232
tarmog‘idan ma’lumot resurslarini olish o‘rniga hisoblash yoki boshqa kompyuter
resurslaridan foydalanishlari mumkin..
Bunday imkoniyat ularga tarmoqdagi hisoblash resurslaridan hohlagan
paytda foydalanishlariga sharoit yaratadi.
Grid tizimlarida foydalanuvchilar TT resurslarini faqat belgilangan
(cheklangan) vaqtda ishlatishlari mumkin.
“Bulutda hisoblash” texnologiyalari Grid texnologiyalari asosida yuzaga
kelgan va u Grid infrastrukturasiga asoslanadi.
Grid va “Bulutda hisoblash” texnologiyalari bir-birlarini to‘ldirishadi (4.21-
rasm).
Grid protokollari va interfeyslari “bulut” resurslari o‘rtasida o‘zaro muloqot
va munosabat o‘rnatilishini yoki “bulut” platformalarini birlashib, yagona tizim
shakliga keltirilishini ta’minlashi mumkin.
Grid tizimi foydalanuvchilari Grid platformadagi resurslarni shaffof va
o‘zlariga qulay bo‘lgan sharoitda taqdim etilishini “Bulutda hisoblash”
platformalarining imkoniyatlari asosida tashkil etishlari mumkin.
Grid va “Bulutda hisoblash” usullari negizida tashkil etilgan hisoblash
jarayonlari odatda har xil turdagi masalalar bajarilishiga yo‘naltiriladi:
- Grid texnologiyalari negizidagi TTlarda asosan bir
nechta super kompyuter
platformasidagi kompyuterlar birlashtirilishi asosida yechiladigan murakkab ilmiy-
tadqiqot masalalari bajariladi;
- “Bulutda hisoblash” texnologiyasi asosidagi TT larda murakkabliligidan
qat’iy nazar, bir nechta masalalar parallel bajariladi, ya’ni foydalanuvchilarga bir
paytni o‘zida har xil turdagi servislar taqdim etiladi. Ushbu servislar jismoniy
resurslarni dinamik taqsimlanishi bilan ta’minlanadi.
233
4.21- rasm. Grid va “Bulutda hisoblash” texnologiyalarining birgalikda
faoliyat
yuritishlari mumkinligini ko‘rsatauvchi
diagramma.
Iste’molchilar bilan resurs taqdim etuvchilar orasidagi munosabatlar har xil
kechadi:
- Grid hisoblashlari virtual tashkilotlar tushunchasiga asoslanadi, bunda bir
nechta har xil turdagi mustaqil tashkilotlar apparat-dastur resurslarini aniq
qoidalar va kelishuvlar asosida bir-birlariga taqdim etadilar.
- “Bulutda hisoblash” konsepsiyasi istagan kompaniyaga (tashkilot) o‘zi-
ning masalasini “bulut” servislari asosida bajarishi uchun imkoniyat yaratib
beradi. Kompaniya resursni arenda qilgan vaqti uchun xaq to‘laydi, xolos
Grid va “Bulutda hisoblash” texnologiyalari har xil doirada qo‘llaniladi:
- Grid platformasi asosan hisoblash infrasturturasini shakllantirish uchun
zamin yaratib beradi;
- “Bulutda hisoblash” texnologiyasi resurslarni taqdim etishning har bir
darajasida (ya’ni, IaaS, PaaS, SaaS) integrallashgan yondoshuvni taqdim etadi.
Grid va “Bulutda hisoblash” negizidagi TTlarda har xil turdagi foy-
dalanuvchi interfeyslari qo‘llaniladi, jumladan:
- Grid texnologiyalari asosidagi TT larda konkret masalani yechish uchun
kerakli bo‘lgan hisoblash resurs geterogen hisoblash tarmoqlari muhitida
Do'stlaringiz bilan baham: