14.-15.04.2021
Studiya mikrofonlari
Mikrofon - tovush tebranishlarini elektr tebranishlarga aylantiradigan elektr akustik asbob. Tovush kuchaytirib uzatish (eshittirish) uchun qoʻllaniladi. Koʻmirli, elektrodinamikli, kondensatorli, elektretli, pyezoelektrli; tovush uzatish yoʻnalishi jihatdan -yoʻnaltirilmagan, bir tomonga yoʻnaltirilgan (kardioid) va ikki tomonga yoʻnaltirilgan xillari bor. Koʻmirli mikrofonni birinchi marta rus ixtirochisi M.
Mahalskiy (1878) va undan bexabar ravishda P. M. Golubitskiy (1883) yaratishgan. Kumir yoki metall membrana tovush toʻlqinlari taʼsirida tebranib, zichlikni oʻzgartiradi, natijada piston va membranaga tegib turgan kumir kukuni elektr qarshiligini oʻzgartiradi. Mikrofon orqali oʻtayotgan tok kuchi oʻzgaradi. Hosil boʻlgan im-pulyelanuvchi (telefonga ulangan oʻtkazgich orqali kelayotgan) tok telefondagi membranani mikrofondagi membranaga mos ravishda tebratadi. Elektrodinamikli mikrofonda yupqa polistirol parda yoki alyuminiydan tayyorlangan diafragma magnit tizimning halqasimon tirqishida joylashgan ingichka simda oʻralgan gʻaltakka biriktirilgan. Tovush toʻlqinlari taʼsirida diafragma tebranganda gʻaltak oʻramlari magnit kuch chiziqlarini kesib oʻtadi va gʻaltakda e.yu.k. hosil boʻladi. Bu e.yu.k. uning qismlarida oʻzgaruvchan kuchlanishni vujudga keltiradi.
Kondensatorli mikrofonda tovush toʻlqinlari yupqa 11etal membranaga taʼsir etib, uning orasidagi masofani oʻzgartiradi, natijada membrana bilan elektr kondensator plastinkalariga oʻxshash 11etal korpus orasidagi elektr sigʻimi oʻzgaradi. Plastinkalarga oʻzgarmas kuchlanish berilganda kondensator sigʻimi oʻzgarib, unda tok hosil boʻladi. Tok kuchi tovush chastotalarining tebranishiga mos
ravishda oʻzgaradi, natijada tovush tebranishlari elektr tebranishlariga aylanadi. Bunday mikrofon tovushni sifatli yozib olish va qayta eshittirish tizimlarida ishlatiladi.
19.04.2021
Studiya yoritgichlari
LED yoritgichlari Ushbu turdagi yorug'lik chiroqlari fonlarni yoki turli xil bezaklarni g'ayrioddiy yoritishda loyihalash uchun ishlatiladi. Ushbu yoritgichlar uchun yorug'lik manbai 19 40W RGB LED chiplari. Har bir LEDni alohida boshqarish orqali siz favqulodda effektlarni yaratishingiz mumkin. Bizning assortimentimizda har xil ehtiyojlar uchun mo'ljallangan har xil o'lchamdagi va markadagi ovozli akustikani sotib olishingiz mumkin. Bizning professional jihozlarimiz har bir xonaning talablariga moslashadi va shu bilan jihozning sifatini ta'minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |