GAT
,
geografic(al) information
system, GIS
) - fazoviy xarakterdagi ma‘lumotlar va ular bilan bog‘langan fazoviy
bo‘lmagan ma‘lumotlarni to‘plash, saqlash, ishlov berish, tahlil qilish va
akslantirish asosida geografik fazo haqida ma‘lumot va bilim olish imkonini
beruvchi tizimdir.
Zamonaviy GAT lar ma‘lumotlarni to‘plash, saqlash, yangilash, ifodalash
kabi bosqichlarni o‘z ichiga oluvchi, axborotga kompleks ishlov berishni amalga
oshiruvchi axborot tizimidir. Shu munosabat bilan GAT larni turli nuqtai –
nazardan qarash mumkin. Geografik yoki fazoviy ma‘lumotlar hozirda obyektlarni
fazoviy joylashtirish bilan bog‘liq turli faoliyatlar yurgizuvchi tashkilotlar
ishlatadigan ma‘lumotlarning asosiy qismini tashkil etadi. Yer – suv resurslarini,
shahar xo‘jaligini, transport va telekommunikatsiya tarmoqlarini va boshqa
hududiy obyektlarning boshqaruvi muammolarini yechishda GAT boshqaruv
tizimini bajaradi. Bunda yechimlar qabul qilishda turli xil ma‘lumotlardan,
jumladan, kartografik ma‘lumotlardan foydalaniladi. GAT lar avtomatlashtirilgan
axborot tizimlari sifatida o‘z ichida turli ko‘p ishlatiladigan axborot
texnologiyalari va tizimlari, jumladan, ilmiy tadqiqotlarning avtomatlashtirilgan
tizimlari(ASNI),
avtomatlashtirilgan
loyihalashtirish
tizimlari(SAPR),
avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimlari(ASIS) ga xos texnologiyalar va
texnologik jarayonlarni umumlashtiradi. Geoaxborot tizimi sifatida GAT o‘z ichiga
avtomatlashtirilgan kartografiya tizimlari(AKS), avtomatik fotogrammetrik
tizimlar(AFS), yer axborot tizimlari(ZIS), avtomatlashtirilgan kadastrlovchi
tizimlar(AKS) va hokazo larga xos texnologiyalarni o‘z ichiga oladi.
Modellashtiruvchi tizim sifatida GAT boshqa avtomatlashtirilgan tizimlarda
8
qo‘llaniladigan matematik modellashtirish usullari va vositalariga ega. Axborotni
taqdim qilish tizimi sifatida GAT zamonaviy multimedia texnologiyalaridan
foydalanishga asoslangan. Amaliy tizim sifatida GAT qo‘llanish sohasining
kengligi bilan xarakterlanadi. Hozirda GAT lar xalq xo‘jaligining turli
tarmoqlarida, jumladan ekologiya, iqtisod, transpotni tashkil qilish, meditsina,
geologiya, telekommunikatsiya va boshqa ko‘plab sohalarda qo‘llaniladi.
Mazkur bitiruv-malakaviy ishi Amudaryo tumani misolida drenaj tizimini
geoaxborot tizimlari asosida o‘rganish va tizim holatlari monitoringini o‘tkazish,
drenaj tizimi holatlarini samarali tashkil qilish va yaxshilash kabi masalalarni hal
qilishda GAT texnologiyasi imkoniyatlaridan foydalanishga bag‘ishlangan.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, to‘rtta bo‘lim, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan:
Birinchi bo‘limda, Amudaryo tumanining tabiiy-geografik joylashish holati
va drenaj tizimi haqida umumiy tushunchalar keltirilib, Amudaryo tumanining
geografik joylashuvi, tumanning drenaj tizimi va geoaxborot tizimlarining tuman
drenaj tizimini loyihalashga doir amaliy masalalar yechishga tadbiqi kabi masalalar
ko‘rilgan.
Tumanga tegishli drenaj tizimlari o`rganib chiqilib bunday kamchiliklarni
bartaraf qilishning GIS texnolgiyasi asosida qilinishi maqsadga muofiq bo‘ladi.
Shu bois bitiruv ishining 2-bobida geoaxborot tizimlarining dasturiy vositalari
haqida so‘z borib, ArcGIS, ArcCatalog va ArcMap dasturiy paketlari, ArcCatalog
ni ishga tushirish, ArcMap da ma‘lumotlarni tasvirlash usullari v.h. geoaxborot
tizimlarining dasturiy vositalarini ishlatish usullari keltirilgan.
Tuman drenaj tizimining ma‘lumotlari asosida Arc Catalog da
geoma‘lumotlar bazasi yaratilgandan so`ng bitiruv ishining 3 – bobi
Amudaryo
tumani drenaj tizimining GIS modelini ishlab chiqishga qaratiladi. Bu bobda
tumandagi sizot suvlarning satxini tushirish maqsadida yangi tizimini
loyihalashtirish, Amudaryo tumanini drenaj tizimi GIS modeli strukturasi,
topologik elementlari va geoma‘lumotlar bazasi va ArcMap dasturiy muhitida
Amudaryo tumanini drenaj tizimi elektron kartasini yaratishga qaratilgan
9
muammolarning yechimi ishlab chiqilgan. Mazkur bobda kiritish ma‘lumotidan
boshlab tuman dernaj GIS modeligacha bo`lgan tizimni keltirib va asoslari
keltirilgan.
Bitiruv ishining 4-bobi hayot faoliyati xavfsizligidan tashkil topgan.
Xulosada bitiruv ishining natijalari va tadqiqot xulosalari keltirilib,
adabiyotlar ro`yxati bilan yakun topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |