bo‘lgan multipleksorlash usuli qo‘llaniladigan, ovozni uzatuvchi birinchi raqamli tizim 1962-yilda Chikagoda o ‘rnatilgan Bell System (AQSH) kompaniyasining tizimi hisoblanadi. Bu tizim mis sim li kabellar orqali, Bell System kompaniyasi ofislari orasida 24 ta ovozli kanallarni uzatish imkonini bergan. Har bir ovozli kanal 64 kbit/s tezlikda uzatilgan va barcha kanallarning ikkilik m a’lumotlari 1536 kbit/s tezlikli yagona oqimga multipleksor yordam ida birlashtirilgan, xizmat kanali (8 kbit/s)ni nazarda tutgan holda bu oqimning tezligi 1544 kbit/s ga yetdi. U keyingi standartlashga asoslangan holda, oldin AQSH da raqam li telefonlashtirish tizim lari u chun multipleksorlashning birinchi sathi deb qabul qilindi va DS1 yoki T1 kanaliga aylandi.
Bu raqam li m a’lum otlarni uzatuvchi tijorat kom pyuter tizimlarini tashkillashtirish uchun qo‘llaniladigan, shuningdek, lokal tarmoqlarga kompyuterlarni birlashtirish uchun rivojlangan kirish/chiqishli multipleksor tizimlariga ega, kirish/chiqishli kanal 7 konsepsiyasini olib keluvchi EHM lar uchinchi avlodining (IBM System 360, 1963-yil) paydo bo‘lgan vaqti edi.
1971-yilda Intel kompaniyasining birinchi mikroprotsessorlari paydo bo‘lishi bilan, faqatgina mikroprotsessor texnikasi va texnologiyalari rivojlanishiga bo‘lgan intilish telekommunikatsiya tizimlarida raqamli texnikani yaratish imkonini berdi va IKM asosida m a’lumotlarni uzatish tarmoqlarini rivojlantirishda ikkinchi katta turtki bo‘ldi.
Tarmoqning umumiy vazifali EH M lar yoki menfreymlar asosida birinchi yaratilgan kompyuter texnologiyalari mana bir necha yillardan buyon shaxsiy kompyuterlar tarmog‘iga birlashish uchun qo‘llanilib kelinmoqda. Aloqa tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha talablarni qondirish uchun mikroprotsessorlarni ishlab chiqish va ularning funksional imkoniyatlari juda oshgan bir paytda tarmoq texnologiyalarini keng qo‘llashga imkon yaratildi. Tarmoqning raqamli texnologiyalari global va lokal tarmoqlar uchun parallel holda rivojlandi. Global tarmoq texnologiyalari, asosan, ovozni uzatish uchun qo‘llaniladigan raqamli telefon tarmoqlarini rivojlantirishga yo‘naltirildi. Lokal tarmoq texnologiyalari, aksincha, asosan, m a’lumotlarni uzatish uchun qo‘llanildi.
Raqamli telefon tarmoqlarining rivojlanishi kanallarni liniya bo‘ylab zichlashtirish bo‘yicha ketdi. Bu T1 past tezlikli birlamchi kanallarni multipleksorlash hisobiga amalga oshgani kabi, anchagina samarali bo‘lgan modulatsiyalash usullarini qo‘llash hisobiga ham amalga oshdi. Masalan, bunday usulga 32, 16 va 8 kbit/s tezlikda ovozni uzatishda qo‘llash imkonini beruvchi differensial IKM va uning modifikatsiyasini qo‘llash kiradi.
Multipleksorlash sxemasining rivojlanishi, uzatish tezliklari va kanallari ushbu usulda standartlashgan: DS2 yoki T2/E2, DS3 yoki TZ/EZ, DS4, yoki T4/E4, turli sathlarga ega (davlatlarning turli guruhlari uchun) uchta raqamli iyerarxiyani yuzaga keltirdi. Plezioxron (sinxron kabi) nomli, PDH (PRI) raqamli iyerarxiya keng avj oldi va hozirgacha raqamli telefonlashtirishdagi kabi m a’lumotlarni uzatishda ham qo‘llanilib kelinmoqda.
So‘nggi yillarda, PD H asosidagi tezlikli telekommunikatsiya texnoloriyalarining rivojlanishi, yetarli darajada yangi ikkita raqamli texnologiyalar: sinxron optik tarm oqlar (SONET) va sinxron raqamli iyerarxiya (SDH)ning paydo bo‘lishiga olib keldi, ayrim 8 hollarda bu uzatish tezligining diapazonini 40 G bit/s gacha kengaytiruvchi, xuddi yagona texnologiya SO N ET/SD H kabi qaraladi. Ushbu texnologiyaning uzatish muhiti sifatida tolali optik kabellarni qo‘llash m o‘ljallangan.
Ma’lumotlarni uzatish uchun m o‘ljallangan lokal tarmoq texnologiyalari nafaqat matnni uzatish, balki grafik, hozirda esa multimedia m a’lumotlarini uzatish kanallarining o ‘tkazuvchanlik polosasini oshirish bo‘yicha rivojlandi. Natijada boshlang‘ich rivojlanish bosqichida qo‘llanilgan, uzatish tezligi 2—16 M bit/s bo‘lgan yarim dupleks rejimda ishlovchi va uzatish tezligi 4—32 M bit/s bo‘lgan dupleks rejimda ishlovchi ARCnet, Ethernet va Token Ring, tarmoq texnologiyalari m a’lumotlarni uzatish tezligi 100 M bit/s bo‘lgan va tolali optik kabellar qo‘llaniladigan yangi FD D I, Fast Ethernet va 100VG-Any LAN texnologiyalariga o ‘z o ‘rnini bo‘shatib berdi.
