Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali



Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/105
Sana23.01.2022
Hajmi1,42 Mb.
#404391
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   105
Bog'liq
MT C&PhytonQULLANMA

1.1. Ma’lumotlar tuzilmasi 
Ma’lumotlar  tuzilmasi  deganda  ma’lumotlardan  keyingi  bosqichlarda 
samarali foydalanish uchun ularni tashkil etish, saqlash usullari tushiniladi.  
Shuni  alohida  ta’kidlash  kerakki,  qancha  ilova  dasturlari  bo’lsa,  shuncha 
ma’lumotlarni tashkil etish usullari mavjud deb hisoblash mumkin. Masalan, B-
tree  tuzilmalari  ma’lumotlar  bazasida  keng  qo’llanilsa,  kompiliyatorlar  xesh-
jadvallardan  foydalanadi.  Ma’lumotlarni  tuzishda  ushbu  ma’lumotlarni  qayta 
ishlash uchun tuzilmalar bilan birgalikda algoritmlar muhim ahamiyat kasb etadi. 
muhim  rol  o’ynaydi.  Lekin,  dasturlash  tillarining  platformalariga  bog’liq  holda 
aynan  ma’lumotlar  tuzilmasi  birinchi  o’rinda  turadi,  algoritmlash  esa  ikkinchi 
o’rinda.  Ma’lumotlar  tuzilmasi  birinchi  darajali  hisoblanishining  asosiy 
sabablaridan  biri,  komp’yuter  xotirasida  ma’lumotlar  saqlash  va  xotiradan 
chiqarish  uning  adresi  bilan  amalga  oshirilishidir.  Bu  adreslar  statik  (massivlar 
uchun) yoki dinamik (bog’langan ro’yxatlar uchun) hisoblanishi mumkin. Turli 



 
xil dasturlash tillarida tayanch ma’lumotlar tuzilmalarini tadbiq qilish juda katta 
farq qiladi. Masalan, Pascal tilida ko’p o’lchamli massivlarni qo’llash uchun ichki 
imkoniyatlar  mavjud,  Lisp  tilida  esa  bog’langan  ro’yxatlar  bilan  ishlash  uchun 
ichki imkoniyatlar yaratilgan. Perl va Python muhitlarida xesh-jadvallari tadbiq 
qilingan. Lekin eng muhimi barcha dasturlash tillarida ko’rsatkichlar, yozuvlar va 
boshqa ob’ektlar turlicha talqin qilinadi.  
Yozuv  (record  yoki  struct)  –  bu  “eng  quyi  darajali”  ma’lumotlar 
tuzilmasidan  biri  hisoblanib,  xotirada  ketma-ket  joylashadigan  bir  nechta 
qiymatlar yoki maydonlardan tashkil topgan. Barcha maydonlari turli o’lchamda 
va dasturchilar erkin holda maydonlar sonini aniqlash mumkin. Buning uchun bu 
tuzilmaning har bir maydoniga ikkita atribut beriladi: 
- aniqlangan tur; 
- identifikator. 
Shuningdek  tuzilma  o’zida  funktsiya  hisoblanuvchi  maydonni  saqlashi 
mumkin.  Bunday  maydon  C  tilida  void  *  turi  hisoblanadi.  Shunga  o’xshash 
maydonlarni  ob’ektga  yo’naltirilgan  dasturlash  tillarida  tadbiq  qilish  tavsiya 
etiladi.  Umumiy  holda  tuzilma  –  bu  elementlarning  yoki  ob’ektlarning 
tartiblangan ro’yxati hisoblanadi.  
Cobol tili record turi tadbiq qilingan birinchi til hisoblanadi. Bu til ixtiyoriy 
o’lchamdagi  belgili  yoki  sonli  maydonlar  to’plamini  tuzishda  qo’llanilgan. 
Keyinchalik  shunday  strukturalar  Fortran,  Algol,  Lisp  va  Pascal  tillarida,  yana 
keyinroq  esa  C,  Ada,  Modula  tillarida  ham  paydo  bo’ldi.  Yozuv  -  tuzilmalari 
ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin: 
- yozuvning yangi turini e’lon qilish; 
- yozuv turidagi o’zgaruvchini hosil qilish; 
- yozuv ichida qaysidir maydonlar qiymatlarini o’zlashtirish; 
- yozuvdan uning nomi bilan maydonni tanlab olish; 
- ikkita yozuvni taqqoslash; 
- yozuv uchun xeshni hisoblash. 



 
Bir turdagi ikkita tuzilma o’rtasida o’zlashtirish amalini bajarish mumkin. 
Shuning uchun ham turli hil tillarda qat’iy turlarni olish mumkin: masalan ba’zi 
bir  tillarda  short  integer  turidagi  maydonni  long  integer  maydoni  qiymatiga 
o’zlashtirish ham mumkin.  
 

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish