Klinik belgilari. Agar parenximatoz qon quyilish belgilari oldindan bo'lib turgan bo'lsa, subaroxnoidal qon quyilishi to'satdan sodir bo'ladi. Bemorda kuchli bosh og'riq, qusish bo'lib, tezda hushini yo'qotadi; ruhiy holati buzilib, qo'zg'aluvchan, uyquchan bo'ladi; ayrimlari qayerda ekanini bilmasdan o'z yaqinlarini tanimaydilar. Bir necha soatdan keyin organizm harorati ko'tarilib, bir kundan keyin o'choqli belgilari paydo bo'la boshlaydi, leykotsitoz, albuminuriya paydo bo'ladi.
Suboroxnoidal qon quyilishlarga tashxis qo'yish uchun orqa miya kanali punksiya qilinadi, punksiyada miya suyuqlik bosimi oshgan bo'lib, kanaldan qon aralash suyuqlik keladi. Bu qon quyilishi shunisi bilan xavfliki, u qaytalanishi mumkin. Qaytalanganda bemor koma holatidan chiqmasligi mumkin.
Miya tomirlari aterosklerozi, qand, gipotoniya, yurak kasal-liklari va revmatizm bilan kasallangan kishilarda boshqalarga qaraganda 2—4 marta ko'p uchraydi.
6.10. Bosh miya shikastlari. Travmatik koma
Bu xil shikastlanishlarga bosh miyaning silkinishi va bosh miyaning lat yeyishi kiradi. Balandlikdan yiqilganda, avtohalokat va kuchli portlashlarda miya shikastlanadi. Miya silkinishida miyada qo'pol o'zgarishlar paydo bo'lmay, miya po'stlog'ining tormoz-lanishi, qo'zg'alish jarayonlari va tomirlar tonusining pasayishi,
tomirlar devorining o'tkazuvchanligi oshadi, natijada miya shishadi.
Klinik belgilari. Bemorning 1—2 daqiqa bo'lsa ham hushini yo'qotishi, miya silkingan deb, tashxis qo'yishimizga asos bo'ladi. Bemorning ko'ngli aynishi, bosh og'rishi, qusishi, darmon-sizlanishi va retrograd amneziyaning (bemor qanday yo'l bilan jarohat olganini eslay olmasligi) bo'lishi aniq tashxis qo'yishga asos bo'ladi.
Miya silkinishi bilan bemor kasalxonaga yotqizilib davolanadi, chunki, silkinish asoratlari keyinchalik bemor hayoti va sog'-lig'iga ta'sir ko'rsatadi. Davolashda yotoq rejimiga rioya qilish, tinchlantiruvchi dorilardan foydalanish va miya shishuviga qarshi choralar ko'zda tutiladi.
Shularni hisobga olib terminal holatlarni davolaganda jigar va buyrak ishini nazorat qilishga e'tibor berish, ya'ni diurezni stimulatsiya qilish va jigar faoliyatini yaxshilash zarur.
O'tkir jigar, buyrak yetishmovchiligi yoki terminal holatlarda keng qo'llaniladigan davolash usullarini ko'rib chiqaylik. Bu usuUar bir-birini to'ldiradi va har qaysisi o'z ko'rsatmasiga ega (8-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |