Boshqarishning uzluksizligi. Ta’lim tizimi uzluksiz bajaradigan vazifasi jihatidan
bir-biriga bog’liq umumiy maqsad-komil insonni shakllantirishni amalga oshiradi.
Bunda
har
bir
bo’g’in
o’z
vazifasiga
ega.
Belgilangan maqsad va vazifalarini bajarish birdaniga, ayni bir paytda va bir
martada amalga oshmaydi. Maqsad va vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshdi
va har bir bosqichda takrorlanadi. Ular uzluksiz zanjir sifatida bir holatdan ikkinchi
holatga o’tish va takrorlanish tariqasida davom etadi. Shuning uchun har bosqich
uchun uzluksiz axborot olish, undagi o’zgarishlarni aniqlash va shu asosda ta’sir
ko’rsatishni talab qiladi. Axborotni uzluksiz tahlil qilish va shu asosida
boshqarishga doir qaror qabul qilish lozim. Ta’lim muassasasi jamoasi hayotidagi
va ichki nazorat sohasidagi o’zgarish ikki tomonlama bo’lib, ularni tahlil qilish,
o’rganish ichki nazoratning hamma bosqichlariga amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |