Axborot-psixologik xavfsizlik - bu bevosita inson ruhiyatiga taʼsir oʼtkazish orqali uni oʼz aqidalaridan, muqaddas ideallaridan, eʼtiqodidan ayiradigan buzgʼunchi gʼoyalardan asrashdir. Demak, axborot-psixologik xavfsizlikka ehtiyoj, eng avvalo bevosita inson va jamiyat, inson va davlat, shaxs va uning daxlsizligi, millat va milliy kadriyatlar, jumladan, urf-odatlar, anʼanalar, tarixiy va madaniy meros, avlodlar vorisligi, millatning istiqboli bilan bogʼliq boʼlgan qadriyatlarga maʼnaviy-ruhiy taʼsir, buzgʼunchi gʼoyalar va tajovuzkor mafkuralarning mavjudligidan kelib chiqadi. Axborot-psixologik xavfsizlikka rioya qilinmasa, uning taʼsirchan choralari koʼrilmasa, buzgʼunchi gʼoyalar milliy qadriyatlarni barbod etish orqali tarixan mavjud boʼlgan xalqlar va millatlarni genotsidga olib kelishi muqarrar. Tigʼiz axborotlashgan jamiyatda axborot orqali zamonaviy ruhiy taʼsir texnologiyalarining tobora rivojlanib borayotganligi shaxs va jamiyat tafakkurining shakllanishiga u yoki bu tarzda kuchli taʼsir oʼtkazadi. Jamoatchilik fikrining qay darajada shakllanganligiga, jamiyatning siyosiy ongi, huquqiy bilimlar saviyasi, maʼnaviy-maʼrifiy darajasiga qarab jamiyat taraqqiyotga yoki tanazzulga yuz tutishi muqarrar. Ijtimoiy fikrni shakllantirishda axborot taʼsirini, axborot texnologiyalaridan foydalanish usullari va uslublarining tobora kengayib borayotganligini nazarda tutsak, axborot-psixologik xavfsizlik muammosi yana ham keskinlashib qoladi.
Mazkur atamaning mohiyati shundaki, u inson, jamiyat tushunchalari doirasidan chiqib kelib, yaxlit insoniyat, butun kishilik taqdiri bilan bogʼliq boʼlgan global masalalarni ham qamrab oladiki, natijada hozirgacha mavjud boʼlgan global muammolarning eng tajovuzkori, eng buzgʼunchisi yoki aksincha, eng tashabbuskori boʼlib qolishi muqarrar. Bu holat xalqaro siyosatda, davlatlararo, mintaqalararo muammolarni hal etishda buyuk davlatchilik shovinizmi avj olishi mumkin boʼlgan holatlarda yana ham xavfliroq mohiyat kasb etadi. Bunday paytda koʼproq anʼanaviy siyosiy muvofiqlashtirish tajribalaridan kengroq foydalanishni taqozo etadi.
O’smirlik va o’spirinlik davrlari maktab va boshqa ta’lim maskanlarida o’qish davrlariga to’g’ri keladi. Bu davrdagi yetakchi faoliyat o’quv faoliyati bo’lib, unda bola bilim olish bilan bog’liq malaka va ko’nikmalarni orttirishdan tashqari, shaxs sifatida ham muhim o’zgarishlarni boshdan kechiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |