49
Daslab shaharcha hududiga tegishli poligonli obyetlar to‘plamini elektron
kartamizga tushiramiz (3.13-rasm) va nomlarini kiritamiz. Amudaryo tumanini
drenaj tizimi elektron kartasini yaratish uchun quyidagi bosqichlardan iborat
Poligonli obyektlarni tiplariga qarab ranglar va boshqa tuslarga kiritamiz.
Buning uchun
Layers
oynasidan poligonli obyektni tanlab sichqoncha o‘ng
tugmasi bosib
Properties
buyrug‘ini bossak tanlangan obyektlarni shakllarga
keltiruvchi
Layer Properties
oynasi ochiladi (3.14-rasm) va bu oyna orqali
tanlangan obyektimizni o‘zimizga kerak bo‘lgan shakllarga keltirishimiz mumkin.
Keyingi bosqichimizda chiziqli obyektlar to‘plamini chizamiz ya‘ni tuman
hududiga tegishli kanal, ariqlar, yo‘llarni va barcha chiziqli obyektlarni chizib
Layer Properties
oynasidan shakllarga keltiramiz va nomlarini kiritamiz (3.15-
rasm).
3.13-rasm
ArcInfo
bo‘limiga poligonli obyektlarning yuklanishi
50
3.14-rasm
Layer Properties
oynasi
3.15-rasm
ArcInfo
bo‘limiga chiziqli obyektlarning yuklanishi
51
Keyingi bosqichimizda tuman hududiga tegishli nuqtali obyeklarni ya‘ni
noyob daraxtlar, gorizontal drenaj uchun maxsus quduqlar va boshqalarni
ArcInfo
bo‘limida chizamiz va quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lamiz(3.16-rasm).
3.16-rasm
ArcInfo
bo‘limiga nuqtali obyeklarning yuklanishi
Keltirilgan bog‘liqliklarni o‘ziga xos topologik elementlarga (3.18-rasm)
ajratgan holda ko‘rib ularning har biri asosida tadqiqotlar o‘tkazish mumkinligin
ko‘ramiz. Yuqorida Amudaryo tumani elektron kartasi yaratilish bosqichlari
keltirildi. Mazkur hududni ko‘kalamzorlashtirish maqsadida yangi drenaj tizimini
loyihalashtirish 3.1-rasmda keltirilgan bog‘liqliklar asosida ko‘rib chiqiladi va
loyihalar ishlanadi (3.17-rasm).
52
3.18-rasm Topologik obyeklarning qatlamlarga ajratilishi
Quyida Amudaryo tumani elektron kartasi yaratilishi tizimi (3.19-rasm)
keltirilgan bo‘lib, kiritish ma‘lumotlaridan GIS modelgacha jarayonlar keltirilgan
Keltirilgan Amudaryo tumani elektron kartasi yaratilishi mazkur hududning yer
osti sizot suvlari satxini ko‘tarilish jarayonlarini namoyon qilishga va bunga qarshi
choralar ko‘rish uchun geografik joylashishiga qarab yangi drenaj tizimlari
loyihasini ishlab chiqish imkonini beradi.
53
3.19-rasm. Amudaryo tumani elektron kartasi yaratilishi tizimi
54
XULOSA
Zamonaviy GAT lar ma‘lumotlarni to‘plash, saqlash, yangilash, ifodalash
kabi bosqichlarni o‘z ichiga oluvchi, axborotga kompleks ishlov berishni amalga
oshiruvchi axborot tizimidir. Shu munosabat bilan bitiruv ishida Amudaryo
tumanining drenaj tizimini loyihalashda zamonaviy geoaxborot texnologiyalaridan
foydalanib GIS modeli yaratildi. Hozirgi axborotlashtirishning globallashuvi asrida
hududiy taqsimlangan obyektlarga doir ko‘pgina masalalar yechimining sifati shu
hudud yoki obyektga doir katta hajmdagi turli xil ma‘lumotlarga ishlov berish
jarayonining ishonchliligiga bog‘liq. Geografik yoki fazoviy ma‘lumotlar hozirda
obyektlarni fazoviy joylashtirish bilan bog‘liq turli faoliyatlar yurgizuvchi
tashkilotlar ishlatadigan ma‘lumotlarning asosiy qismini tashkil etadi.
Bunday hollarda ma‘lumotlarni vizuallashtirish natijalar tahlili asosida qabul
qilinadigan qarorlarning asoslilik darajasini oshirishning muhim omilidir.
Yaratilgan GIS model asosida drenaj tizimiga bog‘liq muammolarni hal etish,
monitoringlar olib borish, tumanga tegishli barcha obyektlarni topologiyasiga
qarab tadqiq qilish va qarorlar qabul qilishga ko‘maklashish imkoniyati shakllandi.