hududlaridagi ekologik vaziyatni yaxshilash, tuproq va suv resurslaridan oqilona
foydalanish va yer osti gidrosferasini yaxshilash shahar aholisini turmush tarzini
yaxshilishda katta imkoniyatlar ochadi, ana shu o`rindagi muhim masalalardan
bo‘lib shaharlarni obodonlashtirishda yer osti sizot suvlarining satxini me`yorida
17
Bunda shahar suv va tuproq resurslarini hisobga olgan holda
ko‘kalamzorlashtirish muammolarini hal etish, shahar transportlarini tashkil
qilishda, transport vositalarining chorahalarda uzoq turib qolishiga yo‘l
qo‘ymaslik, masalan yangi ko‘priklar qurish, yo‘llarni ta`mirlash, vodoprovod
shaxobchalarining monitoringini tashkil qilish kabilar muhim masalalar qatoriga
kiradi.
Tumanda barpo etilgan va mavjud hududlar yer osti sizot suvlarini miyorida
saqlash va ularga qarshi o‘z vaqtida choralar ko‘rish va obodonligini yanada
oshirish uchun tuman geografik joylashuviga qarab drenaj tizimlari yo‘lga
qo‘yilgan. Keyingi 10-15 yil orasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining
infrastrukturasi sezilarli darajada o‘zgarganligini ko‘rishimiz mumkin, jumladan
Amudaryo tumanida katta yangi qurilishlar, yangi aholi punktlari, yangi
ko‘kalamzor maydonlar barpo etilganligini ko‘rishimiz mumkin. Tuman drenaj
tizimini o‘rnatishda asosan qo‘yidagilarga e`tibor qaratiladi:
Tumanning geografik joylashuvi o‘rganib chiqiladi.
Tuman aholi punktlarini hisobga olgan holda yangi xaritalar tuziladi.
Tuman ko‘kalamzorlashtirish maydonlarini o‘lchamlari olinadi va
joylashishiga qarab drenaj tizimi qo‘llanish turlari tanlanadi.
Tuman
ko`chalarini
va
aholi
punktlarini
ko`kalamzorlashtirishda
qo‘yidagicha ish ko‘riladi:
1.
Ko‘chalardagi noyob daraxtlar xisobga olinadi va tizimlanadi.
2.
Shaxar ko‘chalarining suv bilan ta‘minlanish darajasi o‘rganib chiqiladi.
3.
Shaxar ko‘chalari planiga asosan manzarali daraxt va gul ko‘chatlari
ekish hududlari aniqlanadi.
4.
Har bir ekilgan daraxtning joylashish koordinatalari, atributlari
aniqlanadi.
5.
Ana shu ma‘lumotlar asosida tuman obodonlashtirish kartografik
modelining ma‘lumotlar bazasi ishlab chiqiladi.
6.
Ma‘lumotlar bazasi asosida tumanni obodonlashtirish GIS modeli
yaratiladi.
18
GIS modelni yaratish ArcGIS dasturiy paketi asosida 2 bosqichda olib
boriladi:
Arc Catalog tizimi yordamida model strukturasi aniqlanadi va topologik
elementlari kiritiladi. Natijada geoma‘lumotlar bazasi strukturasi hosil
bo‘ladi.
Arc Map dasturida tuman yoki biror hudud uchun obodonlashtirish GAT
modeli yaratiladi.
Yaratilgan elektron kartografik model asosida tuman ko‘chalari va noyob
daraxtlar taqsimoti, ariqlar va ularning suv ta‘minoti, daraxtlarning rivojlanish
jarayonlarini o‘ragnish kabi hisoblash eksperimentlari o‘tkazish mumkin va shu
asosida obodonlashtirish rejasini tahlil qilish, o‘zgartirishlar kiritish mumkin.