Keyingi rivojlanish bosqichida tezligi 1 Gbit/s li Ethernet texnologiyasini qo‘llash m o‘ljallangan. Juda ko‘p kompyuter tarmoqlarini bog‘lovchi, korxona, korporativ, regional va global tarm oqlarning m a’lum otlarini uzatish masshtabida kompyuter tarmoqlarini yaratish, o ‘z navbatida, m a’lumotlarni uzatuvchi X.25 kabi integrallashgan xizmatlarga ega raqamli tarmoqlarni (ISDN) va Frame Relay kabi kadrlarni retranslatsiyalash, 64 kbit/s — 144 kbit/s — 1,5/2 M bit/s tezlikka mos keluvchi masalalarni yechuvchi transport texnologiyalarini yaratishga olib keldi.
Keyinchalik bu texnologiyalarning rivojlanishi uzatish tezliklarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshdi va uchta muhim natijaga olib keldi:
mavjud bo‘lgan X.25 texnologiyasi asta-sekinlik bilan yo‘qoldi;
qo‘llaniladigan texnologiyalar (Frame Relay)da m a’lumotlarni uzatish tezligi, TZ (45 M bit/s)gacha oshirildi;
ma’lum otlarni inkapsulatsiyalash texnikasini qo‘llash hisobiga, turli tezliklarda qo‘llash mumkin bo‘lgan (1,5 M bit/s dan 40 G bit/s gacha) keng polosali ISDN (B-ISDN), asinxron uzatish rejimi yoki ATM yangi texnologiyasi paydo bo‘ldi.
SDH tizimlari shu qadar tez rivojlandiki, oxirgi yillarda ularning nafaq at n om lari, balki tarm o q n i him o y alash n i tashkillashtirishda bir qator yondashishlar va ularning W DM 9 texnologiyasi asosida optik tarmoqlar bilan o ‘zaro bog‘lanishi ham o‘zgardi.
To‘lqin uzunligi bo‘yicha multipleksorlovchi tizimlar — WDM ham so‘nggi vaqtda yetarli darajada rivojlandi va to ‘lqin uzunligi bo‘yicha kommutatsiyalash va marshrutlashtirish imkoniga ega optik tizimlarda evolutsiyalanmoqda. Ular nafaqat SDH tizimlari bilan birgalikdagi bog‘lamlarda qo‘llanilmoqda (ma’lumotlarning sinxron oqim lari m anbalari kabi), balki alohida o ‘zini yoki boshqa texnologiyalar ishlab chiqqan (masalan, ATM, Ethernet, FD D I, IP , T oken R ing) m a ’lu m o tla r o q im in i sh affo f u zatish imkoniyatlarini qo‘llash mumkin.
Va nihoyat, so‘nggi yillarda SDH/W DM tarmoqlarida optik funksional elementlar: optik kuchaytirgichlar, kirish-chiqishli optik multipleksorlar, optik modulatorlar, optik kom m utatorlar va marshrutizatorlar keng qo‘llanila boshladi. Bunday texnologiyalar va optik elementlarni qo‘llash nafaqat ishlab chiqaruvchilardan, balki SDH apparaturalaridan foydalanuvchi muhandislardan ham optik texnologiyalar sohasida yetarli bilimni talab qiladi. Yuqorida bayon etilganlardan ko‘rinib turibdiki, raqamli uzatish tizimlarining jadallik bilan rivojlanishi, ularning analog uzatish tizimlariga nisbatan juda ko‘p afzalliklari bilan bog‘liq, misol uchun yuqori shovqinbardoshlik, signalni uzatish sifatining aloqa liniyasi uzunligiga kam bog‘liqligi, aloqa kanallari elektrik param etrlarining m o ‘tadilligi, diskret xabarlarni uzatishda o ‘tkazuvchanlik xususiyatidan samarali foydalanish va hokazolar.
Yurtimizda telefon zichligining soni kundan kunga oshib borm oqda. Telegraf aloqasi o ‘rniga hujjatli elektr aloqa, m a’lumotlarni uzatish, elektron pochta, faksimil aloqa turlari kabilar yuzaga keldi. Internet tarmoqlarining segmenti kengayib, tarmoq xizmatlarining hajmi oshmoqda. Aloqa xizmatlarining soni oshishi bilan bir vaqtda, integral raqamli aloqa tarmoqlarini ta’minlovchi oddiy telefon servislaridan to multimedia xizmatlarigacha bo‘lgan jarayonning ham sifati oshdi. Ayniqsa, butun dunyoda, shu jumladan, bizda ham mobil radio aloqa shiddat bilan rivojlanmoqda.
Kelajakda bizni bu sohada nim alar kutmoqda? Ko‘pgina mutaxassislarning fikri bo‘yicha telekommunikatsiya texno10 logiyalarining keyingi evolutsiyasi axborotlarni uzatish tezligini oshirish, tarmoqni intellektuallashtirish va foydalanuvchilarning mobilligini ta ’minlash yo‘nalishi bo‘yicha ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |