141
Funksional vazifaga ega ilova – bu murakkab biznes jarayonini bajarishda
ma’lum bir masalani (funksiyani) hal qilish yoki funksiyani amalga oshirish uchun
yaratilgan resurslar to‘plami shaklida tasavvur qilinadi. Bunday ilovalar
servislardan tarkib topadi. Har qanday ilovani («kompozit servis» servislar
birikmasi asosida yaratilgani sababli , uni alohida servislarga bo‘lish mumkin
bo‘dgani
kabi)
alohida
funksional
masalani
yechish
darajasigacha
dekompozitsiyalash (funksiya ostilariga bo‘lish) mumkin.
“Mustaqil servislardan tarkib topadi”, so‘zlar birikmasining mazmuni
servisning mustaqilligini anglatadi.
SYA da servislar boshqa axborot tizimlariga bog‘liq bo‘lmagan holda
mustaqil ravishda o‘z
funksiyalarini bajaradilar, funksionallik nuqtai nazaridan ular
mustaqil ob’ektlar hisoblanadilar.
Servislar har qanday tashqi ilovalar uchun «qora quti (chyornыy yaщik)»
shaklida namoyon bo‘ladilar: tashqi ilovalar servis qanday qilib kirish
ma’lumotlari asosida chiqish ma’lumotlarini shakllantirishini bilmaydilar. Ularga
faqat servisning chiqish qismida qanday ma’lumot kutilishi uchun uning kirish
qismiga nimani kiritish kerakligi ma’lum bo‘ladi, xolos.
Ma’lum bir funksiyani (yoki funksiyalarni) amalga oshiradigan servis,
hamma servislar uchun qabul qilingan qoidalar asosida bir xil tavsiflanadi. Kirish
va chiqish ma’lumotlarining to‘plami va turlari ham qabul qilingan ma’lum bir
qoidalar asosida tavsiflanadi.
Mustaqil servislar to‘plami ilovalar arxitekturasini tashkil etadi. Mustaqil
servislardan tarkib topgan ilovalar biznes-jarayonlarni tashkil etish maqsadida
talab etilgan ketma-ketlikda chaqiriladi. Bunda har xil servislar orasida o‘zaro
muloqotlar o‘rnatilishi kerak.
Rejalashtirilgan biznes-jarayonni to‘g‘ri tashkil etish uchun servislardan
tarkib topgan ilovalar talab etilgan ketma-ketlikda chaqirilishi kerak. Bunda servis
qaysi dasturlash tilida yaratilgan, qanday apparat-dastur platformada ishlaydi,
yaqinda yoki uzoq masofada joylashganligi ahamiyatga ega emas. Tashqi axborot
tizimi servisning keltirilgan xususiyatlaridan qat’iy nazar, u bilan talab etilgan
143
3.2– rasm. SYA konseptual modelining sxemasi
- «izlash» operatsiyasi – servis iste’molchisi berilgan mezonlarni
qoniqtiradigan servislarni servislar reestridan tez topish imkoniga ega bo‘lishi
kerak;
- «chaqirish va bog‘lanish» operatsiyasi – iste’molchi servis tavsifini
olganidan so‘ng, u ushbu servisni uning tavsifiga muvofiq chaqirib olish va undan
foydalanish imkoniga ega bo‘lishi kerak;
- «servisning tavsiflanishi» – servis iste’molchisi va servis provayderi
orasidagi muloqot davrida so‘rov va unga javob ma’lumotlarining formatini hamda
servisning talab qilingan sifat ko‘rsatkichlarini aniqlaydi.
Servislar reestri SYA modelining metodologik nuqtai nazaridan asosiy
komponentasi hisoblanadi. U servislar iste’molchisi bilan servislar provayderi
o‘rtasidagi asinxron protokol asosidagi o‘zaro muloqotlarini tashkil etilishida
vositachi vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: