1.6 Konsentratorlar bajaradigan vazifalar
Tarmoq konsentratori – tarmoq qurilmasi bo`lib, u asosan bir necha Ethernet
qurilmalarini bir segmentda birlashtirishga xizmat qiladi. Bu qurilma koaksil kabel
yoki optic tolali o`tkazgichlar bilan bog`lanadi. Hozirgi paytda ular ko`p darajada
qo`llanilmaydi- ular o`rnida tarmoq kommutatorlari alohida segment ko`rinishida
ishlatiladi. Bu kommutatorlar qo`pol ravishda “intellektual konsentratorlar” deb ham
yuritiladi.
Hozirgi zamonaviy texnologiyalarda asosan bir biriga o`xshash bo`lgan bir
necha qurilmalardan foydalaniladi, misol uchun konsentrator (concentrator), hab
(hub), takrorlagich (repeator). Ular bir- biriga o`xshash bo`lsada lekin ularning
bajaradigan vazifasi va konsrukturaviy qo`llanilishiga qarab farqlanadi.
Konsentratorlar odatda bir necha portlardan iborat bo`lib, ular tarmoq
uzellarininh alohida segment kabellariga ulangan bo`ladi. Konsentratorlar turli
mahalliy tarmoq protokolallarini bir segmentda joylashtirishga harakat qiladi, misol
uchun Ethernet, Token Ring. Bunga asosiy sabab turli mahalliy tarmoq
protokollarining har xilligidadir, misol uchun Ethernet, Tokent Ring, FDDI va
1OOVG- AnyLAN tarmoqlari.
Konsentratorlar tarmoqning OSI modelidagi fizik muhitida ishlaydi, bitta portdan
kelgan signalni barcha aktiv portlarga uzatadi. Agar bir vaqtda ikki yoki undan ortiq
portlardan kirish bo`lsa, kolliziya hosil bo`lib ma`lumot kadrlari buziladi.
Konsentratorlar doimo yarim dupleks rejimida ishlaydi.
Yuqorida aytib o`tilgan kolliziyani yo`qotish uchun asosan ko`p sonli
konsentratorlarni birlashtirish orqali bu muammoni hal etish mumkin.
Konsentratorlarning tavsifi:
· Portlar miqdori – tarmoqqa bog`lanish uchun odatda 4, 5, 6, 8, 16 portli xablar
(odatda oxirgi ikkitasi) ishlab chiqariladiva foydalaniladi va bir necha
konsentratorlardan foydalanilganda kaskad usulidan foydalaniladi;
· Ma`lumot almashinish tezligi – konsentratorlarning ma`lumot almashish tezligi
odatda 10 va 100 Mb/s oralig`ida o`zgarib turadi. Tezlik avtomatik ravishda yoki
qayta ulagich yordamida o`zgartirilib boriladi. Konsentratorlarning afzallik jihati u
barcha portlarga axborotni bir xil tezlikda uzatadi;
· Tarmoq o`tkazmalarining tipi- odatda maxsus o`tkazgich yoki optic tolali
o`tkazgich, ba`zi konsentratorlarda aralashgan o`tkazmalardan foydalaniladi. Misol
uchun maxsus o`tkazgichlar va koaksial kabellarni muvofiqlashtirgan holda;
Aniq bir protokol uchun ba`zan maxsus tuzilishga va ishlash funksiyasiga
ega bo`lgan konsentratorlar ishlatiladi, masalan Token Ring konsentratorlari MSAU
nomi bilan ham yuritiladi. Har bir konsentrator bir qancha funksiya bajaradi va bu
uning bir necha xususiyatlari va qaysi protkollarni quvvatÿÿshigÿÿbog`liq. Uning
aÿÿÿÿy funksiyasi bu qo`himcha funkÿÿÿÿangiÿÿdir. Misol uchun Token Ring
protokolida noto`gri ishlayotgan portni uzish va qo`shimcha xalqaga qayta uzatishi
mumkin bu uning yozilmagan tasniflaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |